Tibbiyot psixologiy asi


Hayz buzilishlarida ayollar psixologiyasi



Download 0,96 Mb.
bet120/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Hayz buzilishlarida ayollar psixologiyasi

Ayollarda o'tkir va surunkali ruhiy siqilishlar aksariyat hollarda hayz buzilishlariga olib keladi. So'nggi yillarda qizlarda hayz ko'rishning barvaqt kelishiga e’tibor qaratilmoqda va bu vaziyatni hayot tarzining gurkirab o'zgarib kelayotgani hamda ruhiy va jismoniy rivojlanish orasidagi nomutanosiblik bilan bog'lashadi. Psixologlar qizlarda seksual faollikning erta shakllanishiga matbuot sahifalarida va intemetda intim hayotga bog'liq ma’lumotlarning ko'payib borayotgani ham sabab bo'layotganiga katta urg'u berishadi.
Hayz ko'rishning buzilishlari ichida amenoreya alohida o'rin tutadi. Amenoreyaga oid dastlabki ma’lumotlar va uning ruhiyatga bog'liqligi ikkinchi jahon urushi davrida aniqlangan. Urush davrida hayoti xavf ostidagi ayollarda hayz kelishi uzoq vaqt to'xtagani kuzatilgani yozib qoldirilgan. Shu davrda mutaxassislar amenoreyani ginekologik kasalliklar emas, balki ruhiy buzilishlar va xavotir sababli kelib chiqishini bir necha ayollarda kuzatishgan hamda turmush o'rtog'i urushga ketib halok bo'lgan ayollarda ham amenoreya kuzatilishi ushbu holatning ruhiyat buzilishi bilan bog'liqligini ko'rsatgan.
Stress asri deb atalmish XXI asrda amenoreya eng ko'p uchraydigan patologik holatlardan biridir. Ayniqsa, oiladagi doimiy janjallar, farzand bo'lmasligi, ishdagi kelishmovchiliklar hayz kelishining buzilishiga sabab bo'ladi. Mutaxassislarning fikricha, ayniqsa, xavotir bilan kechuvchi ruhiy-hissiy buzilishlar amenoreyaga olib kelishi mumkin. Demak, amenoreya nevrozning bir klinik ko'rinishidir.

  1. Hayz oldi sindromi

Hayz kelishidan oldin ruhiy-asabiy, vegetativ, endokrin va somatik buzilishlar kuzatilishi mumkin. Ushbu buzilishlar umumiy vegetonevroz ko'rinishida namoyon bo'lib, ba’zi mutaxassislar uni hayz kelishi bilan bog'lashmaydi. Demak, hayz oldi sindromi deb atalmish affektiv buzilishlar mavjudligini vrachlar doimo yodda tutishi lozim. Ushbu belgilar hayz kelgandan so'ng yoki tugagach, o'tib ketadi. Nevrotik belgilarga boy hayz oldi sindromi ayol kishining ish faoliyati, o'qishi va shu kabi faol hayot tarzini talab qiluvchi vaziyatlarga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Bunday paytlarda u o'qish yoki ishga borgisi kelmaydi, uy yumushlarini tashlab qo'yadi, umumiy holsizlik kuzatiladi, apatiyaga tushadi, hech kim bilan gaplashmay uyda yotgisi keladi. Ba ’zan vrachlar e’tiboridan ham chetda qoladigan bu holat oila a’zolari tomonidan noto'g'ri qabul qilinishi va turli xil mojarolarga sabab bo'lishi mumkin.


320




Hayz oldi sindromi ruhiy-hissiy buzilishlar qo‘zg‘ashi mumkin. Masalan, depressiyaga moyil ayollarda depressiya, bosh og'riqqa moyillarda bosh og‘rig‘i, yurak qon-tomir kasalliklariga moyillarda kardialgiyalar, oshqozon-ichak sistemasi kasalliklariga moyil ayollarda psixosomatik buzilishlar kuzatilishi mumkin. Bosh og'riq bilan keladigan sindromlarda hayz migreni alohida o‘rin tutadi. Bunda hayz yaqinlashgan sayin migren xurujlari kuchayib kelaveradi, hayz tugagandan so‘ng o‘tib ketadi. Shuningdek, o‘z-o‘zidan yig'lash, fikrlarning chalg‘ib ketishi, parishonxotirlik, xavotir, uyquchanlik, kardiofobiya, ko‘krak uchi va elektrolitlar almashinuvining buzilishi hisobiga bo‘g‘imlarda og'riqlar, oyoq- qo'lning shishishi, qabziyat hamda boshqa psixosomatik buzilishlar kuzatiladi. Hayz oldi sindromi faqat monosimptomlar bilan ham namoyon bo'lishi mumkin, masalan, bosh aylanishi sindromi bilan. Buning asl sababi neyroregulyator buzilishdir, buni ba’zan shifokorlar kamqonlik bilan ham bog'lashadi.
To'g'ri yig'ilgan anamnez va bemorning shikoyatlari xronologiyasi hayz oldi sindromini aniqlashni osonlashtiradi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan sindromlar hayz kelishidan 5-6 kun oldin kuchayib, hayz boshlanishi bilan keskin kamaya boshlaydi yoki butunlay o'tib ketadi. Aynan mana shu holat hayz oldi sindromini to'g'ri tashxislashga yordam beradi.


  1. Download 0,96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish