38
JLK= BZ: D
Bu erda:
JLK –joriy likvidlilik koeffitsienti
BZ - birlamchi zaxiralar
D - depozitlar
min: 0,10 yoki 10%
Yaponiya amaliyoti:
JLK = (BZ + IZ): D
Bu erda:
JLK – joriy likvidlilik koeffitsienti
BZ - birlamchi zaxiralar
IZ - ikkilamchi zaxiralar
D - depozitlar
min: 0,30 yoki 30%
Frantsiya amaliyoti:
JLK = (LA + Ya30kQA): (JD + Ya30kTM)
Bu erda:
LA –likvidli aktivlar
Ya30kQA- yaqin 30 kun ichida qaytariladigan aktivlar
JD – joriy depozitlar
Ya30kTM – yaqin 30 kun ichida to’lanadigan majburiyatlar
min:1,0yoki100%.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-
sonli ―2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini
yanada isloh qilish va
barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning
ustuvor yo’nalishlari to’g’risida‖gi va 2015 yil 6 maydagi PQ-2344-sonlli ―Tijorat
banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi Qarorlarida Bazel qo’mitasining bank
nazorati bo’yicha yangi talablarini mamlakat bank amaliyotiga joriy etish bo’yicha
aniq vazifalar qo’yildi.
39
Ushbu vazifalarni bajarish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining 2015 yil 22 iyuldagi 19/14-sonli (O’zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi tomonidan 2015 yil 13 avgustda 2709-sonli raqam bilan ro’yxatga
olingan) ―Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo’yiladigan talablar
to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖gi hamda Markaziy bankning 2015 yil 13
iyundagi 14/3-sonli (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil
6 iyuldagi 2693-sonli raqam bilan ro’yxatga olingan) ―Tijorat banklari kapitalining
monandligiga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖gi
yo’riqnomalari qabul qilindi.
Hozirgi davrda respublika tijorat banklarining
likvidligini baholash va
boshqarish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 22
iyuldagi 19/14-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―Tijorat banklarining likvidliligini
boshqarishga qo’yiladigan talablar to’g’risida‖gi nizom talablari asosida amalga
oshiriladi.
Mazkur Yo’riqnomaga ko’ra, Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining
joriy likvidligiga nisbatan iqtisodiy me’yor o’rnatilgan. Ushbu iqtisodiy
me’yorning eng past darajasi 30% bo’lib, u joriy aktivlarning summasini (to’lov
muddati 30 kungacha bo’lgan bankning likvidli
aktivlari va quyilmalari, bundan
muddati uzaytirilgan yoki qaytarish muddati o’tgan kreditlar mustasno) joriy
majburiyatlar (talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha bo’lgan
majburiyatlar) summasiga nisbati orqali aniqlanadi.
Mazkur me’yoriy talabning bajarilishi Markazyi bank tomonidan doimiy
ravishda nazorat qilinadi va tijorat banklarining likvidligini ta’minlashda
muhim
o’rin tutadi. Uning kamida 30% bo’lishini ta’minlash uchun tijorat banklari joriy
likvidli aktivlar va joriy majburiyatlar o’rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashlari
zarur. Buning uchun esa, ular aktivlar va passivlarning optimal tarkibini
shakllantirishlari zarur.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 22 iyuldagi 19/14-
sonli ―Tijorat banklarining likvidligini boshqarishga qo’yiladigan talablar
to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi yo’rqnomasiga
asosan respublikamiz
40
tijorat banklarining faoliyatiga sof barqaror moliyalashtirish me’yori va likvidlikni
qoplash me’yori ko’rsatkichlarining kiritilishi, fikrimizcha, birinchidan,
tijorat
banklarining likvidligini barqaror tarzda saqlab turish imkonini beradi;
ikkinchidan, banklar faoliyatida mavjud bo’lgan transformatsiya riskiga barham
beradi; uchinchidan, resurssiz kreditlash holatining
yuzaga kelishiga imkon
bermaydi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bazel-3 standarti talablaridan
kelib chiqqan holda, sof barqaror moliyalashtirish me’yori koeffitsienti va
likvidlikni qoplash me’yori ko’rsatkichlarini aniqlash metodikalarini tasdiqladi.
Unga ko’ra, sof barqaror moliyalashtirish me’yori
koeffitsienti barqaror
moliyalashtirishning mavjud summasini barqaror moliyalashtirishning zaruriy
summasiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Likvidlikni qoplash me’yorii
ko’rsatkichi yuqori likvidli aktivlarni keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqimga
nisbati sifatida aniqlanadi.
Mazkur koeffitsientni joriy etilishi tijorat banklari passivlarining
barqarorligini ta’minlash
bilan birga, ularning likvidlik darajasini oshirishga ham
xizmat qiladi.
Likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsienti quyidagi formula orqali
hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: