Psixologiya — ruhiyatni o'rganuvchi fan.
Psixometriya — ruhiy funksiyalarni (buzilishlarni) miqdoriy baholash usuli.
Psixoprofilaktika — ruhiy kasalliklarning oldini olishni o'rganuvchi fan.
Psixosomatik tibbiyot — ruhiy omillar bilan somatik kasalliklar orasidagi bog'liqlikni o'rganuvchi fan. '
Psixoterapiya — psixologik usullami qo'llab davolash usuli.
Psixofarmakologiya — farmakologik vositalarning ruhiyatga ta’sirini o'rganuvchi
fan.
Psixofiziologiya — ruhiyatni fiziologik jarayonlar bilan yakdillikda o'rganuvchi fan.
Psixoxirurgiya — ruhiy buzilishlarni xirurgik yo'llar bilan davolash yo'llarini o'rganuvchi fan.
Puerilizm — kattalarda kuzatiladigan bolalarga xos xulq-atvor.
Regress — kasallikning orqaga qaytishi, chekinishi.
Rezidual — o'tkazilgan kasallik asoratlari davri.
Rekurrent — kasallik alomatlarining qayta paydo bo'lishi.
Sangvinik — temperamentning kuchli, xushchaqchaq va chaqqon toifasi.
Sintez — analizga teskari bo'lgan jarayon bo'lib, psixologiya va fiziologiyada bo'laklardan butunni yaratish demakdir.
Sitofobiya — ovqat qabul qilishdan qo'rqish.
Stress — kuchli tashqi ta’sirotlar natijasida organizmda kuzatiladigan reaktiv holatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |