Nazorat uchun savollar
Tijorat bankining kredit portfeli deganda nimani tushunasiz?
Tijorat banklari kredit portfelini shakllantirishning qanday usullarini
bilasiz?
Tijorat banklari kredit portfelining sifatini tavsiflovchi qanday
ko’rsatkichlarni bilasiz?
Kreditlar bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlar zaxirasi qanday tashkil etiladi?
Tasniflangan kreditlar tarkibi bo’yicha zaxira stavkalari darajasi qanday belgilangan?
Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishning qanday usullari mavjud?
Respublikamiz tijorat banklarida kredit portfelini boshqarish bilan bog’liq bo’lgan qanday muammolar mavjud?
98
8-BOB. TIJORAT BANKLARINING INVESTITSION OPERATSIYALARINI BOSHQARISH
8.1. Tijorat banklari investitsion operatsiyalarining mazmuni va zarurligi
Tijorat banki investor sifatida qimmatli qog’ozlarni sotib oladi.
Bank qimmatli qog’ozlarni ikki maqsadda sotib oladi:
Likvidliligini ta’minlash maqsadida
Daromad olish maqsadida
Tijorat banklari yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarni sotib olish yo’li bilan o’zlarining joriy likvidliligini ta’minlaydilar. Odatda, yuqori likvidli qimmatli qog’ozlar sifatida quyidagi turdagi qimmatli qog’ozlar e’tirof etiladi:
*Hukumatning qimmatli qog’ozlari;
*Markaziy bankning qimmatli qog’ozlari;
to’lovi Hukumat tomonidan kafolatlangan korporativ qimmatli qog’ozlar. AQShning Kolumbiya universitetining professori F.Mishkinning xulosasiga
ko’ra, tijorat banklarining investitsion operatsiyalarini rivojlantirishda moliyaviy innovatsiyalarga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Foiz stavkalarining sezilarli darajada tebranishi yangi moliyaviy mahsulotlarga bo’lgan talabning o’zgarishiga bevosita va kuchli ta’sir qiluvchi muhim iqtisodiy omil hisoblanadi. 1950-yillarda uch oylik xazina veksellari foiz stavkalarining tebranishi1,0 foizdan 3,5 foizgacha diapazonda, 1970-yillarda – 4,0 foizdan 11,5 foizgacha, 1980-yillarda 5,0 foizdan 15,0 foizgacha bo’lgan diapazonni tashkil etdi. Foiz stavkalarining bu qadar kuchli tebranishi kapital qiymatining sezilarli darajada oshishiga yoki kamayishiga olib` kelid, investitsiyalarning qaytishi borasidagi noaniqlik kuchaydi15.
F.Mishkin AQSh misolida moliyaviy innovatsiyalarning bank tizimining barqarorligini ta’minlashdagi rolini asoslab bergan. Ammo, ushbu xulosa O’zbekiston iqtisodiyoti uchun hozircha amaliy ahamiyatga ega emas. Chunki, respublikamizda Hukumatning qimmatli qog’ozlari mavjud emas.
E. Dolan ikkilamchi zahiralarning quyidagi to’rt shaklini ajratib ko’rsatdi:
Мишикн Ф.С. Экономическая теория денег, банковского дела и финансовых циклов. 7-е изд. Пер. с англ. – М.: ООО
«И.Д.Вильямс», 2013. – С.295.
99
Hukumatning qimmatli qog’ozlari;
boshqa banklarning depozit sertifikatlari;
tijorat qimmatli qog’ozlari;
federal fondlar.
Tijorat qimmatli qog’ozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori likvidli
aktivlar qatoriga kiritish mantiqan to’g’ri emas. Chunki tijorat qimmatli qog’ozlari aniq moddiy kafolatga ega emas, ayniqsa, respublikamiz sharoitida ko’plab korxonalarning qimmatli qog’ozlari bo’yicha to’lovsizlik muammosi mavjud. Bunday holatlarni O’zsanoatqurilish bankida, TIF Milliy bankida va boshqa tijorat banklarida kuzatish mumkin. Ana shu fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda tijorat qimmatli qog’ozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori livkidli aktivlar tarkibidan chiqarib tashlash zarur deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |