Tibbiyotda axborot texnologiyalari


Modellarning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz



Download 9,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/216
Sana31.03.2022
Hajmi9,38 Mb.
#521688
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   216
Bog'liq
Tibbiyotda axborot texnologiyalar darslik Bazarbayev 2018

Modellarning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz. 
1.
 
Fizik model. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va 
geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor 
(o‗lchami, tezligi, ko‗lami) jihatidan farq qiladigan modellar, 
masalan, samolyot, kema, avtomobil, poyezd, GES va 
boshqalarning modellari fizik modelga misol bo‗ladi. 
2.
 
Matematik modellar tirik organizmlarning tuzilishi, o‗zaro 
aloqasi, vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-
matematik tavsifidan iborat bo‗lib, tajriba ma‘lumotlariga ko‗ra 
yoki mantiqiy asosda tuziladi, so‗ngra tajriba yo‗li bilan tekshirib 
ko‗riladi,
3.
 
Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki 
jarayonlarni fizik yoki kimyoviy vositalar bilan qaytadan hosil 
qilishdir. 
4.
 
Iqtisodiy modellar taxminan XVIII asrdan qo‗llanila 
boshlandi. F. Kenening «Iqtisodiy jadvallar»ida birinchi marta 
butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining shakllanishini 
ko‗rsatishga harakat qilingan. 
Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo‗nalishlarini o‗rganish 
uchun har xil modellardan foydalanidadi. Iqtisodiy taraqqiyotning 
eng umumiy qonuniyatlari xalq xo‗jaligi modellari yordamida 
tekshiriladi. Turli murakkab ko‗rsatkichlar, jumladan, milliy 
daromad, ish bilan bandlik, iste‘mol, jamg‗armalar, investitsiya 
ko‗rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil qilish, uni 
oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar qo‗llaniladi. 
Aniq xo‗jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy 
tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan, 
matematik modellardan foydalaniladi. 
Biologik hodisalarniig matematik modellarini kompyuterda 
o‗rganish tekshirilayotgan biologik jarayonning o‗zgarish 
xarakterini oldindan bilish imkonini beradi. Shuni ta‘kidlash 


kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo‗li bilan tashkil qilish va 
o‗tkazish ba‘zi hollarda juda qiyin kechadi. Matematik va 
matematik-mantiqiy modelning yaratilishi, takomillashishi va 
ulardan foydalanish matematik hamda nazariy biologiyaning 
rivojlanishiga qulay sharoit tug‗diradi. 
Biologik model turli tirik obyektlar va ularning qismlari – 
molekula, hujayra, organizm va shu kabilarga xos biologik 
tuzilish, funksiya va jarayonlarni modellashda qo‗llaniladi. 
Biologiyada, asosan, uch xil modeldan foydalaniladi. Ular 
biologik, fizik va matematik modellardir. 
Biologik model – odam va hayvonlarda uchraydigan ma‘lum 
bir holat yoki kasallikni laboratoriyada hayvonlarda sinab ko‗rish 
imkonini beradi. Bunda shu holat yoki kasallikning kelib chiqish 
mexanizmi, kechishi, oqibati kabilar tajriba asosida o‗rganila di. 
Biologik modelda har xil usullar: genetik apparatga ta‘sir qilish, 
mikroblar yuqtirish, ba‘zi organlarni ol ib tashlash yoki ular 
faoliyati mahsuli bo‗lgan garmonlarni kiritish va boshqa usullar 
qo‗llaniladi. 
Bunday 
modellarda 
genetika, 
fiziologiya, 
farmokologiya sohasidagi bilimlar tadqiq qilinadi. 
Umuman 
olganda, 
kompyuterli 
modellashtirishning 
metodologiyasida quyidagi yo‗nalishlarni ajratish mumkin: 

Download 9,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish