Bolalarda ruhiy - motor funksiyalarning shakllanishi.
Tarbiyaning o'rni, imprinting
Bola hayotining birinchi kunidayog barcha sezish organlari o'z faoliyatini boshlaydi. Chaqaloqlarda farqlanadigan xususiyati shundan iboratki, generalizatsiyaga moyilligi bo'lgan barcha reaksiyalar nodifferensial xarakterga ega. Bir necha reseptorlarni qo'zqatish lokal reaksiyalarni emas, balki tarqoq reaksiyalarni chaqiradi. Etuk tug'ilgan bolada bir qancha tug'ma yo’ki shartsiz reflekslar bo´ladi. Ularga so'rish, yutish, qovog'ini yumish, yo'tal, aksirish, siydik
ajralishi, defekasiya va boshqalar kiradi. Ular organizmning atrof - muhitga moslashuvini ta'minlaydi va bola hayotining birinchi yilida evolyusiyaga uchraydi. Shartsiz refleks shaklidagi tug’ma reaksiyalar bola hayotining birinchi kunlaridayo’q dunyoga kelganini harakterlaydi. Keyinchalik bolaning hayotida orttirilgan reflekslar rol o’ynaydi, organizmning tashqi muhit bilan o'zaro ta'sirini ta'minlaydi.
Birinchi oyning oxirida, 2 oy boshlarida bolada oddiy, nisbatan turg'un shartli reflekslar shakllanadi.
Quyida rudimentar, tranzitor shartsiz reflekslar keltiirilgan.
1. Moro refleksi: bola yotgan stol ustiga tukullatilganda, bola qo'llarini yonga yozadi keyin xuddi quchoqlaganday birlashtiradi.
Normada bu refleks 4 oyda yo'qoladi.
2. Robinson refleksi: bolaning kaftiga biron narsani berilsa qattiq ushlab oladi. Normada 2-4 oyda yo'qoladi.
3. Kaft-og'iz refleksi (Babkin refleksi): barmoq bilan bolaning tenerlariga bosilganda uning og'zi ochiladi. 3 oyda yo'qoladi.
4. Emaklash refleksi (Bauer refleksi): bola qornida yotganda tovonlariga qo'llarni qo'yib turilsa, u oldinga harakat qiladi. Normada 4 oylarda yo'qoladi.
5. Kernig refleksi: bolani oyoglari tos son bo'g'imiga to'g'ri burchak ostida bukilganda, bola oyoglarini tizza bo'g'imiga to'liq uzata olmaydi. Normada bu refleks 4 oydan keyin yo'qoladi.
Uchinchi oyning oxirlarida bolada murakkab, differensiyalashgan reflekslar paydo bo´ladi, ular bosh miya po'stlog'ining analizator funksiyasi rivojlanishini ko'rsatadi. Oliy asab faoliyatining taraqqiy etishi, ya'ni shartli reflekslarning yuzaga kelishi, bola hayotining birinchi yilida tez shakllanadi. Kattalarga nisbatan bolalar tashqi muhit bilan shartli bog'liqlarni yengil vujudga keltiradi va ular bolalarda turg'unroq bo´ladi. Bolalar o'zini tutish va ko'nikmalarni tezda o'rganadi va butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Bola hayotida nutq katta ahamiyatga ega. Nutqning shakllanishi bosh miyaning funksional shakllanishi va sensor tizimning funksiyasi tiklanishiga bog'liq. Shuni esda tutish lozimki, nutqning rivojlanishi bolalarning kattalar bilan muloqotda bo'lishi, tarbiyaviy faollikning natijasi hisoblanadi. Bolaning rivojlanishi va tarbiyasi kun tartibi, unga o'rgatilgan muhim ko'nikmalar, sharoit yaratishdan iboratdir. Bu esa o'z navbatida bolaning jismonan barkamol rivojlanishi, kayfiyati yaxshi bo'lishiga olib keladi. Bola hayotining ikkinchi yilida ruhiy motor va jismoniy rivojlanishi intensivlashadi. Shartli reflekslar bu yoshda tez shakllana boshlaydi. Bolada harakatlar juda faol, o'zini tutishida ijobiy emosiya yaqqol ko'rinadi, ular ko'pgina ovoz va so'zlarni keltiradi, tez - tez va qattiq kuladi, atrofdigilarga qiziqish uyg'otadi. hayotining 2 yoshligi, birinchi yarim yilligida yura boshlaydi, nutq va harakat koordinatsiyasi yaxshilanadi, so'z boyligi ko'payadi.
Ikkinchi yarim yilligida o'ynashni yaxshi ko'radi, bolalar bir - birlari bilan o'ynashga harakat qiladi, kattalarning talablarini bajaradi. O'zini tutishni elementar talablariga o'rganadi. Bola hayotining 3 yoshligida motor ko'nikmalari shakllanishi davom etadi. Atrofdagilar bilan kirishuvchan, nutqi mukammallashadi, ko'proq o'ynaydi.
4 - 5 yoshlarda bolada o'ziga xonlik paydo bo´ladi. Ular faqatgina atrof - muhit ta'sirini emas, balki eshitish yoki kitob o'qish, kattalarni gapirib berganlarini tez eslab qoladilar. Bolalar darslarda jamiyat va tabiat haqidagi ma'lumotlarni yaxshi qabul qilishadi. Shu davrda bola yangi so'zlarni tez eslab qoladi, rasm chizish, musiqani o'rganish, oddiy mehnat ko'nikmalarni bajaradi. Shu bilan birga estetik qabul qilish, jamoat o'rtasida o'zini tutish shakllanadi. Fikrlash rivojlanadi, boshida aniq - realistik, maktab yoshining boshida esa - abstrakt fikrlash paydo bo´ladi. 13-15 yoshlarga kelib fikrlashni yuqori bosqichi tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |