Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini


 Tijorat banklari kredit siyosatida kreditlarning daromadliligini oshirish



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/120
Sana05.06.2022
Hajmi6,47 Mb.
#639469
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120
Bog'liq
bank aktiv va passivlarini boshqarishpdf

 
6.3. Tijorat banklari kredit siyosatida kreditlarning daromadliligini oshirish, 
ularning risk darajasini boshqarishga qo’yiladigan talablar 
Tijorat banklarining kredit siyosatida kreditlarning daromadliligini oshirish va 
ularning risk darajasini boshqarishni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. 
Kreditlarning daromadliligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar va ularning prognoz 
darajalari kredit siyosatida aniq ko’rsatilishi kerak. 


74 
Tijorat 
banklari 
kreditlarining 
daromadliligini 
baholashda 
quyidagi 
ko’rsatkichlardan keng foydalaniladi: 
1. Bir so’mlik kredit quyilmasiga to’g’ri keladigan daromad darajasi. 
Ushbu ko’rsatkichni hisoblash uchun kreditlardan olingan foizli daromadlar 
summasi kredit quyilmalari summasiga bo’linadi va olingan natija 100 foizga 
ko’paytiriladi. 
Shunisi xarakterliki, ushbu ko’rsatkichning me’yoriy darajasi mavjud emas. Shu 
sababli, uni baholash uchun moliyaviy tahlilning qiyosiy tahlil usulidan foydalaniladi. 
Ushbu usuldan foydalangan holda, birinchidan, 1 so’mlik kredit quyilmasiga to’g’ri 
keladigan daromad darajasi boshqa banklarning shu ko’rsatkichi bilan taqqoslanadi; 
ikkinchidan, ushbu ko’rsatkichning joriy davrdagi darajasi oldingi davrlardagi 
darajalari bilan taqqoslanadi. 
2. Tijorat banklari kredit quyilmalarining o’sish sur’ati bilan kreditlardan olingan 
foizli daromadlarning o’sish sur’ati o’rtasidagi mutanosiblik ko’rsatkichi. 
Mazkur ko’rsatkichdan foydalangan holda, tijorat banklari kredit quyilmalarining 
o’sish sur’ati bilan kreditlardan olingan foizli daromadlarning o’sish sur’ati o’rtasidagi 
mutanosiblikning mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash uchun kredit 
quyilmalarining o’sish sur’ati bilan kreditlardan olingan foizli daromadlarning o’sish 
sur’ati har bir tahlil davri uchun taqqoslanadi. Agar kredit quyilmalarining o’sish 
sur’ati kreditlardan olingan foizli daromadlarning o’sish sur’atidan baland bo’lsa, 
mazkur ikkala ko’rsatkich o’rtasidagi mutanosiblik ta’minlanmagan hisoblanadi. 
3. Kreditlardan olingan foizli daromadlarning tijorat banki yalpi daromadi 
hajmidagi salmog’ining o’zgarishi. 
Kreditlar tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida eng yuqori salmoqni 
egallaydi. Shu sababli, kreditlardan olingan foizli daromadlarning tijorat banki yalpi 
daromadi hajmidagi salmog’i ham yuqori bo’lishi lozim. 
Odatda, kreditlardan olingan foizli daromadlarning tijorat banki yalpi daromadi 
hajmidagi salmog’i kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog’iga mutanosib 
bo’lishi kerak. 


75 
Kreditlardan olingan foizli daromadlar miqdorining qisqa muddatli davriy 
oraliqlarda sakragansimon tarzda o’sishi ijobiy holat sifatida baholanmaydi. Chunki, 
mazkur daromadlarning sakragansimon o’sishi kreditlarning foiz stavkalarini yoki 
kredit quyilmalarini yuqori sur’atlarda o’sishi natijasida yuz beradi. 
Tijorat banklarining Kredit siyosatida kreditlarning daromadlilik darajasini 
ta’minlash masalasi kreditlarning risk darajasini boshqarish masalasi bilan birga ko’rib 
chiqiladi. 
Kreditlarning risk darajasi va daromadliligi o’rtasida to’g’ri mutanosiblik mavjud. 
Ya’ni, kreditning foiz stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning risk darajasi shunchalik 
yuqori bo’ladi. 
Kredit siyosatida kredit riskini baholash mezonlari va boshqarish usullari o’zining 
aniq ifodasini topgan bo’lishi kerak. 
Xalqaro bank amaliyotida kredit riski darajasiga baho berish uchun quyidagi uch 
ko’rsatkichdan keng foydalanilmoqda: 
1. Muddati o’tgan kreditlarning brutto kreditlar hajmidagi salmog’i. 
Ushbu ko’rsatkichning yuqori me’yoriy darajasi 3% qilib belgilangan. 
Agar muddati o’tgan kreditlarning brutto kreditlar hajmidagi salmog’i 3 foizdan 
oshmasa, u holda, berilgan kreditlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik normal 
hisoblanadi. 
2. Muddati o’tgan kreditlarning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan chegaraviy 
darajasi. 
Ushbu ko’rsatkichning yuqori me’yoriy darajasi 5% qilib belgilangan. 
3. Kreditlardan ko’rilgan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zaxira ajratmalari 
darajasi. 
Ushbu ko’rsatkichni hisoblash uchun kreditlardan ko’rilgan zararlarni qoplashga 
mo’ljallangan zaxira ajratmalari summasi tijorat banki aktivlarining o’rtacha 
summasiga bo’linadi. 
Mazkur ko’rsatkichning yuqoir me’yoriy darajasi qilib 0,5% belgilangan. 
Respublikamiz 
tijorat 
banklarining 
kreditlash 
amaliyotidagi 
ayrim 
muammolarning mavjudligi ko’zga tashlanmoqda. Xususan, mamlakatimiz bank 


76 
tizimida kreditlash shakllaridan to’laqonli tarzda foydalanilmayotganligi, 
mijozlarning kreditga layoqatliligi baholash tizimida sezilarli kamchiliklarning 
mavjudligi tijorat banklari kredit siyosatini tadqiq qilishni, kredit siyosati asosida 
kreditlash jarayonini olib borish asoslarini o’rganish, kredit riski va uni boshqarish, 
kreditlash jarayonidagi boshqa mavjud kamchiliklarni aniqlash xamda ularni 
bartaraf qilish yo’llarini amalda qo’llagan xolda banklar tomonidan beriladigan 
kreditlarning samaradorligini oshirishni ko’zda tutadi. 
Ikkinchi guruhga, kreditlash jarayonida mijozning kreditga layoqatliligini 
aniqlashdagi tashkiliy va iqtisodiy muammolarni kiritish mumkin. Tashkiliy 
muammolarga kredit oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlashda kredit 
ta’minotining ob’ekti va uning likvidligini aniqlashdagi muammolarni kiritish 
mumkin. Aksariyat holatlarda bank mutaxassislari mijozning to’lovga qodirligini 
kredit ta’minotining mavjudligini inobatga oladi. Biroq, kredit ta’minotining 
kreditni qaytishining asosiy omili ekanligini inobatga olmaydilar va uning 
likvidligini kredit muddatiga nisbatan aniqlamaydilar. Natijada mijoz kreditni 
qaytara olmasa bank tomonidan kredit ta’minotining musodara qilinishi tijorat 
banki uchun o’ziga xos unumsiz sarflarni keltirib chiqaradi.
Shuningdek, iqtisodiy muammolarga narxlarning o’zgarishini inobatga olgan 
holda xususiy diskontlar hisoblanish darajasining amaldagi ko’lamining kamligini 
kiritish mumkin. 
Ushbu muammolar natijasida tijorat banklarining kreditlar xisobidan 
olingan daromadlarni tushishiga, daromadni pasayishi natijasida bank likvidliligiga 
salbiy ta’sir qilishi, muammoli kreditlarni ko’payishi natijasida tijorat bankning 
nosog’lom bank maqomini olishiga xam olib keladi. Ma’lumki ssuda foizi bank 
daromadini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish