Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini jalb qilish va ularni joylashtirishni tartibga solish yo’llari va usullaridir


Tijorat banklari investitsiya portfelining sifatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar



Download 7,91 Mb.
bet35/98
Sana27.03.2022
Hajmi7,91 Mb.
#513489
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   98
Bog'liq
fayl 2018 20211007 (1)

8.3. Tijorat banklari investitsiya portfelining sifatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
105
Tijorat banklarining investitsiya portfelining sifatini baholashda xalqaro bank amaliyotida bir nechta ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin.



  1. Bir emitentning qimmatli qog’ozlariga qilinadigan investitsiyalarning maksimal miqdori.

Tijorat banki tomonidan bir emitentning qimmatli qog’ozlariga qilinadigan investitsiyalar summasi bank birinchi darajali kapitalining 15 foizidan oshib ketmasligi kerak.





  1. Oldi-sotdiga mo’ljallangan qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalarning maksimal miqdori.

Tijorat banki tomonidan oldi-sotdi uchun mo’ljallangan qimmatli


qog’ozlarga qilingan investitsiyalarning jami summasi bank birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshib ketmasligi kerak.





  1. Barcha emitentlarning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalarning maksimal miqdori.

Tijorat banki tomonidan barcha emitentlarning qimmatli qog’ozlariga


qilingan investitsiyalar summasi bank birinchi darajali kapitalining 50 foizidan oshib ketmasligi kerak.


4. Bank investitsiya portfelining daromadlilik darajasi.




IPd = (P1 – P0) : P0

Bu erda:

IPd – investitsiya portfeliniing daromadlilik darajasi; P1 – investitsiya portfelining so’nggi qiymati;
P0 – investitsiya portfelining boshlang’ich qiymati.

5. Investitsiya portfelining diversifikatsiya darajasi.


Bir emitentning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalarning investitsiya portfelidagi ulushi 7 foizdan oshib ketmasligi kerak.





  1. Yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarning investitsiya portfelidagi

salmog’ining o’zgarishi.


106
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalari, bir tomondan, ularning joriy likvidliligini ta’minlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari hajmini oshirish imkonini beradi.

Yuqori likvidli qimmatli qog’ozlar sifatida, odatda, Hukumat tomonidan muomala chiqarilgan qimmatli qog’ozlar, Markaziy bankining qimmatli qog’ozlari va to’lovi Hukumat tomonidan kafolatlangan qimmatli qog’ozlar kiradi.


Mamlakatimizda uzatma tijorat veksellari, ya’ni trattalar muomalasining mavjud emasligi Markaziy bankka diskont kreditlari berish imkonini bermaydi.


Mamlakat Markaziy banki lombard kreditlarining mavjud emasligi uning qayta moliyalash siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va mazkur kreditlar Hukumatning qimmatli qog’ozlarini emissiya qilishning to’xtatilganligi sababli berilmayotir. Chunki, Markaziy bank faqat hukumat qimmatli qog’ozlarini o’zining lombard kreditlari uchun garov ob’ekti sifatida tan oladi.


2017 yilning 1 yanvar holatiga, qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalarning brutto aktivlar hajmidagi salmog’i TIF Milliy bankida 0,5 foizni, Sanoatqurilishbankda – 0,4%, Ipotekabankda - 0,2 foizni tashkil etdi20.


Ushbu holat tijorat banklari investitsion operatsiyalarining daromadliligiga va ularning joriy likvidliligiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi.


Respublikamiz tijorat banklarining investitsiya portfelida xorijiy valyutalarda emissiya qilingan qimmatli qog’ozlar mavjud emas. Demak, banklarning investitsiya portfeli milliy valyuta-so’mda emissiya qilingan qimmatli qog’ozlardan iborat. Bu esa, respublikamiz tijorat banklarining investitsiya portfelini moliyaviy risklarga ta’sirchanligini oshiradi. Bunda inflyatsiya va


devalvatsiya ta’sirida banklarning qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalarining real qiymatini pasayish xavfi yuzaga keladi.



Download 7,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish