5. Bank operatsiyalari - banklar amalga oshiradigan operatsiyalar: joriy yoki boshqa hisob varaqqa pul qabul qilish, foizi bilan yoki foizsiz kreditlar berish, birja topshiriqlarini bajarish, qimmatbaho qogʻozlar, aksiyalar sotib olish, mijozlarning topshiriqlarini bajarish, tovarlar yoki tovar hujjatlari garovi hisobiga ssudalar berish, shuningdek boshqa har qanday pulli va naqd pulsiz hisobkitoblar boʻyicha operatsiyalar kiradi. Asosan passiv (kreditlash uchun resurslar hosil qilish) va aktiv (foyda olish maqsadlarida bu resurslarni ishlatish) turlarga boʻlinadi.
Tijorat banklarining aktiv opertsiyalari – bu banklarning passiv operatsiyalari natijasida shakllantirilgan mablag‘larini iqtisodiy jihatdan daromad (foyda) olishmaqsadida turli maqsadlarga joylashtirish va likvidligini ta’minlash bilan bog‘liq operatsiyalardir. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyatida juda muhim hisoblanadi. Chunki ular ushbu operatsiyalar orqali daromadlarni shakllantiradilar va aktiv operatsiyalar doimo ma’lum darajada risk, ya’ni qarzdorning defolti (to‘lovga qobiliyatsizlik) bilan bog‘liq bo‘ladi.
Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra:
-ssuda operatsiyalari (kreditlash);
-hisob – kitob operatsiyalari;
-kassa operatsiyalari;
-investitsiya va fond operatsiyalari;
-valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish bilan bog‘liq operatsiyalardan
iborat.
6. Ssuda operatsiyalari orqali banklar mamlakatdagi faoliyat yuritayotgan
mulkiy shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik sub’ektlariga tegishli kerditlarni beradi. Ma’lumki, bank kreditlari bir yilgacha – qisqa muddatli, bir yil va undan
ko‘p davrga – uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi.
Hisob – kitob operatsiyalarida banklar mijozlarning topshiriqlariga asosan
turli maqsadlarga ularning hisobvaraqlarini debetlash orqali o‘tkazadi, shuningdek,
ssuda operatsiyalari ham bevosita kredit oluvchining ssuda hisobvarag‘ini
debetlash orqali amalga oshiriladi.
Investitsiya operatsiyalarida banklar ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlatning qimmatli qog‘ozlariga moliyaviy mablag‘larni joylashtiradi. Albatta ushbu operatsiyalar banklar uchun ma’lum darajadagi riskli operatsiyalar hisoblanib, banklarning foydasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Fond operatsiyalarida banklar qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bajarish
bilan birga, fond birjalarida oldi – sotdi qilinadigan qimmatli qog‘ozlar va
veksellar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi.
Banklar kassa operatsiyalari orqali mijozlarga naqd pullarni berish va ulardan
naqd pullarni qabul qilish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.
Banklarning valyuta operatsiyalaribevosita xorijiy mamlakatlar milliy
valyutasini oldi – sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalar hisoblanib, milliy valyutaning
xorijiy valyutalarga nisbatan kursini o‘zgarishi hisobiga foyda yoki zarar ko‘rishi mumkin.
Banklarning aktiv operatsiyalarini
to‘rtta guruhga ajratish mumkin.
1.Erkin zahiralar – bunga kassadagi naqd pullar, Markaziy bankdagi vakillik
hisobvaraqlaridagi qoldiqlar, boshqa kredit tashkilotlarning vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar. Erkin zahiralar yuqori likvidli mablag‘lar hisoblanib,
bankka qisman yoki umuman daromad keltirmaydi.
2.Berilgan kreditlar va depozit ko‘rinishida boshqa moliya muassasalariga,
shuningdek Markaziy bankka joylashtirilgan mablag‘lar.
3.Investitsiyalar – bu bankning qimmatli qog‘ozlarga va nomoddiy
aktivlarga, shuningdek pay ko‘rinishida xo‘jalik faoliyatiga yo‘naltirilgan
resurslari.
4.Bankning o‘ziga (ichki investitsiyalar) moddiy va nomoddiy aktivlarga
yo‘naltirilgan mablag‘lari. Bunga bank faoliyatini tashkil etish uchun zarur
bo‘lgan binolar, jihozlar va boshqa uskunalar kiradi.
Tijorat banklarining daromadi bankning 2 va 3 guruhiga kiruvchi aktiv
operatsiyalari hisobidan tashkil topib, bank aktivlarining risk darajasi qancha
yuqori bo‘lsa, ushbu operatsiyalardan kelayotgan daromadlar miqdori ham shuncha
yuqori bo‘ladi va aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: |