Psixogen anoreksiya va shu kabi boshqa simptomlar
Psixogen anoreksiya atamasi 1868-yiIi W. Gull tomonidan taklif qilingan. Ishtahaning kayfiyatga g'oyat bog'liqligi shubhasizdir. «Kecha ovqatni ishtaha bilan tanovul qiluvdim», «Bugun kayfiyalim buzildi, hech narsa yegim kelmayapti» kabi iboralarni tez-tez eshitib turamiz. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, melanxoliyalar va siklotimiyalarda anoreksiya 40 foiz bemorlarda kuzatilarkan. Ishtahaning pasayishi ularda ta’m va hid bilishning buzilishi bilan kechadi («Bu ovqatning umuman mazasini sezmayapman, hidi ham yomon»). Agar bemor o‘ziga yoqmagan ovqatni yesa (u sifatli bo‘lishidan qat’i nazar), ko‘ngli aynib, qusadi, hattoki ichi ketadi. Mabodo, ich ketishi to‘xtamasa va bemorga «ovqatdan zaharlanish» yoki «dizenteriya» tashxisi qo'yilsa, unda yuqorida qayd qilingan belgilar uzoq vaqt davom etadi.
Ba’zan bemorlarda ishtahaning kuchayib ketishi (bulimiya) kuzatiladi. Somatik depressiyaga uchragan bemorlar ba’zan ovqatni juda ko‘p iste’mol qilishadi, lekin qornilari to‘yganini bilishmaydi. Bir bemorning bir buxanka non, bir lagan osh va uch choynak choy ichib to'ymaganining guvohi bo‘lganmiz. U «Oshqozonim cho'zilib ketgan bo'lsa kerak», deb terapevt va jarrohlarga maslahatga boradi, paraklinik va laborator tekshirishlardan o‘tadi. Bemorda organik kasallik aniqlanmaydi va u psixonevrologga maslahatga yuboriladi,
Bemordagi bu holat oilaviy mojarolardan so‘ng paydo bo'lgan (umr yo'ldoshi unga xiyonat qilgan). Psixogen simptomlar rivojlanishi bilan tashqi salbiy ta’sir orasida mantiqiy bog'lanishni kuzatish mumkin. Masalan, bemorning rafiqasini o'zining choyxonadagi ulfatdoshi «yo‘ldan» urgan.
Bulimiya va polifagiya (ko'p suyuqlik ichish) mexanizmini to'yish hissining yo'qolishi bilan tushuntirish mumkin. Bu markazlar gipotalamusda joylashgan bo'lib, u yerdagi maxsus neyronlar «oshqozon ovqatga to'lganligi» to‘g‘risidagi ma’lumotni olmaguncha bemor o'zini to'ygandek his qilmaydi. Ipoxondriya va depressiv sindromlarda aynan mana shu murakkab mexanizm buziladi. Qanday qilib biz och qolganimizni sezamiz? Organizmda ovqat resurslari kamayganda, dastlab qonda qand miqdori kamayadi va darrov bu haqdagi signal gipotalamusda joylashgan maxsus retseptorlarga borib tushadi. Bosh miya buning asosida «ovqatlanish kerak» degan qarorni qabul qiladi. Bu topshiriq bajarilmasa nima bo'ladi? Gipotalamus yadrolari och qolganligimiz to'g'risidagi signallarni ma’lum vaqtgacha qabul qiladi (masalan, yarim soat, bir soat). Undan so'ng miya
202
: oiganizmni asrash to'g'risida qaroi qabul qiladi», ya’ni birinchi bo'lib jigar va mushaklarda to'planib yolgan glikogen parchalanib, glvukoza, suv va energiyaga aylanadi. Glyukoza qonga tushib, ochlik hissini kamaytiradi yoki yo‘qotadi. Shuning uchun ham biroz kutsak, bu holat o‘tib ketadi.
Nevrozga chalingan bemorlarning aksariyati shirinlikka (ayniqsa, shokoladga, chunki uning tarkibida asabni tetiklashtiruvchi moddalar ko‘p bo'ladi), muzqaymoq va shirin ta’mli ichimliklar (kola, fanta va sprayt)ga o‘ch bo'lishadi. Tarkibida uglevodi bor oziq-ovqatlar ochlikni tez qondiradi, shuning uchun ham ba’zi bemorlar (sog‘ odamlar ham), odatda ovqatlangandan so'ng shirinlik iste’mol qilishadi.
Vaqtida tartib bilan ovqatlanish nafaqat oshqozon-ichak kasalliklarining, balki asab buzilishlarining ham oldini oladi.
Ipoxondrik nevrozlarda tez-tez uchrab turadigan yana bir belgi ko‘ngil aynishi va qusishdir. Hissiy qo'zg'aluvchan bemorlarda bu simptomlarni keltirib chiqarish juda osondir. Juda ko'p hollarda ko'ngil aynish, qusish va jig'ildon qaynashi birgalikda uchraydi. Atrofdagi hamma narsalar: oziq-ovqat, kir kiyim kiygan odamlar, chang va iflos ko'chalar ham bunday bemorlarda ko'ngli aynishi va qusishiga sabab bo'ladi. Bunday bemorlarni ko'pchilik «injiq» oiam deb ham atashadi. Hozirgi gipodinamiya va hissiy zo'riqish asiida bemorlarda bu shikoyatlaming ko'payganligi «yalqov oshqozon sindromi» atamasini taklif qilishgacha olib keldi va televideniyeda bunga qarshi dorilar ham reklama qilina boshlandi. Psixogen ko'ngil aynish ovqat bilan bog'liq bo'lmasligi, qusgandan so'ng ham qolmasligi, og'izda doimo achchiq ta’m bo'lishi va yegan ovqatining oshqozonga tushmay, tomog'ida tiqilib turishi bilan tavsiflanadi. Parhez, odatda, yordam bermaydi.
Psixosomatik buzilishlarning yana bir turi qabziyatdir. Gastroen- terologlarning fikriga ko'ra, qabziyatdan shikoyat qiluvchi bemorlarning deyarli yarmida ichak kasalliklari topilmaydi. Bunday bemorlar nevrolog yoki tibbiy psixolog tomonidan tekshirilganda, ularda ipoxondriya, depressiya va isteriya belgilari topiladi. Nevrozga chalingan bemorlar aksariyatining haftasiga zo'rg'a bir marta ichi keladi. Asab buzilishlarida qabziyat sabablarini turlicha tushuntirish mumkin: birinchidcin, bu bemorlarning aksariyati passiv, kam harakat bo'lishadi, sport bilan ham kam yoki umuman shug'ullanishmaydi; ikkinchidcin, ular ovqatlanish rejimini doim buzishadi va ko'proq uglevodlarni xush ko'rishadi; uchinchidcin, trankvilizatorlarni ko'p iste’mol qilishadi, ular esa ichaklar peristaltikasini susaytiradi. Shuningdek, doimiy ruhiy zo'riqishlarda ba’zan yo'g'on ichakda suyuqlikning so'rilishi kuchayishi aniqlangan. Bu esa qabziyatga olib keladi. Ichaklarda suyuqlik so'rilishining susayishi
203
esa ich ketishga sabab bo'ladi. Ich kelishning buzilishi simpatik va parasimpatik tonusning holatiga ham bog‘liq. Simpatik tonus oshganda peristaltika sekinlashib, atonik qabziyat, parasimpatik tonus oshganda esa peristaltika kuchayib, spastik qabziyatga olib keladi. Peristaltikaning kuchayishi nafaqat qabziyatga, balki diareyaga ham sabab bo'ladi.
Psixogen qabziyatlarda bemor doimo ichagida guldiragan tovushlarni eshitadi. Qorinning pastki qismi siqib og'riydi, ichi ko‘p gazga to‘lib yuradi. Hojatxonaga kirsa, asosan ichakdan yel chiqadi va axlati qo'yning axlatiga o‘xshab dumaloq-dumaloq bo'ladi, soatlab o‘tirsa-da, defekatsiyadan qoniqmaydi. Bemorning qorni palpatsiya qilib tekshirilganda (ayniqsa, spastik tarzdagi qabziyatlarda), yo‘g‘on ichakiaming qattiq, silindrsimon ekanligi aniqlanadi. Bemorlar ichi kelishini istab turli xil usullarni va dorilami qo'llab ko'rishadi. Ular, odatda, har qanday yangilikka ishonuvchan bo'lishadi.
Har qanday qabziyatda oshqozon-ichak sistemasida suyuqlikning so'rilishi va ajralishi buziladi. Normal holatda oshqozon-ichak sistemasida suyuqlikning o‘tish yo‘llari qanday bo'lishi 32-rasmda ko'rsatilgan.
Keyingi paytlarda «ichaklarni turli xil shlaklardan tozalaydigan» dorivor vositalar, ya’ni «ovqatga qo'shimcha vositalar» ko'p reklama qilinmoqda. Ularning ko'pchiligi foydali bo'lib, tarkibi ichak faoliyatini yaxshilovchi, organizm tonusini oshiruvchi moddalar va vitaminlarga boy. Ular chiroyli idishlarda ishlab chiqariladi va shunga loyiq etiketkalar yopishtiriladi. Bunday idishdagi dorilar, albatta, inson psixologiyasiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Lekin bunday vositalami iste’mol qilishdan oldin vrach bilan albatta, maslahatlashish zarur.
Xorij gazetalarining birida «Xorij dorilari biznikidan nimasi bilan afzal» nomli maqola chop qilindi. Unda jurnalistning savollariga klinik farmakolcg, professor javob beradi. U tana naroratini tushiruvchi va og'riq qoldiruvchi dorilar haqida shunday deydi: «Bu yaqin orada tez og'riq qoldiradigan va tana haroratini tushiradigan vosita hali kashf qilingani yo'q. Hammasi bundan yuz yil oldin kashf qilingan aspirinning o'zginasidir, faqat ular shakl\ rangi va ularga qo'shilgan xushbo'y hid taratuvchi bo'yoqlari bilan bir-biridan farq qiladi». U intervyusini quyidagi so'zlar bilan tugallaydi: «Aspirinni 10 sentga yoki 100 sentga sotib olish, albatta, bemorning o'ziga havola».
Bemorlarni davolashda juda ehtiyot bo'lish kerak. Ularga «Sizdagi qabziyat jahlingiz tez chiqishidan, ko'p ruhiy ezilishingizdan, mana bu tinchlantiradigan dorini ichsangiz, tuzalib ketasiz», degan bilan ish oson kechmaydi. Bu yerda platseboterapiya usulini qo'llashga to'g'ri keladi. Bizga bir bemor murojaat qilib: «Meni doimo qabziyat bezovta qiladi, avval terapevtlarda davolandim, ichaklaringni «shamollatibsan» deyishdi
204
Tushiah
Umumiy hajmi 9000 ml/sut
Tupuk
Ovqat
Ketish
1000 ml
100 ml
Do'stlaringiz bilan baham: |