Erkaklarda klimakterik sindrom
Erkaklar klimaksi ayollar klimaksi kabi normal fiziologik jarayondir va u organizmda qarish davri boshlanganidan dalolat beradi. Erkaklar klimaksi hech qanday subyektiv va obyektiv simptomlarsiz kechishi mumkin. Agar klimaks 45 yoshgacha kuzatilsa - erta, 60 yoshdan so'ng kuzatilsa - kech klimaks, psixonevrologik, kardiologik, urologik va boshqa somatik buzilishlar bilan namoyon bo'lsa, patologik klimaks hisoblanadi. Erkaklarda 40-70 yoshlar orasida jinsiy bezlarda atrofik jarayonlar boshlanadi va androgenlar sintezi pasaya boshlaydi. Urug'donlarning testosteronga sezgirligi pasayadi, moyakda degenerativ o'zgarishlar yuzaga keladi. Jinsiy a’zolardagi yallig'lanish kasalliklari, ayniqsa, giperplastik jarayonlar, surunkali alkogolizm, kastratsiya, yurak- qon tomir sistemasi kasalliklari klimaksning patologik tarzda kechishiga turtki bo'lishi mumkin.
Erkaklar klimaksida ham qizib ketishning yog'ilib kelishi, yuz va qo'llarning qizarishi, taxikardiya, ko'z oldi qorong'ilashuvi, nafas yetishmovchiligi, bosh aylanishi kuzatiladi. Albatta, bu jarayonlar kayfiyatning tushib ketishi, jahlning tez ko’tarilishi, arterial qon
328
bosimning oshishi, bosh hamda yurak sohasidagi og'riqlar bilan kechadi. Bu davrda prostata bezi adenomasi ko‘p kuzatilganligi sababli siydik ajratish sistemasi va jinsiy a’zolar faoliyatining buzilishini ko‘rsatuvchi bir qator simptomlar yuzaga keladi. Siydik yo‘llaridagi og'riqlar, siyishning qiyinligi, jinsiy faoliyatning susayishi shular jumlasidandir.
Erkaklar klimaksi ayollarnikiga qaraganda yengil kechadi. Biroq erkaklar klimaksi klinikasida ham ruhiyat va hissiyotning buzilishlari asosiy o‘rin tutadi. Bular arzimagan sababdan jahl chiqishi, qo'rquv, bezovtalanish, uyqu va xotira buzilishlaridir. Terida ajinlar paydo bo'ladi, mushaklar bo'shashadi, jismonan va ruhan tez charchash paydo bo'ladi. Odatda, erkaklar klimaksi 2-5 yil davom etib, so'ng simptomlar sekin- asta qayta boshlaydi.
Davolash. Erkaklar klimaksini davolash ham ayollar klimaksini davolashdagi kabi kompleks tarzda olib boriladi, ya’ni psixoterapiya, antidepressantlar, trankvlizatorlar, sedativ dorilar, simptomatik davo, fizioterapiya, jismoniy tarbiya, sihatgohlarda davolanish. Gormonlardan androgenlar (metiltestosteron, testosteron, sustanon) klimaks og'ir kechgan holatlarda, qo'shimcha tarzda esa jinsiy faoliyatni kuchaytiruvchi dorilar tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |