Tibbiyotda axborot texnologiyalari


Rentgen trubkasining tuzilishi



Download 9,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/216
Sana31.03.2022
Hajmi9,38 Mb.
#521688
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   216
Bog'liq
Tibbiyotda axborot texnologiyalar darslik Bazarbayev 2018

Rentgen trubkasining tuzilishi. 
Rentgen trubkasi elektron-nur trubkasining bir turi bo‘lib, u 
radiatsiyaning aks ta’sirlarini minimallashtirish maqsadida 
atroflama to‘liq metall qoplama bilan qoplanadi. Unda faqat juda 
kichik tirqish bo‘lib, u orqali rentgen nurlari mijoz tanasining 
tekshirlayotgan qismiga yuboriladi. Trubkaning ichida kuchli 
quvvatga ega elekt toki, elektronlarni musbat anod va manfiy 
katod orasida harakatlanishga majbir qiladi. Elektronlarning 
anodga ta’siri rengen nurlarinishining paydo bo‘lishiga olib 
keladi. 
Bir qancha muddatdan keyin rentgen trubkasi takomillashtirila 
boshlandi. 1913-yilda AQSHlik olim Uilyam Kulidj Rentgen 
trubkasining katodini volfram tolalari bilan ta‘minlab, rentgen 
trubkasining yana-da takomillashtirilishiga o‗z hissasini qo‗shdi. 
Buning natijasida yana ham sifatli va tiniqroq tasvir olish 
imkoniyati paydo bo‗ldi. Keyinchalik ham olimlar va 
muhandislar, hamda, tibbiyot mutaxassisalari umumiy izlanishlar 
orqali Rentgen nurlarining samaradorligini oshirish, ularning 
bemorlar va doktorlarga salbiy ta‘sirlarini kamaytirish borasida 
muttasil izlanishlar olib bordilar. 
Hozirgi kunda ham Rentgen apparatlari tashxis va davolash 
masalalarida o‗z dolzarbligini yo‗qotmagan. Ayniqsa o‗pka 
kasalliklari, suyak sinishlari va tish kasalliklarini tashxis 
qo‗yishda Rentgen diagnostikasiga yetadigan vosita yo‗q.
Kompyuter tomografiyasi 
1970-yillardayoq KT skanerlar – rentgen va kompyuter 
tomograflarining o‗zaro uygunlikdagi qurilmalari paydo bo‗ldi. 
Bu usulning mohiyati shunda ediki, odam organizmidagi turli xil 
to‗qimalar, rentgen nurlarini turlicha o‗tkazadi. Shu sababli, har 
xil organlarning rentgen tasvirlarini olish uchun kompyuterda 


murakkab qayta ishlash jarayonlari bajariladi. Kompyuter 
tomografi (KT) skanerlangan organning turli qalinlikdagi 
to‗qimalari qatlamlar bo‗yicha alohida alohida tasvirga tushiriladi 
va ular keyingi qayta ishlash jarayonida kompyuterdagi maxsus 
dastur orqali yagona va yaxlit organ tasviriga qayta birlashtiriladi. 
Kompyuter tomografiyasi – bu ham o‗rganilayotgan 
obyektning ichki strukturasini qatlamma-qatlam o‗rganadigan 
usuldir. Ilk bor 1972-yilda inson miyasining sifatli tomografiyasi 
olingan. Lekin KTning tarixi ancha avval boshlangan: 1917-yilda 
Avstraliyalik matematik I. Radon rentgen nurlanishinig yutilishi 
modda zichligiga bog‗liqligini isbotlab bergan. 1956–1958-yilda 
Sovet Ittifoqi olimlari Tyutin, Korenblyum va Tetel‘baum rentgen 
suratlarini rekonstruktsiya qilish sitemasini yaratdilar. Dastlabki 
tomograf 1962-yilda ishlab chiqilib, 10 yildan so‗ng tajribada 
sinaldi. 1979-yilda Xаunsfild va Kormak buning uchun Nobel‘ 
mukofotini oldilar. 

Download 9,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish