Tibbiyot psixologiy asi



Download 0,96 Mb.
bet126/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Nazorat uchun savollar

  1. Klimakterik sindrom nima?

  2. Ginekologik operatsiyalardan so'ng kuzatiladigan ruhiy buzilishlar

haqida so'zlab bering?

  1. Abortdan so'ng qanday ruhiy buzilishlar kuzatilishi mumkin?

  2. Hayz buzilganda ayollar xulq-atvorida qanday o'zgarishlar yuz

beradi?

  1. Hayz oldi sindromi nima?

  2. Erkaklar klimaksi haqida so'zlab bering.


329


XVIII BOB. ONKOLOGIK KASALLIKLARDA BEMORLAR


PSIXOLOGIYASI


Avvalambor ziyon keltirma.
Gippokrat.

  1. Umumiy ma’lumotlar

Bugungi kunda onkologik kasalliklar o‘lim va nogironlikning uchrashi bo‘yicha dunyoda birinchi, ba’zi davlatlarda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Tibbiyot sohasida faoliyat ko'rsatuvchi barcha yo‘nalish mutaxassislari o'z amaliyotida xavfli o'smalar bilan ishlashiga to'g'ri keladi. Chunki onkologik kasalliklar inson organizmining deyarli barcha a’zolarida uchraydi. Onkologik kasalliklarga qarshi kurashda nafaqat tibbiyot xodimlari, balki biologlar, genetiklar, ximiklar, fiziklar va shu kabi ilm- fanning bir qancha yo'nalishida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislar ishtirok etishmoqda.
Olimiarning intilishlari onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash sohasida katta yutuqlarga erishish imkonini berdi. Masalan, nevrologiya sohasini misol qilib oladigan bo'lsak, kompyuter tomografiya yoki magnitli-rezonans tomografiya bosh miya o'smalarini juda erta aniqiash va samarali davolash imkonini berayapti. XX asrning 80- yillarigacha esa miya o'smasi tashxisini aniqlash o'ta mushkul va juda ko'p urinishlarni talab qilardi. «Bosh miya o'smasi» tashxisi faraz qilingan bemorda chuqur klinik tekshiruvlardan tashqari, bir qancha paraklinik tekshiruvlar, ya’ni rentgenoskopiya, exoensefaloskopiya, elektroensefalografiya, reoensefalografiya, lyumbal punksiya. pnevmoensefalografiya, serebral angiografiya tekshiruvlari o'tkazilardi. Oxirgi 3 ta tekshiruv katta diagnostik ahamiyatga ega edi. Bu tekshiruvlarni o'tkazish uchun bemor shifoxonaga, ya’ni neyroxirurgiya bo'limiga yotqizilardi.
Yuqorida qayd qilingan barcha tekshiruvlardan tashqari, bemorni nevropatolog, otonevrolog, okulist, psixiatrlar ham ko'rishi va o'z xulosasini berishi zarur bo'lardi. Ushbu mutaxassislar xulosalari asosida yoki ularning ishtirokida konsilium o'tkazilardi va ana shundan so'ng bosh miyada o'sma bor yoki yo'qligi haqida bir fikrga kelinardi. Demak, bemorni shifoxonaga yotqizmasdan va shuncha tekshiruvlarni o'tkazmasdan turib miya o'smasini aniqlab bo'lmasdi va bir bemorga aniq tashxis qo'yish uchun deyarli 10 nafar shifokor kamida 10 kun mobaynida mehnat qilishiga to'g'ri kelardi. Vaholanki, tekshiruvlarga vo'qotilgan har bir kun erta davolashni boshlash uchun yo'qotilgan har


330




bir kun bilan barobardir. Mana shu kunlar mobaynida vrachlaming xatti- harakatidan aksariyat bemorlar o‘zida o'sma kasalligi izlanayotganini bilib olar, bu esa bemor va uning yaqinlari uchun katta xavotir tug‘dirar edi. Hozir-chi? Hozir bemorda bosh miya o‘smasi bor-yo‘qligini aniqlash uchun deyarli bir soat vaqtning o'zi yetarli, xolos, ya’ni KT yoki MRT tekshiruvlariga ketgan vaqt.
Albatta, bir bemomi bir necha mutaxassisning sinchiklab tekshirishi va o‘zaro maslahatlashishlari vrachning klinik tafakkuri va mahoratini yanada oshiradi. Biroq u paytlari ham, hozir ham vrachning maqsadi yagona bo'lgan, bundan so'ng ham shunday bo'lib qoladi. Bu ham bo'lsa tashxisni erta aniqlash va davolashni erta boshlash.
Shu yerda aytib o'tish lozimki, «КТ va MRT kabi zamonaviy tekshirish usullari bebaho tekshiruvlardir, biroq ularning paydo bo'lishi vrachlarni dangasa qilib qo'ymoqda, ular o'z ustida ishlamay qo'yishmoqda», degan fikrlar mavjud. Bu holat tibbiyotga endi qadam qo'yib kelayotgan vrachlarda klinik tafakkurning shakllanishiga to'sqinlik qilmoqdami? Bu savolga ham «ha», ham «yo'q», deb javob berish mumkin. Shu muammoni nevrologiya misolida tahlil qilib ko'raylik. Chunki nevrologiyada klinik tashxisni aniqlashda topografik diagnostikaning ahamiyati juda yuqori. Agar nevropatolog bemorning nevrologik statusini tekshirmasdan turib, uni KT yoki MRT tekshiruviga yuborsa, albatta, unda klinik tafakkur rivojlanishi orqada qolishi mumkin. Agar u bemorni obdan tekshirib, so'ng KT yoki MRT tekshiruviga yuborsa, albatta, uning klinik tafakkuri rivojlanib boradi. Chunki u tashxisni to'g'ri yoki noto'g'ri qo'yganini bilib oladi. Xatosining sabablarini izlaydi, qayerda qanday kamchilikka yo'l qo'yganini anglab yetadi. Bemomi yana tekshirib ko'radi va KT da topilgan o'choq bilan o'zi tekshirib topgan belgilarni solishtirib ko'radi. Demak, zamonaviy tekshirish usullari faqat vrachning mahoratini oshirishi mumkin, bu esa ko'p jihatdan vrachning ushbu tekshiruvlardan qanday tarzda foydalanishiga bog'liq.
Onkologik kasalliklarda bemorlar psixologiyasi haqida so'z yuritishni bosh miya o'smasi diagnostikasi bilan bog'liq bo'lgan vaziyatlar bilan boshlashimiz bejiz emas. Chunki organizmning boshqa a’zolarida joylashgan o'smalardan farqli o'laroq, bosh miya o'smalarining o'zi bir qator ruhiy buzilishlarga olib keladi. Bundan tashqari, miyasida o'sma aniqlangan va uni operatsiya qilib davolash mumkinligini bilgan bemor og'ir ruhiy vaziyatga tushadi. Chunki gap bosh miya haqida ketayapti! Demak, bu yerda vrachning vazifasi ushbu muolajalar bilan bog'liq bo'lgan psixologik taranglikni yumshatishdan iborat bo'lmog'i va bu masala bilan psixolog emas, aynan neyroxirurgning o'zi shug'ullanishi


331




lozim. Operatsiya murakkab bo‘lsa-da, undan so‘ng bemorga ahvoli ancha yaxshilanishi va uni qiynayotgan dardlardan xalos bo‘lishini davolovchi neyroxirurgning o'zi tushuntirishi lozim.
Neyroxirugiya markazi yoki bo'Iimiga taklif qilingan psixolog nafaqat bemorda o'sma sababli paydo bo'lgan ruhiy buzilishlarni aniqlashi va davolashi, balki neyroxirurglar bilan hamkorlikda bemorni operatsiyaga tayyorlashda va operatsiyadan keyingi davrdagi davolash jarayonlarida faol ishtirok etishi lozim.


  1. Onkologik kasalliklarda ruhiy-hissiy buzilishlarning sabablari

Ma’lumki, xavfli o'sma aniqlangan bemor iloji boricha unda bu kasallik borligidan bexabar bo'lishi lozim. Bunday vaziyatlarda vrach qanday yo'l tutishi kerak? Odatda, «Sizda haqiqatan ham o'sma aniqlandi, biroq u xavfsiz, ya’ni hayotingizga xavf solmaydi, uni davolash mumkin», deyiladi. Biroq bemorda o'smaning xavfli turi borligini vrach uning qarindoshlariga aytishi lozim. Gap shundaki, bemor ertami-kechmi, o'z kasali haqida qarindoshlaridan yoki shifokorlarning xatti-harakati va muloqotlaridan bilib oladi. Bu yerda, ayniqsa, hamshiralar juda ehtiyot bo'lishlari lozim. Chunki bemorlar ba’zan aldov yo'llari bilan hamshiralardan haqiqatni bilib olishga intilishadi va buning uddasidan chiqishadi ham. Buning yuridik javobgarligi borligini har bir tibbiyot xodimi unutmasligi kerak. Yuridik javobgarlik turli ko'rinishda bo'lishi mumkin: ishdan haydalishidan tortib, ozodlikdan mahrum bo'lishgacha. Chunki o'zida xavfli kasallik borligini bilgan bemor joniga qasd qilishi mumkin. Ba’zan bemor yaqinlariga xat yozib qoldiradi va u yerda sirni kimdan bilib olganini ко rsatishi ham mumkin. Ba’zi hollarda bemor o'z kasalligini boshqa bemorlardan bilib oladi. Shuning uchun ham shifokorlar boshqa bir bemorning kasalini ikkinchi bir bemorga aytmasligi kerak. Sirni bilgan bemor davolanishga qattiq qarshilik ko'rsatishi, davolanishdan voz kechib shifoxonani tark etishi yoki davolash jarayonlarida katta qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin.
Odatda, sirdan voqif bo'lgan bemorda dastlab ruhiy karaxtlik ro'y beradi, bu xabarni u o'lim haqida chiqarilgan hukmdek qabul qiladi. Nima qilishini bilmay qoladi, xayolan har xil rejalar tuzadi, aniq bir qarorga kela olmaydi, doktorlar xato qilmadimikan, deb o'ylaydi, qayta tekshirishlarini iltimos qiladi. Boshqa mutaxassislar yoki boshqa tibbiy markazlar bilan maslahatlashib ko'rishni yaqinlaridan talab qiladi.
Biz gurkirab rivojlanib kelayotgan axborot texnologiyalari asrida yashamoqdamiz, internetdan foydalanuvchilar soni ham kundan-kunga


332




oshib bormoqda. Deyarli barcha ta’lim muassasalari, shifoxonalar, korxonalar bilan bir qatorda, har bir xonadonga internet kirib kelmoqda. U yerdan juda ko‘p ma’lumotlami bemalol olish mumkin. Bemor ham bundan foydalanishi va o'ziga kerakli ma’lumotni topib olishi mumkin. Bu yerda talabalar ham ehtiyot bo'lishi lozim, bemor ulardan ham o'ziga kerakli ma’lumotlarni bilib olishi qiyin emas. Talabalar bemorlarni ko'rgani kirganda, palatalarda darslik va o'quv qo'llanmlarini qoldirmasliklari, ulami so'ragan bemorga bermasliklari kerak.
Qo'llanilayotgan diagnostika va davolash usullaridan ham bemor o'z kasalligi turini bilib olishi mumkin. Masalan, ko'pchilik nur bilan davolash usuli xavfli o'smalarda ko'p qo'llanilishi yoki og'riq qoldirish uchun narkotik analgetiklar buyurilishi va ozib ketish rak uchun xos ekanini biladi.
Demak, onkologiyada sir saqlash o'ta murakkab masaladir, biroq buning uddasidan chiqishga intilish lozim va bemor simi bilib qolgandan so'ng vrach qanday yo'l tutishni ham o'ylab qo'yishi kerak. Odatda, sirdan voqif bo'lgan bemorlarda reaktiv nevroz yoki reaktiv psixoz rivojlanadi. Bu yerda, albatta, psixologning yordami kerak bo'ladi va undan unumli foydalanish kerax. Umuman olganda, onkologiya, neyroxirurgiya, ftiziatriya, kardiolog: ya, xirurgiya va travmatologiya ilmiy markazlari va harbiy gospitallarda psixologlar uchun ish joylari ajratilgan bo'lishi kerak. Deyarli barcha rivojlangan davlatlarda shunday. Chunki bu markazlarda kasallik turlari va bemorlar soni ko'p.

  1. Onkologik bemorlarda ruhiy-hissiy buzilishlaming klinik ko‘rinishi

Onkologik kasalliklarda reaktiv holatlar, birinchi navbatda, xavotirli- depressiv sindrom rivojlanishi bilan namoyon bo'ladi. Shuningdek, ipoxondriya, isteriya, insomniya va agressiv holatlar yuzaga kelishi yoki aksincha, bemorda o'z kasalligiga nisbatan butunlay befarqlik paydo bo'lib, vrachlaming xulosalarini butunlay inkor qilish darajasigacha yetishi mumkin. Agar bemorda o'tkazilgan operatsiyalar muvaffaqiyatli chiqsa, reaktiv nevroz va psixoz belgilari o'z-o'zidan kamaya boshlashi ham mumkin.
Kasallik avj olib, bemorning ahvoli og'irlashaversa, ruhiy buzilishlar kuchayib, turli xil gallyutsinatsiyalar, konfabulyatsiyalar, psevdoreminis- sensiya, derealizatsiya, depersonalizatsiya va deiiriylar rivojlanishi mumkin. Bu sindromlar haqida awalgi boblarda ma’lumot berganmiz. Ular kaxeksiya rivojlangan bemorlarda ko'p kuzatiladi va o'tkir ko'rinishda namoyon bo'lishi hamda remissiyalar bilan kechishi mumkin. Kasallik o'ta kuchaygan paytlarda stupor holatlari ham kuzatilib turadi.


333




Deylik, bemor o'zida rak kasali borligini bilib oldi va uni vrachga aytdi. Vrach ushbu vaziyatda qanday yo‘l tutishi kerak? Ta’kidlash lozimki, ba’zi davlatlarda rak kasali aniqlangandan so‘ng, masalan, leykoz, bemordan kasallik yashirilmaydi, unga davolanish natijalari bilan bog'liq bo'lgan barcha ma’lumotlar beriladi. Chunki bu kasallik bilan bog'liq bo'lgan nafaqat tibbiy muammolar, balki oila a’zolari va ish joyi bilan bog'liq bo'lgan bir qator yuridik muammolarni (masalan, vorislik masalalari) ham hal qilishga to'g'ri keladi. Shuning uchun ham xavfli kasalliklar aniqlangan bemorlarga kasallik haqida ma’lumot berishni individual tarzda hal qilish lozim. Bunda bemorning yoshi, oila va jamiyatda tutgan o'mi hisobga olinishi lozim. Albatta, bemorga kasalligi turi haqida ma’lumot berilishidan oldin, uning yaqin oila a’zolari bilan maslahatlashish lozim. Agar oila a’zolari bunga qarshi tursa, sirni ochmagan ma’qul.
Mabodo, xabarni eshitgan bemor «Menda undoq kasallik yo'q, men ishonmayman», deb ma’lumotni inkor qilsa, vrach uning flkrini ma’qullashi zarur. Faqat xavfli o'sma barcha tekshiruvlar natijasida aniqlangan taqdirdagina, uni bemorning yaqinlariga aytish lozim. Chunki onkologik kasalliklar diagnostikasida yo'l qo'yilgan xatolik og'ir asoratlar va janjallarga sabab bo'lishi mumkin. Ba’zan «xavfli o'sma» tashxisining keyingi tekshiruvlarda xavfsiz bo'lib chiqqani tibbiy amaliyotda uchrab turadi, ba’zan gistologik tekshirishlarda ham xatoga yo'l qo'yiladi. Demak, tekshiruvlar o'ta aniqlik bilan o'tkazilishi zarur.
Bemorga kasallik haqida ma’lumot bermaslikning salbiy tomonlari ham bor. Masaian, yaqin orada to'yi rejalashtirilgan yigit yoki qizning ota-onasiga farzandining kasalligi haqida deontologiya va etikaning barcha prinsiplariga arnal qilgan holda ma’lum qilish zarur. Kasalligi jiddiy ekanligidan bexabar bemor ko'rsatilgan vaqtda davolanish muolajalariga kelmasligi va zarur dori-darmonlarni vaqtida qabul qilmasligi yoki uzoq safarlarga ketishi, zararli fizioterapevtik muolajalar olishi mumkin. Shuningdek. ushbu kasallik bilan ishlashga monelik qiluvchi kasb egalarida, ya’m uchuvchi, poyezd mashinisti, haydovchi va shu kabi o'zi va boshqa birovlar hayoti uchun xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Bunday vaziyatlar juda ko'p va ular vrach tomonidan e’tiborga olinishi zarur.
Bemorga kasallik haqida xabar berilgandan so'ng uni davolashning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berish lozim. Vrach juda ustalik bilan, har bir jumlani to'g'ri tanlagan holda, bemor bilan suhbat o'tkazishi zarur. Ushbu kasallik bilan davolangan va yaxshi natijalar kuzatilgan bemorlarni misol keltirishi ham foyda beradi.


334




Obro‘-e’tiborga ega vrach ishonchli psixologik usullardan foydalangan holda, o'ta og'ir onkologik bemorlar bilan ham til topisha oladi va ularga o'z fikrini singdira oladi. Bemorning fikri-zikri esa vrach tavsiya- larini bajarishga qaratilgan bo'ladi, hatto umrining so'nggi kunlarigacha, ahvoli og'irlashgan paytda ham vrachning tavsiyalaridan voz kechmaydigan va hayotga umid bilan qarovchi bemorlar bo'ladi. Bemor bilan bunday hamnafas bo'lishga erishish uchun onkolog o'ta mahoratli psixolog bo'lishi kerak.
Onkologik shifoxonalarda psixologik yordam faqat suhbatdan iborat bo'lib qolmasligi, bunda bemor fikrini chalg'ituvchi barcha imkoniyatlardan foydalanish zarur. Turli xil tadbirlar o'tkazib turish ham psixologik taranglikni kamaytiradi. Bir qancha bemorlarni yiqqan holda psixologik suhbatlar o'tkazish, mashhur vrachlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish ham foydali. Yuqorida aytib o'tilganidek, nafaqat bemorning o'ziga, balki uning yaqin oila a’zolariga ham psixologik yordam berishga to'g'ri keladi. Agar ular bilan psixologlar va onkologlar shug'ullanmasa, bemorlar va ularning yaqinlari «rakdan butunlay xalos qilishni» va’da qilayotgan tabiblar va psevdovrachlarga murojaat qilib, to'g'ri davolanish uchun o'ta zarur bo'lgan qimmatli vaqtni boy berishadi.
Quyidagi voqea bunga yaqqol misol bo'lsa kerak.
Tibbiyot institutini tugatgan va o'sma kasalligining dastlabki bosqichlaridayoq maxsus tibbiy yordamlardan voz kechib, tabibning tavsiyasi bilan «гак kasalligini kuydirib yo'qotish uchun» kerosinni burniga tomizib, shuningdek, oz-ozdan ichib yurgan va keyinchalik toksik ensefalopatiya, kuchli darajadagi gallyutsinator-illyuzor buzilishlar, deliriylar rivojlangan bemorni uyiga ko'rgani borganimda, uning ahvoli o'ta og'ir edi. U alahsirab yotar, ro'parasida turgan osma ukol osib qo'yilgan kiyim ilgichga qarab, «Yo'qotinglar uni, yo'qotinglar uni», deb baqirardi. Men «Kim u?» deb so'raganimda, «U tabib, tabib, u meni zaharladi, yo'qotinglar uni, yo'qotinglar», deb alahsirab baqirardi. Rafiqasi «Adasi, hozir sizga osma ukol qo'yishadi, u tabib emas, kiyim iladigan veshalka», desa ham hadeb hozir aytgan gaplarini takror- layverardi. Rafiqasini goh tanirdi, goh uning yonida yig'lab o'tirgan singlisi bilan adashtirardi. «Rafiqamni chaqirib kel!» deb uning o'ziga baqirardi. Rafiqasi yig'lab: «Adasi, bu menman», desa unga tikilib qarab turib, ma’nosiz uzuq-yuluq gaplarni takrorlayverardi. Ovqatga qarab turib, uni itarib to'kib yuborardi. Tomirdan qilinadigan dorilarni bemor uxlagach, yuborishga to'g'ri keldi va davolanishni shu tarzda davom ettirish tavsiya etildi. Eng achinarlisi, endi 28 yoshga kirgan bu yigitda oshqozon saratoni aniqlangan edi. Uni operatsiya qilib davolasa bo'lardi, u boshqa a’zolarga metastaz bermagan edi. Bir o‘g‘il va qizli bu vrach


335




bemorning rafiqasi ham tibbiyot institutini tugatgan edi (ular birga o'qishgan). Meni maslahatga olib kelgan akasi ham vrach edi. Aynan akasi tabibda emas, onkologlarda davolanishni, operatsiya qildirishni qayta-qayta ukasiga uqtirgan. Biroq u vrachlarga va akasining so'zlanga quloq solmay, tabibda davolana boshlagan va 6 oy ichida shu ahvolga tushgan. Uni tekshirgan boshqa vrachlar ham zaharlanish sababli gepatit, nefrit, jigar va buyrak yetishmovchiligi, retinopatiya, arterial gipertoniya kasalliklarini aniqlashdi. Yana bir oydan so‘ng bemor vafot etdi. Faqat, rakdan emas, zaharlanish asoratlaridan! U yana ancha yil yashashi mumkin edi.
Shuni unutmaslik kerakki, hanuzgacha rakdan butunlay xalos qiluvchi giyoh yoki dori ishlab chiqilgan emas. Biroq zamonaviy davolash usullarini qo'llab, bemorni xavfli o‘smalaming dastlabki bosqichidayoq butunlay xalos qilish mumkin. Bu haqda bemorlarga va ularning yaqinlariga samarali tushuntirish ishlarini olib borish lozim. Shifoxonalarda bu haqda ilmiy-ommabop devoriy gazetalar osib qo'yish, kichik-kichik broshyuralar tayyorlash ham o‘ta muhimdir.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish