Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini


 Tijorat banklari kapitallashuv darajasini oshirish bo’yicha xalqaro



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/120
Sana05.06.2022
Hajmi6,47 Mb.
#639469
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   120
Bog'liq
bank aktiv va passivlarini boshqarishpdf

10.4. Tijorat banklari kapitallashuv darajasini oshirish bo’yicha xalqaro 
talab va standartlar (Bazel-3) hamda ulardan O’zbekiston bank amaliyotida 
foydalanish imkoniyatlari 
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi Bazel qo’mitasini 
banklarning kapitaliga nisbatan belgilangan talablarni keskin kuchaytirishga 
majbur qildi. Natijada Bazel-III deb nomlanuvchi yangi Bitim yuzaga keldi va 
uning asosiy jihatlari 2010 yilning 12 sentyabridan kuchga kirdi. 
Ushbu yangi Bitim Bazel-II ni bekor qilmaydi, balki uni to’ldiradi. 
Bazel-III ning asosiy talablari: 
1. Qo’mitaning Yangi talablarini bajara olmagan tijorat banklari bonus 
to’lovlari va dividendlar miqdorini kamaytirishga majbur bo’ladilar. 
2. Aktsiyadorlik kapitali mikdoriga nisbatan belgilangan talablar oshirildi. 
Agar mazkur talab bundan oldin aktivlarning riskka tortilgan summasini 
soliq to’langunga qadar bo’lgan miqdorini 2 foizini tashkil etgan bulsa, endi Ushbu 
ko’rsatkich mazkur summaning soliq to’langandan keyingi mikdorining 4,5 % 
darajasida belgilandi. 
3. Birinchi darajali kapitalning etarliligiga nisbatan belgilangan minimal 
talab oshirildi. 
Ushbu talab 2013 yildan 2015 yilgacha bo’lgan davrda amaldagi 4 foizdan 6 
foizga oshiriladi. 
4. Kapitalning ximoyaviy «konservatsiya «buferi» joriy etiladi. 
Kapitalning ximoyaviy «konservatsiya «buferi» birinchi darajali kapitalning 
2,5 foizi xajmida tashkil etiladigan qo’shimcha zaxiradan iboratdir. Shunday kilib, 
birinchi darajali kapitalga nisbatan belgilangan umumiy talab darajasi 7 foizni 
tashkil etadi (2,5% + 4,5 %). 


137 
5. Kontrtsiklik bufer joriy etiladi. 
Kontrtsiklik bufer bank o’z kapitalining 0 %dan 2,5 foizigacha xajmda 
tashkil etiladi va kreditlash xajmining keskin oshishiga to’sqinlik qiladi. 
6. Tijorat banklarining o’z kapitali va jalb etilgan kapitali o’rtasidagi nisbat. 
Ushbu nisbat risksiz miqdorni aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Risksiz 
miqdor sifatida birinchi darajali kapitalning 3 % darajasi olinadi. Mazkur 
ko’rsatkich 2013-2017 yillarda joriy qilinadi va tegishli tuzatishlardan so’ng 
direktiv ahamiyat kasb etadi. 
7. 
2015 
yildan 
boshlab 
likvidlilikni 
qoplash 
ko’rsatkichi 

LiquidityCoverageRatio (LCR) joriy etiladi. 
LCR 30 kunlik muddatda kapital chiqimini yuqori likvidli aktvilar zahirasi 
bilan qoplanishini ko’rsatadi. 
Banklarda moliyalashtirishning etarliligini nazorat qilish maksadida 
NetFundingStabilityRatio (NFSR) ko’rsatkichini 2018 yildan boshlab joriy etish 
ko’zda tutilgan. Ushbu ko’rsatkich mavjud va talab qilinadigan moliyalashtirish 
hajmi o’rtasidagi nisbat shaklida aniqlanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-
sonli ―2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va 
barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning 
ustuvor yo’nalishlari to’g’risida‖gi va 2015 yil 6 maydagi PQ-2344-sonli ―Tijorat 
banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi Qarorlarida Bazel qo’mitasining bank 
nazorati bo’yicha yangi talablarini mamlakat bank amaliyotiga joriy etish bo’yicha 
aniq vazifalar qo’yildi. Ushbu vazifalarni bajarish maqsadida O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 22 iyuldagi 19/14-sonli (O’zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 13 avgustda 2709-sonli raqam 
bilan ro’yxatga olingan) ―Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga 
qo’yiladigan talablar to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖gi hamda Markaziy 
bankning 2015 yil 13 iyundagi 14/3-sonli (O’zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligi tomonidan 2015 yil 6 iyuldagi 2693-sonli raqam bilan ro’yxatga olingan) 


138 
―Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi 
Nizomni tasdiqlash haqida‖gi yo’riqnomalari qabul qilindi. 
Bank kapitali tijorat banki faoliyatida vujudga keladigan iqtisodiy tanglik 
hamda ziddiyatli vaziyatlar sharoitida xavfsiz ―moliyaviy yostiq‖ vazifasini 
bajarishi bilan birga, bank kutilmaganda moliyaviy qiyinchilik va yo’qotishlarga 
duch kelganda unga to’lovga qobiliyati darajasini saqlab qolish va faoliyatini 
davom ettirish imkoniyatini beradigan moliyaviy manba hisoblanadi. Xalqaro va 
mahalliy bank amaliyotida bank kapitali etarliligi uning riskka tortilgan aktivlariga 
nisbatan aniqlanadi. Bank kapitalining hajmi riskka tortilgan aktivlarga nisbatan 
judayam past bo’lishi uni inqiroz holatiga tushib, turli xizmatlarni ko’rsatish va 
hisob-kitoblarni amalga oshirolmay qolishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchi 
jihatdan bank kapitalining hajmi haddan ziyod ortishi bank leverejini
24
boshqarishda turli salbiy holatlarni vujudga kelishi va daromad darajasini 
pasayishiga olib keladi.
Odatda tijorat banklari leverej darajasi yuqori bo’lishini, ya’ni bank 
kapitaliga nisbatan riskka tortilgan aktivlar hajmining oshib ketishiga yo’l qo’yadi, 
biroq nazorat organlari esa moliya bozorlari va bank tizimi barqarorligini oshirish 
nuqtai nazaridan leverej darajasini pasaytirishga intiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kabi 
tijorat banklari faoliyati samaradorligi va to’lov qobiliyati mustahkamligini 
ta’minlashda ularning kapitali barqarorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Barqarorlik – tashqi va ichki ta’sirlarning mavjudligi sharoitida sub’ektning 
faoliyat yuritish qobiliyatini saqlab qolishini anglatadi. Turli mulk shaklida 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar barqarorlik holatida o’z faoliyatini davom ettirish va 
majburiyatlarini bajarishi mumkin, aks holda unga taziyq soladigan moliyaviy 
24
Халқаро эксперт ва мутахассисларнинг фикрига кўра, левереж жалб қилинган молиявий ресурслар 
ҳажмини ўз капиталига нисбати сифатида қаралади. Номолиявий корхоналарда леверж 1:1 ва 3:1 паст 
даражадаги нисбатда бўлиб, бу уларнинг молиявий жиҳатдан барқарорлигини англатади. Банкларда ушбу 
кўрсаткич, яъни капиталнинг етарлилик даражаси рискка тортилган активларга нисбатан 8% ѐки 12,5:1 
юқори даражадаги нисбатда бўлади, бу банк муассасаларининг номолиявий ташкилотларга нисбатан юқори 
левережга эга эканлигини англатади.


139 
inqiroz va moliyaviy salbiy holatlardan chiqolmasligi natijasida faoliyatini 
to’xtatishga majbur bo’ladi.
Xalqaro va mahalliy bank amaliyotida tijorat banklari kapitali barqarorligiga 
alohida e’tibor qaratishadi. Ta’kidlash joizki, tijorat banklari kapitali barqarorligiga 
qator omillar ta’sir qiladi. Ushbu omillarni tashqi va ichki omillarga guruhlagan 
holda o’rganish maqsadga muvofiq. 
Tijorat banklari kapitali barqarorligini ta’minlashning 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish