1.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish;
2.
Iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda axborot tizimlari
shakillanishiga ko‗maklashish;
3.
Mamlakatni jahon axborot tizimlariga ulash.
Konsepsiyaning asosiy qoidalari,
vazifalari hisobga olingan
holda «O‗zbekiston Respublikasining axborotlashtirish dasturi»
ishlab chiqildi. Dastur uch qismdan iborat:
milliy axborot-hisoblash tarmog‗ini tuzish;
EHMni matematik va dasturiy ta‘minlash;
Shaxsiy kompyuterlar bilan ta‘minlash.
Dasturni amalga oshirish borasida hukumatimiz tomonidan
shu vaqtgacha bir qancha Qonunlar, Farmonlar va Qarorlar qabo‗l
qilindi.
Bularga quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:
1.
O‗zbekiston Respublikasining «Telekommunikatsiyalar
to‗g‗risida»gi Qonuni. 1999-yil 20 avgust;
2. O‗zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‗g‗ri-
sida»gi Qonuni. 2003-yil 11-dekabr;
3. O‗zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo
to‗g‗risida»gi Qonuni. 2003-yil 11-dekabr.
4. O‗zbekiston Respublikasining «Elektron
hujjat aylanishi
to‗g‗risida» gi Qonuni. 2004-yil 29-aprel.
5. O‗zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to‗g‗risida»
gi Qonuni. 2004-yil 29-aprel.
6.
O‗zbekiston Respublikasining «Elektron to‗lovlar
to‗g‗risida» gi Qonuni. 2005-yil 12-dekabr. va boshqa me‘yoriy
hujjatlar.
3.Axborotning o‘lchov birliklari.
Axborotlarni kompyuterlarda ifodalash uchun ikkilik sanoq
tizimida kodlash amalga oshiriladi. Bunda kompyuterga
kiritiladigan axborot belgilari ikkilik
sanoq sistemasi vositalari
yordamida amalga oshiriladi. Bu vositalar 0 yoki 1 raqamlaridan
iborat bo‗lishi mumkin. Ikkilik sanoq tizimi alifbosi unga
kiradigan belgilar soniga ko‗ra eng kam bo‗lib,
shu boisdan
ikkilik kodlash orqali, ko‗p sonli harf, raqamlarni 0 va 1
belgilarining tegishli ketma-ketligi tarzida
ifodalash imkoniyati
tug‗iladi.
Axborotni kompyuterda ifodalash uchun ularni moddiy
tashuvchi vositasida yozish kerak bo‗ladi. Bunday yozish jarayoni
kodlashtirish deb yuritiladi. Agar kompyuter texnikasidan
foydalanish uchun mo‗ljallangan
moddiy tashuvchilardan
foydalanilsa, u holda ma‘lumotlar bilan ishlashga to‗g‗ri keladi.
Bu holda axborotni saqlash, qayta ishlash,
uzatish va kiritishni
avtomatlashtirish maqsadida ularni shartli belgilarga aylantirish
axborotlarni kodlashtirishni anglatadi.
Kompyuterdagi ma‘lumot birligi bir bit dan iborat, ya‘ni u 0
yoki 1 qiymat qabul qiladi. Lekin kompyuter buyruqlari bayt bilan
ishlaydi. Ketma-ket 8 bit bir bayt dan iborat bo‗ladi. Demak, bir
bayt birligi belgi qiymatini 256 variantda
kodlash imkoniyatini
beradi, chunki 2
8
=256.
Do'stlaringiz bilan baham: