BOLALARDA ASAB TIZIMI XUSUSIYaTLARI
Bolalarda asab tizimining anatomo - fiziologik xususiyatlari
Chaqaloqlarda bosh miyaning o'lchami nisbatan katta bo´ladi. O'rtacha vazni o'g'il bolalarda 390 g (340 - 430 g), qiz bolalarda 355 g (330-370 g), ya'ni tananing 12-13% qismini tashkil qiladi (kattalarda 2,5%). Kattalarnikiga qaraganda chaqaloqlarda miya vazni tana vazniga nisbatan 5 barobar katta va 1/8 munosabatda aniqlanadi (kattalarda esa 1:40). Bola hayotining 1 yoshligini oxiriga kelib, miya vazni 2 barobar ortadi, 3-4 yoshda esa 3 barobar ortadi. Keyinchalik (7 yoshdan so'ng) miya vazni sekin osadi va 20-29 yoshlarda maksimal darajaga yetadi (erkaklarda - 1355 va ayollarda 1220 g).
Bola tug'ilgandan keyin bosh miyaning rivojlanishi tugallanmaydi. Miyaning katta yarim sharlari yoshga xos xususiyatga ega: egatlar, kichik balandlik va chuqurlikga ega bo'lgan yirik bursharlardan tashkil topgan. Mayda bursharlar oz, ularning soni bola hayotining birinchi oylarida ko'payadi. Kattalarnikiga qaraganda, peshona bo'lagi o'lchami kichik, ensa bo'lagi - aksincha katta bo´ladi. Miyacha yaxshi rivojlanmagan, uning yarim sharlari kichik o'lcham va kenglikda, egatlari yuzaki. Yon qorinchalar keng, tortilgan. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda filogenetik rivojlanishda miyaning boshqa qismlari yaxshi rivojlangan bo´ladi. Miya o'zagining vazni 10,0-10,5 g, bu tana vaznining 2,7 % ni tashkil qiladi (kattalarda 2 %), miyacha esa - 20g (tana vaznining 5,4% ni tashkil etadi). Bola hayotining 5 oyligida miyacha vazni 3 barobar ortadi, 9 oyligida 4 barobar oshadi (bola tik turadi, yuradi). Miyacha yarim sharlari intensiv rivojlanadi.
Chaqaloqlarda oraliq miya ham yaxshi rivojlangan. Bosh miyaning peshona qismi sezilarli chiqgan va unchalik katta emas. Chakka bo’laklari yuqori. Orolcha bo’laklari chuqur joylashgan. Bola hayotining 4 yoshigacha bosh miya kengligi, uzunligi va balandligi teng o'sadi, keyinchalik miya o'sishida balandlik ustunlik qiladi, peshona va tepa bo'laklari tez o'sadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda bosh miya yarim sharlari yuzasida burshar va egatlar bo´ladi. Asosiy egatlar (markaziy, lateral va boshqalar) yaxshi rivojlangan, asosiy egatlar shoxchalari va kichik egatchalar kuchsiz rivojlangan. Keyinchalik, bola yoshining ortishi bilan, borozdalar chuqurroq, ular o’rtasitdagi egatchalar relefli bo´ladi. Asab to'qimalarining mielinizasiyasi filogenetik rivojlanishida miyaning asosiy qismlarida miyaning yangi qismlariga nisbatan erta boshlanadi va tugallanadi. Bosh miya po'stlog'ida asab to'qimalari mielinizasiyasi erta boshlanadi, bu esa sezishning har xil turlariga olib keladi. Miyacha yadrolar bilan bog'lanadi. Afferent to'qimalar mielinizasiyasi 2 oyligidan boshlanadi va 4-5 yoshda tugallanadi. Efferent to'qimalar esa keyinroq, 4-5 oydan 7-8 yoshgacha rivojlanadi.
Kul rang moddani oq moddadan farqlash qiyin, mielin qobig'i bo'lmaydi. Bola tug'ilganda gipotalamus yadrosi, piramidal yo'l, qadoksimon tana yaxshi rivojlanmagan va funksional sust bo´ladi. Chaqaloqlarda po'stloq osti markazi barcha organlar faoliyatini boshqaradi. Chaqaloqlarda asab tizimi nisbatan sust rivojlanishiga qaramasdan, uning asab sistemasi shartsiz tug’ma reflekslarni ta'minlaydi, bir tomondan ovqatlanish, atrof muhit bilan muloqot, himoya vazifasini o'tasa, boshqa tomondan keyinchalik murakkab jarayonningtakomillashuviga asos bo´ladi. Chaqaloqlarda burshar va egatchalarning kalla suyagi va choklar bilan o'zaro bog'liqligi kattalarnikiga nisbatan bir oz boshqacharoq. Markaziy yo'lakcha tepa suyagida joylashgan. Bu yo'lakchaning pastki - lateral qismi kranial - tangachasimon chokdan 1,0 - 1,5 sm joylashgan. Chakka - ensa egati lyambdosimon chokdan 12 mm oldinda joylashgan. Miyaning burshar, egatlari va choklarning tuzilishi 6-8 yoshlarda xuddi kattalarnikidek bo´ladi.
Chaqaloqlarda qadoqsimon tana yupqa, qisqa, bosh miyaning katta yarim sharlari rivojlanishi va kengayishi bilan qadoqsimon tana kranial va kaudal yo'nalishlarda o'sadi, oraliq miyaning bo’shlig’i ustida joylashadi (III qorincha ustida). Katta yarim sharlar rivojlanishi bilan qadoqsimon tana kengligi ortadi (kattalarda 1 sm gacha) qadoqsimon tana aylanasi (valik) 2 sm gacha, komissural asab to'qimalarining ko’payishi bilan bog'liq (kattalarda 200 - 300 ml ).
Bola hayotining birinchi kunidanoq barcha sezgi organlari faoliyat korsatadi. Chaqaloqlarda reaksiyalar nodifferensial xarakterga egaligi va generalizasiyaga moyilligi bilan xarakterlanadi. U yo’ki bu reseptorlar qo'zg'alishi, lokal emas, balki tarqoq reaksiyalarni chaqiradi.
Bolalarda miya, kattalarga nisbatan yaxshi qon bilan ta'minlanadi, bu kapillyar to'rning boyligi bilan tushintiriladi. Miyaning to'liq qon bilan ta'minlanishi, tez o'sayotgan nerv to'qimasining kislorodga bo'lgan yuqori talabini ta'minlaydi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda qon oqimi bosh miyada sekinlashgan, chunki diploid venalar lihildog'larning yopilishidan keyingina hosil bo´ladi. Bu bir yoshgacha bolalarda infeksion kasalliklarda toksik moddalar va buzilgan metabolizm mahsulotlarining akkumulyasiyaga uchrashi natijasida neyrotoksikoz bilan asoratlanishiga moyillik yuqoriligi tushintiriladi. Bunga yana, gemato - ensefalik barerning yuqori o'tkazuvchanligi ham sabab bo´ladi.
Asab sistemasining rivojlanishi bola tug'ilgandan pubertat davrgacha davom etadi. Bosh miyaning eng intensiv o'sishi va rivojlanishi bola hayotining birinchi yiliga to'g'ri keladi. Postnatal davrda asab sistemasining turli bo'limlari har - xil muddatlarda rivojlanishdan to'xtaydi. Birinchi yarim yillikda piramidal yo'llar - ko'ndalang yadrosi shakllanishi tugaydi. Shu sababli mushaklar tarangligi to'xtaydi, tartibsiz harakatlar tartibli harakatlar bilan almashiniladi. Miyacha intensiv o'sadi va hayotining ikkinchi yarim yilligida rivojlanadi, 2 yoshda uning rivojlanishi tugaydi. Miyacha rivojlanishi bilan harakat koordinasiyasi shakllanadi. Asab - ruhiy rivojlanish muammolaridan biri, tartibli koordinasiyalashgan harakatlarning rivojlanishi hisoblanadi. Asosan, po'stlog'ning rivojlanishi, peshona, chakka, tana sohalarining rivojlanishi bilan bog'liq, neyronlar proliferasiyasi bir yilgacha davom etadi.
Bosh miyaning anatomik xususiyatlari:
- Bosh miyaning o'lchami yangi tug'ilgan bolada nisbatan katta bo´ladi (kattalarnikiga nisbatan)
- Yirik burshar va egatlar yaxshi rivojlangan bo´ladi, lekin chuqurligi kichik bo´ladi.
- Mayda egatlar oz, ular bola hayotining birinchi yilligida paydo bo´ladi.
- Peshona bo'lagi o'lchami kichik, ensa bo'lagi, aksincha katta bo´ladi.
- Miyacha yaxshi rivojlanmagan, keng emas, yarim sharlar o'lchami kichik va egatlar yuzaki.
- Yondosh qorinchalar bir oz tortiladi.
- qattiq miya qobig'i chaqaloqlarda yupqa bo´ladi.
- Venoz bo'shliqlar yupqa devorli.
- Chaqaloqlarda miyaning yumshoq va o'rgimchak qobiqlari yupqa, subdural va subaraxnoidal bo'shliqlar kichraygan.
- Miya asosi sisternalari nisbatan yuqoriroq.
- Silviev jo'mragi kattalarnikiga nisbatan keng.
- O'tkazuvchi yo'llar mielinizasiyasi 3 - 5 yoshda tugaydi.
- Lihildoqlarni yopilishi bilan diploid venalar hosil bo´ladi.
- Gematoensefalik barer o'tkazuvchanligi yuqori.
Orqa miyaning anatomik xusisiyatlari.
- Orqa miya tug'ilganda bosh miyaga nisbatan yaxshi rivojlangan.
- Chaqaloqlarda bo'yin va bel kengliklari aniqlanmaydi, 3 yoshdan keyin bilinadi.
- Orqa miya vazni va o'lchami o'sish tezligi bosh miyaga nisbatan sekin kechadi.
- Orqa miya uzunligiga nisbatan sekin rivojlanadi (umurtqa pog'ona uzunligiga nisbatan, shuning uchun orqa miyaning pastki uchi yosh o'tgan sari yuqoriga qarab suriladi, yupqa bo´ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |