Tibbiyot psixologiy asi



Download 0,96 Mb.
bet33/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

%




qo!di: ilgi\n: 50 yoshdan oshgan Ch. Darvin xizmatkoriga o'zi yozgan «Turlarning kelib chiqishi haqida»gi asarini o'qishni buyuradi. Ch. Darvin tinglashga berilib ketib, shunday degan: «Qiziq, qiziq, buni qarang-a, juda yaxshi, bu asarni kim yozgan ekan-a?» deb yuborgan. Ch. Darvinda xotira hammavaqt ham zaif bo'lgan, lekin uning alloma bo'lib yetishishiga bu xahqit bermagan. Shu bilan bir vaqtda aqlan zaif, lekin xotirasi kuchli odamlar ham bo'ladi, ammo bunday xotira mantiqiy emas, ko'proq mexanik xotira hisoblanadi.
Ommabop adabiyotlarda xotirasi o'ta kuchli bo'lgan odamlar ta’riflangan. A.R. Luriya oddiy ishda ishlaydigan, biroq xotirasi juda kuchli bir odamni deyarli 20 yildan ortiq kuzatgan. U bir necha yil oldin yuz bergan voqealarni mayda-chuyda tafsilotlarigacha eslab qolib, batafsil aytib bera olgan. Masalan, uni tekshirayotgan olim qanday shimda bo'lgan, xonaning qaysi burchagida qanday narsalar bor edi, ob-havo qanday bo'lgan va bemor qanday uslubda tekshirilgan? U kishining aql-zakovati oddiy odamlarnikidek bo'lgan, uncha murakkab bo'lmagan matematik masalalarni yecha olmagan, lekin har qanday uzunlikdagi sonlarni, betartib joylashtirilgan harflarni va murakkab formulalarni bem;tlol yodlab qola olgan. Uni ogohlantirmasdan turib so'ralgan har qanday ma’lumotni 10-20 yildan so'ng ham bemalol aniq aytib bera olgan. A.R. Luriya bu tajribalarni doimo daftarga qayd qilib borgan, lekin u kishidagi noyob iste’dodni tushuntirib bera olmagan. Bu xotiraning egasi axborotni obrazlarning butun bir majmui holida eslab qolgan. Bunday xotira «sinesteziya» nomini olgan. Ko'pincha, musiqa asarlarini yaratish ana shu qobiliyatga asoslangan bo'ladi.

  1. Esda saqlash va qayta esga tushirish

Xotira «ombori» ixtiyoriy va ixtiyorsiz eslab qolish zaxirasi bilan mudom to'lib boradi. Keyinchalik ana shu materiallar esda saqlanib qoladi. Esda saqlanib qolgan ma’lumotlar ma’lum darajada o'zgarishga uchraydi. Ko'pgina obyektlar va voqealar esa uzoq vaqt va hatto, umr bo'yi xotirada qoladi. Aytib o'tganimizdek, eslab qolish unutish bilan uzviy bog'liqdir. Axborotlaming yoddan ko'tarilishi ma’lum darajada foydalidir, chunki u xotirani keraksiz ma’lumotlardan xalos etadi. Aytaylik, kishi o'z majburiyatlarini unutib yuborsa, bu shubhasiz, uning ishga bo'lgan munosabatini bildiradi. Ayni vaqtda ruhan sog'lom kishi muhim va unga yoqadigan voqea haqida xabar olib, uni unutib yuborishini tasavvur etish qiyin,


97




albatta. Xuddi shu sababga ko‘ra bizni qiziqtirgan odamlarning ismi- sharifi osongina esda qoladi, qiziqish bo‘lmagan taqdirda bu ismlarni eslab qolish juda qiyindir.
Qayta esga tushirish asosida miyada saqlanib qolgan xotira izlarining faollashuvi yotadi. Sog‘lom odamda konkret sharoitda unga zarur bo'lgan axborot yodda tiklanadi, qolgan ma’lumotlar xotira zaxirasida to‘planib yotadi va zarur paytda qayta tiklanadi. Yaxshi eslab qolingan ma’lumotlar yodda tez tiklanadi. Qayta esga tushirish organizmning umumiy holatiga va insonning ruhiy salomatligiga ham bog‘liq.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz eslab qolish kabi esga tushirishning ham ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari farq qilinadi. Ixtiyoriy esga tushirish insonning ish faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Ixtiyoriy esga tushirish insonning irodasi, fikrlash qobiliyati va ruhiy salomatligiga bog‘liq. Ixtiyorsiz esga tushirish esa insonning xohishiga bog'liq bo‘lmagan holda xotirada qolgan izlaming qayta tiklanishidir.
Endi unutish mexanizmlari bilan tanishib chiqamiz. Unutish xotira jarayonlari bilan bog'langan bo‘ladi. Odam nega unutadi? «Unutish» atamasi ilmiy atama hisoblanmaydi, chunki bu so‘z axborot xotiradan o'chgan, degan ma’noni beradi. Axborot xotirada avvalgidek saqlanishi mumkin, uni odam bir qator sabablarga ko‘ra eslay olmaydi. Shu bois «unutish» atamasi psixologiyada ikkita hodisani anglatadi: axborotning xotiradan o‘chishi va xotiradan axborotni topa bilmaslik. Masalan, vrach biron-bir dorini bir necha yil mobaynida bemorlarga tavsiya qilib keldi va bu dorining dozasi unga yod bo‘lib qolgan. Endi vrach bu dorining o'rniga boshqa bir yangi dorini tavsiya qila boshladi va buning oqibatida awalgi dorining dozasini unutib yubordi. Xotirada yangi axborot go‘yoki eski axborotdan «bo‘shab» qolgan joyni egalladi. Bu unutishning birinchi sababi. Bu axborot yana qayta tiklanishi mumkin, masalan, meditatsiya va trans holatlarida.
Hozirgi kunda olimlar bolalarda uzoq muddatli xotira qaysi yoshdan boshlab ishlay boshlashini aniq aytib berishga qiynaladilar. Faraz qilinishicha, bu jarayon 2-2,5 yoshdan boshlanadi. Bu yoshgacha bo'lgan hamma narsalar xotiradan o'char ekan yoki umuman soxta xotiralarda saqlanar ekan.
Xotira jarayonida fikrlash bevosita ishtirok etadi. Vrach bemorni tekshira turib uning shikoyatlarini eshitadi, kasallik anamnezini yig'adi. Kasallikning xos belgilarini aniqlashda adashib qolmaslik uchun avval boshidan kechirgan kasalliklari bilan fikran solishtiradi. Bu holat vrachga kasallikning asl mohiyatini topib olishga yordam beradi. U bemorga yordamchi savollar berib, kasallik to‘g‘risida o'ziga zarur ma’lumotlarni yig'ib oladi. Chunki vrachning fikri tashxisni to‘g‘ri qo'yisnga qaratilgan




boiadi. Vrach bemorning kasali haqida ma'lumot to'plagan sayin ko‘p ziddiyatlarga duch kelishi mumkin. Uning miyasida turli tashxislar paydo bo'ladi va nihoyat, ularning bittasida to'xtaladi. Biz bu misol bilan xotira jarayoni qanday qilib fikrlash jarayoni bilan chambarchas bog'lanib ketganligini ko'rsatdik. Bu holat ma’lumotlarni eslab qolish va esga tushirishda muhim ahamiyatga ega.

  1. Xotira patologiyasi

Organizmda kechadigan turli xil kasalliklar xotira buzilishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, asab sistemasining kasalliklari va ruhiy xastaliklar, serebral ateroskleroz, alsgeymer kasalligi, toksik ensefalopatiyalar, surunkali alkogolizm, xurujlar bilan kechuvchi gipertoniya va bir qator degenerativ kasalliklarda xotira buzilishlari ko'p kuzatiladi. Umuman olganda, bosh miyadagi integrativ jarayonlarga salbiy ta’sir ko'rsatuvchi har qanday kasallik xotiraning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bunda, ayniqsa, eslab qolish keskin pasayadi.
Xotira buzilishlari ichida konfabulyatsiya (soxta xotira) lar alohida o'rin tutadi. Bunda bemor voqealarni real shaxsiy hayotda boshidan kechirgandek tuyuladi, masalan, hoshqa odamlarning tajribasini. Bu holat peshona sohasi zararlanganda va og'ir ruhiy kasalliklarda ko'p uchraydi. Quyidagi misol bunga yaqqol dalil bo'la oladi. Bosh miyaning oldingi arteriyasi sohasiga qon quyilgan bemorda konfabulyatsiyaning yaqqol belgilari namoyon bo'ladi. Bemordan «Kecha nimalar qildingiz?» deb so'ralganda, u shunday deb javob beradi: «Men kecha doktorga bordim,
и yerda menga ukollar qilishdi, so ‘ng bir tanishimnikidci mehmon bo ‘Idim, и meni uyga olib kelio qo ‘ydi va hokazo». Aslida esa bemor uyidan kasalligi sababli hech qayoqqa chiqmagan, chiqa olmasdi ham. U bemor yana yemagan ovqatini yedim, deydi yoki yegan bo'lsa-da, yana ovqat so'raydi va to'yganini bilmaydi.
Xotira buzilishining eng ko'p uchraydigan turi amneziyadir. Xotiraning yo'qolishiga amneziya deyiladi. Uning quyidagi turlari bo'ladi. Anterograd amneziya - bemor kasallik rivojlangan paytdan boshlab hech nimani eslay olmaydi. Retrograd amneziyada bemor kasallikdan oldin bo'lgan voqealami unutib qo'yadi. Chunonchi, bemor avtomashina halokatida kalla suyagi shikastlangani uchun halokat haqida ham, unga sabab bo'lgan safar to'g'risida ham hech nimani eslay olmaydi. U turar joyi, qayerda ishlashi va kasbini ham unutib yuboradi, uylanganini eslasa-da, lekin rafiqasi kim, bolalari nechta va ularning ismlarini aytib bera olmaydi.


99




Halokatdan so‘ng biroz vaqt o‘tgach, yuz bergan voqealarni birin- ketin eslay boshlaydi. Bosh miyasi qattiq jarohatlangach, xotirasi umuman yo'qolganlar ham bo‘ladi. Bunday paytlarda xotirani gipnoz yo'li bilan qayta tiklash mumkin.
Retrograd amneziyaga uchragan bemorlar «o‘tmishsiz odamlar»dir. Bu mavzu badiiy adabiyot va kinofilmlarda o‘z aksini topgan. Retrograd va anterograa amneziy a laming birgalikda kuzatilishiga anteroretrograd amneziya, xotiraning patologik tarzda kuchayishiga gipermneziya deyiladi va bu holat asosan ruhiy kasalliklarda, ayniqsa, shizofreniya kasalida ko‘p uchraydi.
Xotira buzilishining yana bir turi bu psevdoreminitsensiyadir. Bunda bemor xotirasidagi axborotning unutilgan joyini oldin bo'lib o‘tgan hodisalar bilan to'ldiradi. Masalan, shifoxonada bir necha kundan beri davolanayotgan bemor «Men kecha konsertga tushdim», deydi. Haqiqatan ham bemor konsertga tushgan, lekin boshqa vaqt. Psevdoreminitsensiya ham soxta xotiradir. Ba’zan ruhiy sog'lom kishilarda ham xuddi shunday hodisa ro‘y berib turadi, ya’ni odamning o‘ngidagi kechinmalar va tushida ko‘rgan voqealar orasida aniq-ravshan chegara o‘chib ketadi. Bunda tushdagi voqealarni haqiqatda ro‘y bergandek, odam ongida to‘laligicha yoki qisman singib qoladi, yoki real voqealar tushida ko‘rgandek tuyuladi.

  1. Diqqat va xotirani tekshirish usullari

Diqqatni tekshirish usullari. Diqqatni tekshirish usullari ko‘p bo'lib, uni quyidagi sinamalardan boshlash mumkin. Agar talabalar xonada 2­3 kundan oshiq dars o'tayotgan bo'lishsa, ularning diqqatini yakka tartibda tekshirish mumkin. Sinov talabalami ogohlantirmasdan to'satdan o'tkaziladi. Buning uchun talabalardan bittasiga quyidagi savol bilan murojaat qilinadi: «Orqaga o'girilmasdan aytingchi, ushbu xonaning orqa tomonida nimalar bor?» yoki talabaning ko'zi bog‘lanadi va undan ushbu xonada nimalar bor, ulaming soni nechta, ular qayerda va qay tartibda joylashganligi so'raladi. Sinaluvchi bergan to‘g‘ri javoblar soni qancha ko‘p bo‘lsa, demak uning diqqati shuncha o‘tkir bo'ladi.
Diqqat o‘tkir!igi va tezligini tekshirish usuli. Sinalayotgan talabaga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi. Bu sinamani 2 xil variantda yoki 2 bosqichda o'tkazish mumkin:

  1. talabaning ko'zi bog'lanadi va u savollarga javob berib boshlaydi;

  2. talabaga xonadagi narsalarga bir ko'z yugurtirib (5 soniya) keyin savollarga javob berish buyuriladi. Talaba tez-tez javob berishi kerak. Agar sinama bir nechta talabada o'tkazilsa, kimning diqqati


100




o'tkirroqligini aniqlash uchun sekundomerdan foydalaniladi. Barcha talabalardan bitta xonada sinamani o'tkazish mumkin emas, chunki ular xonadagi narsalarni yodlab olishi mumkin. Diqqat charchab qolmasligi uchun hazil-mutoyibali savollar ham bo'lishi kerak. Masalan:

  1. Xonada nechta stul bor?

  2. Nechta stol bor?

  3. Xonadagi qizlarning qo‘li nechta?

  4. Xonadagi stollaming oyog‘i nechta?

  5. Nechta talaba oyna oldida o'tiribdi?

  6. Xonada nechta chiroq yonib turibdi?

  7. Stol ustida nechta kitob turibdi, nechtasi ochilgan?

  8. Nechta talaba galstuk taqib kelgan?

  9. Chap tomonda o'tirgan talabalarning barmoqlari qancha?

  10. Nechta qiz shimda kelgan?

Shu va shunga o'xshash sinamalardan keyin quyidagi sinamalarni o‘tkazib boshlash mumkin.

  1. Burdonning korrektura sinamasi. Ushbu sinama Burdon Lomonidan 1895-yili tavsiya qilingan va hanuzgacha qo'llab kelinadi. Sinama diqqatni bir joyga jamlay olish va uni bir obyektdan ikkinchi obyektga ko'chirish qobiliyatini tekshirish uciiun qo‘llaniladi. Sinama juda oddiy bo'lib, uni o'tkazish uchun maxsus blanklar va sekundomer kerak bo'ladi, xolos. Sinamani o'tkazish uchun tasodifiy ravishda joylashgan yirik raqamlar yozib qo'yilgan blank sinaluvchiga ko'rsatiladi (3-jadval). Talab shundan iboratki, sinaluvchi o'zi xohlagan bitta sonni (masalan,

  1. ni), 60 sek ichida o'chirib chiqishi kerak. Topshiriq: «Siz ushbu blankdcigi 8 sonlcirini vertikal yo'nalishda o'chirib chiqingVaqt belgilanadi va 60 sekunddan so‘ng topshiriqni bajarish tezligi, yo'l qo'yilgan xatolar (ba’zi 8 sonlarining o'chirilmay qolishi yoki boshqa sonlarni o'chirib yuborish va h.k.) aniqlanadi. Sinov natijalar! o'chirilgan sonlar yoki o'chirilmay qoldirib ketilgan sonlar, bajarish uchun ketgan vaqtga qarab baholanadi (4-jadval). Bu topshiriqlarni turli tarzda berish mumkin. Shu yo'l bilan diqqatning o‘tkirligi, davomiyligi, charchash darajasi, bir topshiriqdan ikkinchi topshiriqqa o'tish tezligi baholanadi. Sinaluvchi qancha kam xatoga yo'l qo'ygan bo'lsa, uning diqqati shuncha o'tkii hisoblanadi.


101








Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish