§1.2. Tibbiy masalalarni yechish uchun umumiy informatika
asoslari. Shaхsiy kompyuterlarning tarixi va arхitekturasi.
Arxitektura
– bu tizim strukturasi, chimasi yoki dizaynidir. U,
shuningdek, o‘zining fizik va abstrakt jihatlariga ega.
Arxitektura
kompyuter foydalanuvchisi va sog‘liqni saqlash tizimidagi
xodimning ishlatishi uchun yagona bo‘ladi. Shifokorlar undan o‘z
faoliyatlarida kerakli hujjatlarni tayyorlash, kasallik varaqalarini
to‘ldirish, dori-darmonlar olishga, retseptlar yozish, laboratoriya
tekshiruvi natijalarini qayd etish kabi ishlarini amalga oshirishda
ishlatadilar. Xoh shifokor, xoh bemor bo‘lishidan qat'iy nazar
foydalanuvchilar shaxsiy kompyuterning statsionar, portativ,
mobil ko‘rinishidagi qurilmalaridan internet orqali ma’lumot
almashish, tibbiyot darsliklarini qidirish, tanish birodarlar bilan
muloqotda bo‘lish hamda boshqa boshqaruv faoliyatlarini
yuritishda foydalaniladi.
Ba’zi kompyuterlar, ularning qo‘llanish sohasi, foy-
dalanuvchilar soniga, tezligiga, axborotni saqlash quvvatiga va
iqtisodiy farqiga; o‘zaro tarmoqqa ulanish yo‘llariga qarab
turlarga bo‘linadi. Ularni ishlatishda va ularni birgalikda
boshqarishda ishatiladigan ilovalar turlari, foydalanuvchilar
tomonidan qo‘llanilishi yuzasidan, kompyuterlar o‘rtasida farqlar
murakkab bo‘lishi mumkin. Lekin ular yig‘ilgan tegishli asbob-
uskunalar, dasturiy ta’minot va arxitektura, tanlangan kompyuter
ilovalari natija olish uchun muhim ahamiyatga ega. Bunday
farqlarga qaramay foydalanuvchi kompyuterlarni saqlashi va
ma’lumotlarni
qayta
ishlashi
uchun
bir
xil
asosiy
mexanizmlaridan foydalanishadi, shuningdek, tarmoqda boshqa
foydalanuvchilar bilan muloqotni amalga oshiradi. Ish stoli,
mobil qurilma, o‘yin tizimi, raqamli video yozuvchisi, yoki
ommaviy kompyuter klasteri bilan kontseptual darajada ular
orasidagi o‘xshashlikni topish qiyin emas.
Biz ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, kommunikatsiya,
xavfsizlik – jumladan kompyuter apparati, dasturiy ta’minot va
tarqatish tizimlari (birgalikda ish bir necha kompyuterlarda)
bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy tushunchalarni ko‘rib chiqamiz. Biz
sizni kompyuteringizdan foydalanishni taklif qilamiz, lekin bu fikr
kompyuterni global Internet tarmog‘i orqali bog‘lanishi shart
emas. Bizning maqsadimiz sizga quyidagi bo‘limlarda muhokama
qilingan asosiy texnik arxitektura dasturlarini tushunish uchun
zarur bo‘lgan asosiy tushunchalarni berishdir. Biz talabaga
biotibbiy dasturlar, ularning imkoniyati, murakkab tarqatilgan
tizimlari ichiga kompyuterlar va ularning yig‘ish komponentlarini
tasvirlab, uskunalar haqida ma’lumot berishga to‘xtalamiz. Bir
necha yillar oldin ilk kompyuterlarni sotib olish va ishlatish
qimmat edi. Faqat katta muassasalarsotib olishi va dasturni bir
kompyuter uchun sotib olish va ishlatishi mumkin edi. 1960-
yillarda
kremniy
asisida
yaratilgan
chiplar,
integral
mikrosxemalar ishlab chiqara boshandi va kompyuter ishlab
chiqarish o‘sishiga sabab bo‘ldi. Shundan keyin saqlash
qobiliyati va quvvati yuqori EHMlar yaratilganligi haqida
ma’lumot berilgan. Shu bilan birga, dasturiy ta’minot paketlari
"yuqori saviyada", bir buyruqlar to‘plami yoki ajralmas bazaviy
dasturiy ta’minoti versiyasidan foydalanib dastur infratuzilmasini
yozish algoritmlari ishlab chiqildi. Natijada kompyuterlarning
apparat va dasturiy ta’minoti arxitekturasi ko‘p funksiyali,
murakkab, lekin dasturiy ta’minoti odamlarning foydalanishi
uchun oson va tushunarli qilib yaratilmoqda.
Aslida barcha zamonaviy «mainfreym» kompyuterlar o‘xshash
asosiy apparat (jismoniy uskunalar) tuzilmasiga ega. Misol
tariqasida shaxsiy kompyuterlar, noutbuklar, mobil qurilmalar,
hatto, server kompyuterlarni keltirishimiz mumkin.
Asosiy (General) kompyuter arxitekturasi 1945-yilda Jon Fon
Neumanning ishchi guruhi tomonidan taklif etildi. Bu
kompyuterlarning faoliyatini kengaytirish maqsadida bir yoki
undan ko‘p bo‘lgan umumiy hisoblash tizimi qismlari tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |