5.2. Bank aktivlarining daromadliligi tahlili
Bank faoliyatining asosiy pirovard maqsadi daromadni
maksimal darajada olishdan iborat. Shu nuqtayi nazardan
olganda, bank aktivlarining daromadliligini baholash mu-
him ahamiyat kasb etadi.
Bank aktivlari faoliyat natijasida daromad keltirishiga
qarab daromad keltiradigan aktivlar va daromad keltirmay-
digan aktivlarga bo‘linadi.
Daromad keltiruvchi aktivlarni baholash muhim aha-
miyatga ega. Ular kredit salohiyatining asosini va bankning
ssuda portfelini tashkil etadi.
80
Daromad tahlili sifat ko‘rsatkichiga nisbatan miqdor
ko‘rsatkichiga ko‘proq tegishlidir, shu sababdan u bank fa-
oliyatini baholashda katta ahamiyatga ega. Bank kapitalini
oshirish va kredit potensialini mustahkamlash uning mus-
tahkamligiga bog‘liq. Bank ning daromadi, asosan, kreditlar
bo‘yicha foiz stavkasi, kredit qo‘yilmalari hajmi va bank lik-
vidliligiga bog‘liq.
Bankning daromad keltiradigan aktivlariga:
• barcha turdagi turli xil kreditlar berishga sarflangan
mablag‘lar;
• DQMO va boshqa qimmatli qog‘ozlarga sarflangan
mablag‘lar;
• qimmatli qog‘ozlar, lizing va faktoring operatsiyalri va
boshqalar kiradi.
Bank aktivlarining asosiy qismini, odatda, mijozlarga
be riladigan kreditlar va banklararo kreditlar tashkil etadi.
Bank amaliyotida bank krediti, bank oladigan daromadlar-
ning asosiy qismini ta’minlaydi. Bank krediti iqtisodiyotda
kredit munosabatlarining keng tarqalgan shakli bo‘lib, bun-
da pul mablag‘lari kredit obyekti bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, bankning daromad keltiruvchi aktivlari qa-
torida kreditlardan tashqari qimmatli qog‘ozlar, chet el
va lutasiga jalb qilingan mablag‘lari ham mavjud. Albatta,
ushbu aktivlarning ham tarkibini o‘rganib chiqish muhim
hisoblanadi. Aktivlarning maqsadga muvofiq joyla
shishi
bo‘ yicha umumiy ko‘rsatkich bu daromad keltiruvchi ak-
tivlarning umumiy aktivlar summasiga nisbati bilan aniq-
lanadi. Bankning daromad keltiruvchi asosiy aktivlari bu
mijozlarga berilgan kreditlardir. Bankning ikkinchi daro-
mad kel tiruvchi aktiv turi bu davlatning qisqa muddat-
li obligatsiyalari (DQMO)ga yo‘naltirilgan aktivlardir.
Banklarning daromad kelti ruvchi aktivlari qatorida bank-
lararo kreditlar va investitsiyalar kichik salmoqni tashkil
qiladi.
81
Bankining aktiv operatsiyalarida daromad keltiruv chi
aktivlarni ko‘paytirish, ya’ni bank likvidligini saqlagan
holda aktivlarning qolgan qismini daromad keltirish u chun
joylash muhim ahamiyat kasb etadi. Daromad keltiruv chi
aktivlarning asosiy daromad tarkibi foizli daromadlardir.
Foizli daromad manbayi – kreditlarni bir soha y oki tar-
moqqa emas, balki bir nechta tarmoqqa joylashtirish lo-
zim. Banklarda daromadlar tarkibini ko‘paytirish uchun
bank daromad keltiruvchi xizmatlar turini ko‘paytirishi
zarur.
Bankning daromad keltirmaydigan aktivlariga quyidagi-
lar kiradi:
• kassadagi naqd pullar va boshqa pul mablag‘lari;
• asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar;
• kapital va boshqa joriy xarajatlar;
• Markaziy bankdagi vakillik va zaxira fondi hisob ra-
qamlar qoldig‘i.
Bunday aktivlar guruhiga kassa, Markaziy bankdagi
«Nostro» vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lar, asosiy vosita-
lar kiradi. Bank aktivlari hajmida daromad keltirmaydigan
aktivlar salmog‘ining yuqori bo‘lishi bankning resurslar ba-
zasidan samarasiz foydalanilganini ifodalaydi.
Bankka daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydi-
gan aktivlarni tahlil qilish, ularning funksiyalari iqtisodiy
sharoitga bog‘liq holda ular tarkibini o‘zgartirib turish ke-
rakligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon bermoqda. Iqti-
sodiy beqarorlik sharoitida faoliyatsiz aktivlarning ko‘pgina
qismi faoliyat qilayotgan aktivlarning elementlariga aylana-
di, ko‘pincha bu valuta va harakatsiz aktivlarga tegishli-
dir. Bank o‘zlarining balanslari strukturasini doimiy ravish-
da uning daromadliligi nuqtayi nazaridan tahlil qilib bori-
shi lozim.
82
5.2- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |