4.2. Tijorat banklarining likvidliligiga ta’sir etuvchi omillar
Banklarda likvidlikni boshqarishga ichki va tashqi omillar ta’sir qiladi.
Ichki omillarga quyidagilar kiradi:
bank aktivlarining sifati (bank kredit portfeli tarkibida riskli aktivlar va ularga hisoblangan to’lovlarni o’z vaqtida qaytarilishi);
jalb qilingan mablag’larning sifati (uzoq muddatli moliyaviy resurslar ulushining yuqoriligi);
jalb qilingan mablag’lar va riskli aktivlar o’rtasida o’zaro muvozanatning
ta’minlanishi;
bank boshqaruvini tashkil etilganligi va uning moliya bozordagi imidji. Banklarning likvidligini samarali boshqarishga uning kapitallashuv
darajasining yuqori darajada ta’minlangnligi muhim hisoblanadi. Bank kapitali tarkibida ustav kapitali va qo’shilgan kapital miqdori va sifatining yuqoriligi bank likvidligi ta’minlashda muhim moliyaviy manba sifatida xizmat qiladi. Bank kapitalining darajasi qanchalik yuqori bo’lsa uning likvidligini ta’minlanganligi shu darajada yuqori bo’ladi.
Bundan tashqari bank aktivlari (kredit portfeli)ning yuqori sifatga ega bo’lishi uning likvidligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Markaziy bankning 2015 yil 14 iyulda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2696-son bilan ro’yxatga olingan ―Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to’g’risidagi‖ Nizomiga muvofiq aktivlar beshta mezon asosida tasniflanadi. Xususan:
42
standart aktivlar;
substandart aktivlar;
qoniqarsiz aktivlar;
shubhali aktivlar;
va umidsiz aktivlarga tasniflanadi.
Banklarning likvidligini boshqarishga ta’sir etuvchi tashqi omillar:
mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy holat;
banklararo va qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanganlik darajasi;
Markaziy bankning pul-kredit siyosati ( asosan qayta moliyalash va majburiy zaxira stavkasi bevosita ta’sir qiladi);
Markaziy bank tomonidan samarali nadzor faoliyatini tashkil etilganligi. Mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy holatning barqarorligi mahalliy va xorijiy
jismoniy va yuridik shaxslar, investorlar boshqa iqtisodiy hamkorlarning banklarga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga bu esa o’z navbatida likvidlik holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Busiz banklar kuchli depozit bazasini shakllantirish va yuqori rentabellik ko’rsatkichlariga erishish imkoniyatiga ega bo’lmaydi.
Mamlakatda barqaror banklararo va qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyat yuritishi banklarning likvid mablag’larga bo’lgan talabini zudlik bilan qondirish imkoniyatini beradi.
Banklarning likvidligini boshqarish ularning balansidagi qoldiqlari bilan chambarchas bog’liqdir. Bank likvidligi ta’minlangan bo’lishi uchun bank vakillik hisobvarag’ida naqdsiz pullarga, kassada tegishli miqdorda naqd pullar ega bo’lishi zarur.
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining likvidliligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan omillar quyidagilardan iborat:
1. Tijorat banklarida transformatsiya riskining chuqurlashib ketganligi. Ma’lumki, transformatsiya riski tijorat banki aktivlarining muddatini jalb
qilingan resurslar muddatidan katta bo’lishi natijasida yuzaga keladi. Ushbu riskni
43
qisqa muddat ichida bartaraf qilinmasligi bankda balanslashmagan likvidlilik muammosining chuqurlashishiga olib keladi.
Qayd etish joizki, respublikamiz yirik tijorat banklarining barchasida transformatsiya riski mavjud.
Biz quyida respublikamiz tjorat banklaridagi transformatsiya riski muamomosini AT ―Sanoatqurilishbank‖ misolida transformatsiya riski darajasiga baho beramiz (1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |