Tibbiyot psixologiy asi



Download 0,96 Mb.
bet123/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Vazomotor buzilishlar:

  • birdan qizib ketish (yuz va boshda);

  • terga botish, muzlab ketish;

  • bosh og'riqlar, bosh aylanishlar;

  • arterial gipo yoki gipertoniya;

  • taxikardiya, nafas yetishmasligi;

  • oyoq-qo'llar uyushishi, og'riqlar.

  1. Urogenital buzilishlar:

  • qin namligining yo'qolishi, ya’ni qurib qolishi;

  • jinsiy yaqinlik paytida og'riqlar;

  • qinning qichishishi, achishishi;

  • tez-tez siyish, nikturiya;

  • ba’zan siydik tuta olmaslik;

  • qin devorining tushishi.

  1. Terida kuzatiladigan o'zgarishlar:

  • terming qurishi;

  • timoqlar sinishi;

  • soch tushishi;

  • ajinlar paydo bo'lishi.

  1. Endokrin buzilishlar:

  • semirish;

  • osteoporoz;

  • qandli diabet;

  • qalqonsimon bez faoliyati buzilishlari;

  • mastopatiya;

  • bo'g'im va mushaklardagi og'riqlar.

Klimakterik sindrom uchun o'ta xos bo'lgan belgi (90-95 foiz) birdan qizib kctishdir. Bir kunda bir necha marotaba kuzatiladigan bu simptomning davomiyligi 1-2 daqiqadir. Tananing yuqori qismi, ayniqsa, yuz va bosh to'satdan qizib ketadi va bu holat darrov o'tib ketadi. Bu paytda bemorni kuchli ter bosadi, terisi qizib ketadi, yurak urishi tezligini


323




ba’zan sanab bo'lmay qoladi, ya’ni u bir daqiqada 150 dan oshib ketishi mumkin. Kuchli taxikardiya bilan birgalikda arterial qon bosim ham oshib ketadi. Xafaqon kasali bor bemorlarda arterial qon bosim 200/100 mm.sim.ust. va undan yuqorigacha ko'tarilishi mumkin. Bu xurujning boshlanishiga ozgina ruhiy siqilish ham sabab bo'lishi mumkin. Klimakterik sindromda birdan qizib ketish simptomi gipotalamusning termoregulyator faoliyati buzilishi bilan tushuntiriladi. Ba’zan klimakterik xurujni stenokardiya xuruji bilan farqlashga to‘g‘ri keladi, chunki yurak sohasida ham og'riqlar kuzatiladi. Klimakterik sindromda kardialgiyaning kuzatilishi kardiomiotsitlarda moddalar almashinuvining buzilishi va simpatik irritatsiyaning kuchayishi bilan bog'liq, deb hisoblanadi. Odatda, klimakterik sindrom mavjud yurak ishemik kasalligini kuchaytiradi.
Menopauzadan so'ng organizmning immunologik qarshiligi pasayishi sababli mavjud surunkali kasalliklar qo'zg'alishi mumkin. Bemorning yuqori nafas yo'llarida o'tkir respirator infeksiyalarga o'xshash holatlar tez-tez kuzatiladi. Ular sal sovuqda ham tez-tez «shamollab» qolishlari mumkin. Shuningdek, surunkali bronxit, vazomotor rinit, konyunktivit, stoma tit, laringit, astma va shu kabi boshqa allergik hamda teri kasalliklari qo'zg'aladi. Klimakterik sindromda estrogenlar miqdorining pasayishi ichki a’zo va sistemalarning turli patologik holatlarga chidamliligini pasaytiradi, ular tashqi va ichki ta’sirotlarga sezgir bo'lib qoladi. Natijada, ichki a’zolar sohasida, ayniqsa, Zaharin-Xed sohalarida achishtiruvchi og'riqlar paydo bo'ladi.
Menopauzadan so'ng jinsiy va siydik ajratish a’zolari to'qimalarida atrofik jarayonlar davom etadi va bunday holat ham estrogenlar miqdorining pasayishi bilan bog'liqdir. Bachadon va sut bezlarida o'smaga o'xshash holatlarning paydo bo'lishi, buyrak va bachadon sohasida og'riqlar, siydikning achishib chiqishi, tez-tez siyish (ayniqsa, tunda) va libidoning so'nishi klimakterik sindromning barcha turlarida kuzatiladi. Estrogenlar yetishmovchiligi nafaqat jinsiy a’zolar faoliyatiga, balki boshqa to'qimalarga ham jiddiy salbiy ta’sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham teri quriy boshlaydi va yupqalashadi, ajinlar paydo bo'ladi, tirnoqlar mo'rtlashadi, soch to'kiladi.
Klimakterik sindromda ruhiyat va hissiyotning buzilishlari turli-tuman bo'lib, ular bemorning temperamenti, oilada va jamiyatda tutgan o'mi, yillar mobaynida shakllanib qolgan xulq-atvori, asab kasalliklari va ruhiy buzilishlar mavjudligiga bog'liq. Klimakterik sindrom xurujlaridan so'ng ba’zi bemorlarda depressiya, xavotir va apatiya alomatlari, boshqa birlari- da esa agressiv holat kuzatiladi. Bu holatlar, albatta, yig'Ioqilik. qo'rquv va uyqu buzilishlari bilan namoyon bo'ladi. Ular har xil hidlar. yorug'lik


324




va tovushlarga sezgir bo'lib qolishadi, bu narsalar ulami asabiylashtiradi. Bemor klimakterik xurujlardan so'ng ortiqcha shovqin-suronlardan qochib, tinch va qorong'i xonada dam olishga intiladi.
Kechishi. Klimakterik sindromning kechishi, asosan, uning qachon va qanday boshlanganligi, kasallik darajasi va albatta, yo'ldosh kasalliklarning mavjudligiga bog'liq. Ayniqsa, asab sistemasi hamda yurak-qon tomir kasalliklari, surunkali infeksiyalar klimakterik sindromning kechishiga salbiy ta’sir ko'rsatadi, uning uzoq vaqt davom etishi va asoratlar bilan kechishiga sabab bo'ladi. Shu bilan birga, klimakterik sindrom ham somatik kasalliklarning kechishini og'irlash- tiradi. Ma’lumotlarga ko'ra, klimakterik sindromning deyarli yarmi turli xil asoratlar bilan kechadi. Bu asoratlar ateroskleroz va yurak ishemik kasalligining zo'rayishi, gipertonik xurujlarning qo‘zishi, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishlari bilan namoyon bo'ladi. Oshqozon-ichak faoliyatining buzilishlari anoreksiya, og'riqlar, meteorizm va diareya bilan namoyon bo'ladi.
Klimakterik sindrom kechishi darajasiga qarab, yengil, o‘rtacha va og‘ir turlari farq qilinadi. Ularni farqlash, asosan, klimakterik xurujlarning soniga qarab belgilanadi. Agar birdan qizib ketish xuruji kuniga 10 martagacha kuzatilsa - yengil, 10-20 martagacha kuzatilsa - o‘rtacha, undan ko'p kuzatilsa - og‘ir kechishi deb yuritiladi. Klimakterik sindromning yengil kechishi deyarli 20 foiz, o'rta darajada kechishi 30 foiz va og'ir kechishi 50 foizni tashkil qiladi. Albatta, mutaxassislarning ma’lumotlari bir-biridan biroz farq qiladi, ammo aksariyatida klimakterik sindromning har ikkinchi bemorda og'ir kechishi ta’kidlanadi.
Klimakterik sindromning yengil kechishida bemorning umumiy ahvoli qoniqarli, somatik buzilishlar kam kuzatiladi, biroq uning jismoniy va aqliy mehnat faoliyati biroz susaygan bo'ladi. Sindromning o'rtacha turida neyrovegetativ, somatik va endokrin buzilishlar kuchliroq bo'ladi. Bemorda bosh og'riqlari, bosh aylanishi, yurak urishlari, uyqu va xotira buzilishlari, tananing turli joyida og'riqlar, oshqozon-ichak faoliyati buzilishlari kabi simptomlar aniqlanadi. Sanab o'tilgan ushbu barcha belgilar kuchli darajadagi xavotirli-depressiya buzilishlar bilan kechadi. Bular bemorning mehnat va hayot faoliyatini keskin pasaytiradi.
Klimakterik sindromning og'ir kechishida xurujlar sonidan tashqari, kuchli darajada va asoratlar bilan kechuvchi somatik buzilishlaming ham o'rni katta. Kasallikning og'ir turida bemorlarga uy sharoitida bir kunda bir necha bor tez tibbiy yordam ko'rsatish va aksariyat hollarda shifoxonaga joylashga to'g'ri keladi. Ular ko'pincha paroksizmal taxikar- diya, arterial gipertoniya va yurak ishemik kasalligi xurujlari tashxislari bilan kardiologiya bo'limiga yotqiziladi. Odatda, klimakterik sindrom


325




qancha erta boshlansa, shuncha og‘ir kechadi va uzoq davom etadi. Masalan, 40-45 yoshgacha kuzatilgan menopauzalarda kasallik shunday kechadi. Albatta, bu davr mehnat faoliyati davri bo'lganligi sababli ham kasallikning og'ir kechishi bemorlarni ishga layoqatsiz qilib qo'yadi. Xurujlar tez-tez takrorlangani sababli bemorning yaqinlaridan biri uni parvarish qilish uchun uyda qolishga majbur bo'ladi.
Diagnostikasi. Klimakterik sindromi bor bemorlar zarur mutaxassislar va bir qancha tekshiruv muolajalaridan o'tishlari zarur. Ayniqsa, ginekolog, endokrinolog, nevropatolog, kardiolog va albatta, psixolog ko'riklari zarur bo'ladi. Umumiy amaliyot shifokori esa klimakterik sindromni to'g'ri aniqlash uchun mutaxassislar tekshiruvlarini tashkil qilishi va ulaming xulosalaridan so'ng bemomi davolashni o'z nazoratiga olishi zarur.
Tashxisni to'g'ri aniqlash uchun umumiy amaliyot shifokori quyidagi tekshiruvlarni tashkillashtiradi: mutaxassislardan terapevt, ginekolog, nevropatolog, endokrinolog, mammolog, urolog va zaruratga qarab boshqa mutaxassislar ko'rigim; paraklinik tekshiruvlardan EKG, EEG, kraniogramma yoki gipotalamo-gipofizar sohani ko'rish uchun kompyuter tomografiya, arterial qon bosim monitoringi ichki tos a’zolarini ultratovush tekshiruvlar, mammografiya, laborator tekshiruvlardan elektrolitlar, qand miqdori, gormonlar (estrogen, progesteron, qalqonsimon bez gormonlari) tekshiriladi. Shuningdek, atipik hujayralami aniqlash uchun sitologik tekshiruvlar ham o'tkaziladi.
Davolash dasturi. Tashxis to'g'ri aniqlangandan so'ng uning kechishiga mos ravishda davolash dasturi ishlab chiqiladi. U bir nechta bosqich va muolajalardan iborat bo'lib, kompleks tarzda olib borilsa, ijobiy natijaga erishish oson bo'ladi. Bular:

  1. mehnat va dam olishni to'g'ri tashkil etish;

  2. ratsional ovqatlanish;

  3. ratsional psixoterapiya;

  4. psixofarma-koterapiya (antidepressantlar, trankvlizatorlar, sedativ vositalar, ba’zan neyroleptiklar);

  5. fizioterapevtik muolajalar va jismoniy tarbiya;


  6. Download 0,96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish