ta’minot
Bugungi kunni kompyuter grafikasisiz tasavvur etish qiyin.
Zamonaviy teleko‘rsatuvlar, multfilmlar, uylar va binolar dizayni
– barchasi kompyuter grafikasi ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Kompyuter grafik obyektlari quyidagi turga bo‘linadi: 1. Rastli,
2. Vektorli, 3 Fraktal. Uch turdagi grafik obyektlarning o‘zi
hozirgi kunda 2D va 3D obyekt turlariga ham bo‘linadi. Barcha
kompyuter
grafik
obyektlari,
albatta,
kompyuter
grafik
muharrirlari yordamida yaratiladi, qayta ishlanadi. Bunday
kompyuter grafik muharrirlariga Photo Shop, Macromedia Flash,
Corel Draw, AutoCAD, Paint, Indesign dasturlari misol bo‘la
oladi. Bu dasturlarda ishlashganda, hujjat yaratishning ayrim
qirralarini o‘rganganda, dasturlarning ustivor yo‘nalishlarini
aniqlay olish zarur. Bundan tashqari multimediya hujjatlar
yaratish, elektron resurslar yaratish dasturiy ta’minotlari mavjud.
Ularga MS Office dasturining MS Power Point, Adobe Presenter,
Prezi, Ispring, Lectora va Articulate kabi dasturlar misol bo‘ladi.
Multimediya so‘zining ma’nosi: multi – ko‘p mediya – muhit
deganidir, ya’ni bitta hujjatga bir necha formatli fayllarni
joylashtirishdir.
Tibbiyot sohasining bugungi kunini zamonaviy diagnostika
apparatlarisiz tasavvur etish qiyin. Bunda, avvalo, kasallikning
rivojlanishi, darajasi haqida raqamli axborotga ega bo‘lgan
holda davolash usullarining qo‘llanilishi, bevosita davolashning
samaradorligini oshiradi. Aynan organizm tuzilishi va unda
kechayotgan funksional o‘zgarishlarni kompyuter grafikasi
yordamida aniqlanish usullarini yoritish va bayon etish,
tushuntirish
biologik
va
tibbiy
informatikaning
asosiy
vazifalaridan biridir.
Vizual tasvirning biotibbiy informatikasi raqamli axborot
orqali organizmda kechayotgan jarayonning dinamik maydonini
tavsiflab beradi. Ekranda oladigan tasvirimiz bevosita modal
axborotning raqamli axborotga generatsiyalanishi maxsulidir.
uning natijasida ekranda kerakli tasvirlarga ega bo‘lgan holda
jarayonni
baholash
imkoniyatiga
ega
bo‘lamiz. Modal
axborotning raqamli axborotga o‘tkazilishi natijasida olinadigan
natija. Bunda jarayon qadamlari:
1.
modal axborotni mashinaga taqdim etish.
2.
olingan tasvirni boshqarish va saqlash.
3.
tasvirni yoritish.
4.
tasvirni taqdim etish.
Mashinaga notizimiy ma’lumot taqdim etilganda, u bu
axborotni o‘qib, o‘zlashtiradi, qayta ishlaydi, saqlaydi va
foydalanuvchi bo‘lmish shifokorga natijani taqdim etadi. Bu
borada tasviriy diagnostika, biotibbiy informatika oddiy insonga
tushunarli tilda natijani talqin eta biladi.
Tibbiy tasvirlash 2 xil tizimga bo‘linadi:
1-
anatomik;
2-funksional.
Agar birinchisi haqiqiy tizimiy anatomik o‘zgarishlarni qayd
etsa,
ikkinchisi,
bevosita
ichki
organlardagi
patologik
kechayotgan jarayonlarni qayd etadi.
Funksional tasvirlash quyidagi rasmda tasvirlangan.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |