Tibbiyotda axborot texnologiyalari



Download 9,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/216
Sana31.03.2022
Hajmi9,38 Mb.
#521688
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   216
Bog'liq
Tibbiyotda axborot texnologiyalar darslik Bazarbayev 2018

 
AXBOROT TIZIMLARI 
Tibbiy axborot tizimlari zamonaviy tushuncha bo‗lib, elektron 
yozuvlar majmui doirasida tibbiy fayllar bilan bemoring (elektron 
yozuvlar) tasvirlari va moliyaviy axborot, ma‘lumotlar, monitorli 
tibbiy asboblar, ulardan qayd etilgan natijalar va laboratoriya va 
amaliy tizimlari, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan 
axborotlarning vaqtinchalik almashinuv vositalari (e-mail, 
Internet, video konferensiya va hokazo)ni birlashtiradi.
Italiyada yigirmadan ortiq tibbiyot oliy ta‘lim muassasalari 
radiologiya axborot tizimlari bo‗yicha onlayn o‗quv kurslari 
faoliyatidan 
foydalanmoqdalar. 
Kurs 
sharqiy 
Pemonton 
Universitetidagi radiologiya institutlarida ishlab chiqilgan. 
Kurs 20 ta mashg‗ulotdan iborat bo‗lib, uning oliy o‗quv 
muassasalari talabalari uchun standart narxi yetti ming yevroni 
tashkil etadi. Ushbu kurs mamlakatda 20 ta oliy ta‘lim 
muassasalarida tashkil etilib, har bir muassasa uchun bitta kurs 18 
yevroni tashkil etadi. Shuningdek 700–800 yevro miqdoridagi 
uskunalar sotib olishga to‗g‗ri keladi, ammo ularni bir marta sotib 
olish kerak xolos. 
Mashg‗ulotlarning o‗ta samaradorligini ta‘minlash uchun 
yuqori tezlikdagi Internet kerak bo‗ladi va har bir mashg‗ulot 45 
soniyalik ma‘ruzadan tashkil topgan. Har bir kursda 10–15 
soniyalik muhokamalar ham amalga oshiriladi. 
Radiologiya instituti ma‘ruzachilari o‗z auditoriyalaridan 
ushbu kurs uchun 513 nafar talabalarni jalb qila oldilar. Kurs 


dasturi ishtirokchilariga grafiklar, vediomateriallar, shuningdek 
audiokanal bo‗yicha diskussiyaga bemalol kira olish imkonini 
beradi. Ilk kurs bitiruvchilari orasida monitoring olib borilganda, 
ushbu kurs qatnashuvchilarining 5%i onlayn kursi imtihonlarida 
a‘lo darajada baholangan bo‗lsa, 25% yaxshi baho qo‗yildi va 
faqatgina 5% qoniqarli baho bilan chegaralandi. «Qoniqarsiz» 
baholangan talabalar aftidan kurs oxiriga qadar 29-marta 
uzilganligi uchun yomon baholandilar. Ammo aksariyat talaba va 
o‗qituvchilar bunga umuman xotirjamlik bilan yondoshdilar. 
Innavatsion faoliyat natijalari to‗g‗risida akademik S.Yunusov 
nomli o‗simlik moddalari kimyo institutida, O‗zbekiston Milliy 
axborot agentligi korrespondentigiga texnika fanlari doktori, 
institut direktori Shomansur Sag‗dullayev quyidagilarni gapirib 
berdi: 
– keng ko‗lamli islohotlarni amalga oshirish davomida asosiy 
e‘tibor ishlab chiqarish va ushbu fanni integratsiyalashni 
kuchaytirishga qaratildi. Natijada innavatsion ishlanmalarning 
aksariyati, ilg‗or texnologiyalar yildan yilga o‗sib bormoqda. 
Institutimizning 
muhim 
yo‗nalishlaridan 
biri 
dori 
preparatlarini sanoatda ishlab chiqarilishini tashkil etish va 
qo‗llab-quvvatlash. O‗zbekistonning boy o‗simliklar dunyosi 
dori-darmonlar ishlab chiqish va biologik faol qo‗shilmalarni 
yaratish imkonini beradi. 
Oxirgi 20 yil ichida institut tomonidan 70 xil turdagi 
o‗simliklar o‗rganib chiqildi va 100 ta yangi birikmalar ajratildi. 
Dunyoda birinchi marta «Allapinin» antiaritmitik preparati 
tibbiyot amaliyotiga joriy etildi. 
Institutning muvaffaqiyatli innavatsion ishlanmalaridan biri 
«aqliy va fizik imkoniyatlarni oshiruvchi «Ekdisten» preparati 
hisoblanadi. Shuningdek, «Kristian Dior» kompaniyasi tomonidan 
yillar davomida «Jistenin» preparatini minglab kosmetik 
mahsulotlar ishlab chiqishda foydalanmoqdalar. 
Institut olimlari tomonidan yaratilgan «Flateron» preparati 
qonda 
xolesterin 
moddasini 
kamaytirib, 
lipid 
moddalar 
almashinuvi me‘yori buzilgan va infarkt miokard kasalligiga 
uchragan insonlarda insult va infarkt taхlikasini kamaytiradi. 


Mustaqillik 
yillarida galantamina 
substansiyasi 
ishlab 
chiqarilishi tashkil etildi va hozirda nevrologiyada keng 
qo‗llanilmoqda. 
Ulardan «Radiks» korxonasi ampula va tabletka shaklidagi 
«Radalin» tayyor preparatlar ishlab chiqarilishni yo‗lga qo‗ygan. 
Jigarning funksional holatini tiklovchi oxirgi yillarda 
«Flanorin» prerapatlari, keksalik davrda fiziologik kamchiliklarni 
to‗g‗irlovchi «Gerofitol», shuningdek «Kavergal» antigipoksik 
manbalar oxirgi ishlanmalar sifatida aholi ishonchini oqladi. 
Institut tomonidan ishlab chiqarilgan ozuqaga biologik faol 
qo‗shilma «Eksumid» umummustahkamlovchi va immunitetni 
oshiruvchi vosita hisoblanadi. 
Ushbu muvaffaqiyatlarning barchasi olimlar va ishlab 
chiqaruvchilarning o‗zaro manfaatdor hamkorligi natijasidir. 
Sanoat o‗zlashtirishigacha bo‗lgan davrda innavatsion 
loyihalarning qo‗shimcha ishlanmalari bo‗lgan fundamental 
izlanishlar natijasi bo‗yicha mexanizm ishlab chiqildi. Mahalliy 
bozorda yangi dori-darmonlarni kengroq joriy etish maqsadida 
hukumatimiz tomonidan 2008-yil 15-iyulda «Ishlab chiqarishda 
innavatsion 
loyihalarni 
qo‗llab-quvvatlash 
to‗g‗risidagi» 
farmoyishga binoan Respublika inovatsion fikrlar yarmarkasi va 
boshqa bir qator loyihalar o‗tkazilib kelinmoqda. Ushbu yilda 
yarmarkada farmatsevtika sohasi vakillari bilan allapinin, 
albendazol, galantanina va boshqa preparatlar bo‗yicha ikki 
milliondan ortiq so‗m miqdoridagi shartnomalar imzolandi. Har 
yillik o‗simlik substansiyalarining eksporti 1, 5 million dollarga 
yetdi. 
Bizning asosiy vazifalarimiz dori vositalarini importini imkon 
qadar kengaytirish va eksport qilish uchun ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarni tashkil etish. Shuning uchun ham ichki bozorda 
mahalliy dori-darmonlar miqdorini oshirish ustida bir qator chora 
tadbirlar olib borilmoqda. 

Download 9,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish