72
Muddatida qaytarilmagan kreditlar miqdori ularning
y uzaga kelgan muddatlari va kredit qo‘yilmalardagi salmo-
g‘i bo‘yicha tahlil qilinadi.
Ular muddatlari bo‘yicha 1 kundan 30
kungacha, 31-
60, 61-180,181 va undan ortiq kunlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Uzoq muddatdan beri qaytmagan kreditlar qancha ko‘p
bo‘lsa, bank kredit portfelining shunchalik darajada muam-
moli ekanligini bildiradi. Muddatida qaytarilmagan kreditlar
bo‘yicha alohida uzluksiz ravishda monitoring o‘rnatilmog‘i
lozim. Monitoring jarayonida kredit muddatida qaytmay-
otganligining asosiy sabablari o‘rganiladi va undirish yoki
bank mablag‘lari hisobidan qoplash choralari ko‘riladi.
Albatta, harakatdagi qoidalarga
muvofiq muddatida un-
dirilmagan kredit bo‘yicha foiz to‘ lovlarini hisoblash va un-
dirish talablari ham farqlanib boradi.
Kredit qo‘yilmalari tahlil qilinganda qayta ko‘rib chi-
qil gan kreditlar mavjudligi va ularning jami kre
dit qo‘-
yilmalaridagi ulushiga e’tibor qaratiladi. Bu jarayonda aso-
siy e’tibor qayta ko‘rib chiqilgan kreditlarning sabab larini
to‘liq o‘rganishga qaratiladi. Ushbu kreditlar bo‘yicha mi-
jozning keyingi davrlarga bo‘sh
pul oqimi vujudga kelishi
sabab lari o‘rganiladi.
Bir necha marta qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar bo‘yicha
monitoring jarayoniga katta e’tibor beriladi. Tahlil qilina-
yotgan davrda hisobdan chiqarilgan kreditlar miqdori va
ular ning sabablarini o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Chunki har bir hisobdan chiqarilgan kredit summasi-
da bank daromadlari qisqarib boradi. Bu esa, o‘z
navbatida,
bank aksionerlari olishi mumkin bo‘lgan dividentlar miq-
doriga va bankning likvidliligi, to‘lovga qobiliyati va oxir-
oqibatda bank obro‘siga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Kredit lar
tahlilida berilgan kreditlarni muntazam
ravishda tasnifla nib
borilishi jarayonini hamda tasniflangan kreditlar bo‘yicha
ehtimoliy yo‘qotishlar o‘rnini qoplash maqsadida tash-
73
kil etiladigan zaxiralar miqdorining mosligiga katta e’tibor
qaratiladi.
Harakatdagi qoidalarga muvofiq, kreditlar qaytarilishi
mud datining miqdoriga qarab yaxshi,
standart, substandart,
shubhali va umidsiz kreditlarga bo‘lib o‘rganiladi.
«Yaxshi» deb tasniflangan kreditlardan tashqari kre dit-
lar bo‘yicha belgilangan miqdorda zaxira tashkil etilishi
shart. Tashkil etilgan zaxiralar miqdorini qo‘yilgan talablar-
ga mosligi darajasi doimimy ravishda o‘rganilmog‘i lozim.
Ushbu jarayonda tashkil etilishi lozim bo‘lgan
zaxiralar ning
haqiqatda tashkil etilgan zaxira mablag‘lariga mosligi, zaxi-
raga ajratilgan mablag‘lar hisobiga bank daromadlari ning
kamayishi tahlil qilinadi. Tahlil natijasida tegishli chora-
tadbirlar belgilanadi.
Shunday qilib, kredit operatsiyalari tahlili natijasida kre-
dit risklarini minimallashtirish,
bank kreditlari va omonat-
lari manfaatlarini himoyalash, bankning likvidliligi, to‘lov
qobiliyati va daromadliligini oshirish chora-tadbirlari ishlab
chiqiladi va ularga mos ravishda kredit siyosatini yaratish-
ga ko‘maklashadi.