Tibbiyot psixologiy asi



Download 0,96 Mb.
bet31/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Xotira mexanizmlari

Xotira bosh miyaning umumiy funksiyasi bo'lib, uni ta’minlashda deyarli barcha analizatorlar va miyaning barcha tuzulmalari ishtirok etadi. Tadqiqotchi olimlar fikricha, insonning asab tizimida sekundiga 3 mlrd.ga yaqin impulslar paydo bo'lib turadi. Shulardan 2 mlrd.ga yaqini miyaga ko'ruv analizatorlari orqali tushadi. Xotira mexanizmlari haqida juda ko'p ta’limotlar mavjud bo'lib, ularning deyarli barchasi xotira mexanizmlarining sirlarini to'la^to'kis ochib bera olmaydi.


90




Hozirgi kunda nuklein kislotalaming irsiy axborotni saqlash va irsiy belgilarni uzatishda tutgan o'rni beqiyosligi tasdiqlangan. Ayniqsa, RNK xotira jarayonida bevosita ishtirok etadi, uni ayrim olimlar spetsifik proteinlar ko‘rinishidagi nevronal tuzilmalar ichida o'rnashgan, deb hisoblaydilar. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, lipoproteinlar «xotira moddasi» sanaladi. Olimlar ana shu moddalarning mitoxondriyalar, yadrocha va hujayraning boshqa boMimlarida kuzatiluvchi fizik-kimyoviy xossalarini o'rganib, neyrondan keluvchi axborotga birinchi navbatda mitoxondriya ribonukleotidlari javob berishini isbotlashgan. Ma’lumot qabul qilingandan so‘ng neyronlarda turli xil kimyoviy o‘zgarishlar sodir bo'ladi, ya’ni hujayra yadrosi biologik faol bo‘lgan moddalarni sitoplazmaga otib chiqaradi. Shunday qilib, neyron axborotni qabul qilar ekan, shu zahotiyoq uni yodda qayta ishlab chiqadi. Olimlar fikricha, qabul qilinayotgan har qanday axborot sof kimyoviy jarayonlar hisobiga emas, balki hujayra yadrosi xromosomalari ayrim sohalari konfiguratsiyasining o‘zgarishi hisobiga yodda qoladi. Hozirgi vaqtda ilm-fan xotirani gistokimyoviy va geuetik tadqiq etish darajasiga yetdi. Bu istiqbolli yo‘nalishlardan biridir.
Taniqli neyroxirurg U. Penfild (1959) miya po‘st!og‘ini maxsus elektrodlar bilan ta’sirlantirib, xotira mexanizmlarini va uning patolo- giyasini o‘rgangan va qiziq ma’lumotlar to‘plagan. Tajriba paytida bemor avval bo‘lib o‘tgan, lekin unutib yuborgan voqealar haqida gapirgan va bular keyinchalik to‘g‘ri boiib chiqqan. Shuningdek, miya po‘stlog‘ining muayyan sohasiga elektr bilan ta’sir ettirilganda, bemorning xotirasida bir zamonlar cherkovga borgani tiklangan. Ana shu soha takroran ta’sirlantirilganda, yana xuddi shunday eslash paydo bo'lgan. Xotira izlari ana shunday faollashuvi miya po‘stlog‘ining o‘ng yoki chap chakka sohasi ta’sirlantirilganda sodir bo‘ladi.
Bu tadqiqotlar natijasida bosh miyaning chakka boMimlari xotira jarayonining asosini tashkil qiladi, degan fikr kelib chiqmasligi kerak, albatta. Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining ko‘pgina sohalari xotira jarayonida ishtirok etadi. A.R. Luriyaning (1959— 1973) xotirani o‘rganish bo‘yicha neyropsixologik tajribalari buni isbotlab bergan. Shuningdek, hayvonlarda chakka bo‘lakchasi olib tashlanganda, xotira buzilishlari ro‘y bermagan, ular o'rgatishga qobiliyatli bo‘lgan.
Bosh miyaning chap va o‘ng yarim sharlarining xotira va boshqa psixologik jarayonlarda ishtirokini alohida o‘rganish maqsadida Kaliforniyadagi texnologiya institutida mushuklarda qiziqarli bir tajriba o‘tkazilgan (R. Sperri, 1964). Mushuklarda ham ko‘ruv


91







в


18-rasm. Yarimsharlararo optik impulslami 0‘tkazish mexanizmlarini o'rganish uchun mushaklar bQan Sperri o‘tkazgan tajribalar (1964). A - bitta ko‘z bog‘Iiq bo‘lsa-da, impulslar xiazma orqali ikkinchi yarim sharga o‘tkaziladi; В - agar bir ko‘zni bog‘lab, xiazmani kesib qo‘ysa ham, impulslar targ‘il tana orqali ikkinchi yarim sbarga uzatiladi: V - bir ko‘zni bog‘lab, xiazma va targ‘il tana kesib qo‘yilsa, ko‘rnv impulslari ikkinchi yarim sharga o‘tmaydi, ya’ni bir ko'zdan qabul qilingan impuls miyaning o‘sha tomondagi yarim shariga tushadi, xolos.
impulslarini o'tkazuvchi xiazmaning ichki tolalari kesishgan bo'ladi va buning natijasida bir ko'zdan tushuvchi impulslar bosh miyaning ikkala yarim shariga ham uzatiladi (18-rasm, А, В, V). Shuning uchun bir ko'zni bog'lab qo'yib, ikkinchi ko'z orqali uzatilgan impuls ikkala yarim sharda ham qabul qilinadi (A). Tajriba xiazmaning ichki tolalari kesib qo'yilib o'tkazilganda ham, bitta ko'z orqali yuborilgan impulslar miyaning ikkala yarim sharida ham aks etgan. Chunki miyaning birinchi yarmiga tushgan ko'ruv impulslari qadoqsimon tana orqali uning ikkinchi yarmiga uzatiladi (B). Keyin tajriba xiazmani ham, qadoqsimon tanani ham kesib qo'yib o'tkaziladi. Buning natijasida birinchi yarim sharga uzatilgan ko'ruv impulslari ikkinchi yarim sharga o'ta olmaydi (V). Demak, qadoqsimon tana orqali


92




axborotlar bir yarim shardan
ikkinchisiga o’tib, bosh miya
po‘stlog‘ida xotira izlarini qoldirar ekan.

Shunga o'xshash tajribalar
maymunlarda ham o'tkazilgan. Ularda
o‘ziga xos «shaxsiyatning ikkiga
bo'linishi» yuz bergan. Ushbu tajriba
o‘tkazilgan maymun bir ko‘zi bilan ilonga
qarab turib, undan qo‘rqqan bo‘lsa,
ikkinchi ko‘zi uni ko'rganda, qo'rqmay
qarab turavergan.

Xotiraning keskin buzilishi gippokamp
va so‘rg‘ichsimon tana zararlanishlarida
ham yaxshi o‘rganilgan. Gippokamp ikki
tomoniama olib tashlangan bemorga bir
necha topshiriqni eslab qolish taklif

etilganda, ularni osongina esda saqlagan. Lekin bir necha daqiqa o'tgach,
ularni mutlaqo unutib yuborgan.

Ko'ruv do'ngligi (talamus) ga qon quyilgan N. ismli bemor 7 yil mobaynida kuzatuvimizda bo'lgan (Z.R. Ibodullayev, 2001-2007). U insultdan so'ng voqea va hodisalarni tez fursatda unutadigan bo'lib qolgan edi, ya’ni u hozirgina bo'lib o'tgan voqealami 5-10 daqiqa o'tgach, mutlaqo unutib yuborardi. Insult bo'lguniga qadar yuz bergan barcha voqealarni esa eslab, batafsil so'zlab bersa-da, uni 5 yildan buyon nazorat qilayotgan vrachning yuz tuzilishi, yoshi, ismi va berilgan tavsiyalarni esida saqlab qolmasdi. Bemordan 5-10 daqiqadan so'ng vrach uni qanday tekshirgani va nimalar degani so'ralsa, hech birini aytib bera olmasdi, ya’ni axborot tezda unutilardi. Bu holat Korsakov amneziyasining bir klinik ko'rinishidir. Bemor bosh miyasining kompyuter tomografiyasi 19-rasmda keltirilgan.
Xotira jarayonini ta’minlashda po'stloq osti tuzilmalarining ham roli katta. Odam miyasiga oltindan tayyorlangan elektrodlarni chuqur joylashtirib, xotira muammosiga doir bir qator qiziqarli qonuniyatlarni ochib berishgan. Tajribalarda ko'rsatib berilishicha, odamning miyasi ma’lum bir vaqt ichida faqat bitta, muayyan faoliyat bilan mashg'ul bo'ladi. Ko'pgina tajribalarga asoslanib, po'stloq osti tuzilmalarining xotirada axborotni ushlab turishida talamusning ventral yadrosi, oq shar va dumli yadro ishtiroki aniqlangan.
Umuman olganda, xotira mexanizmlarini o'rganishga doir turli xil nazariya va yondashuvlar mavjud, lekin ular yetarli darajada mukammal emas.






Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish