BOLA TERISINING ANATOMO-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI.
SHIKASTLANISH SEMIOTIKASI
Bola terisi tuzilishi va funksional jihatdan katta odamlar terisidan ko’p jixatlari bilan farq qiladi. Teri homila ichi davrining 5-xaftasidan rivojlanadi va bola yoshining indikatori bo'lib hisoblanadi. Oyog kaftidagi teri egatlari 32-34 haftada paydo bo'ladi va yuqori kaftda ko'ndalang rivojlanadi. Xomiladorlikning 37-haftasida egatlar oyog kaftining 2/3 qismini egallaydi. 40-haftada egatlar butun tovon boylab tarqaladi. Bolalar terisi katta odamlar singari epidermis va derma qavatlaridan iborat. Epidermis juda nozik, yupqa, 2-3 qavat dag'al xujayradan iborat. Epidermis doimiy ko'chib turuvchi epiteliy qavatdan va faol osuvchi asosiy qavatdan iborat. Derma, xususiy teri qavati bo'lib, so'rg'ichsimon va retikulyar qavatdan iborat. Bunda biriktiruvchi to'qima asosi va mushak qavati sust rivojlangan. Epidermis va derma orasida joylashgan va kattalarda ular o’rtasida o'zaro bog'liqlikni ta'minlovchi bazal membrana, bolalarda siyrak bo'lib, o'zida biriktiruvchi va elastik to'qima saqlamaydi. Shuning uchun yangi tug'ilgan chaqaloqlarda epidermis dermadan osonlikcha ko'chadi. Chaqaloqlar terisining o'ziga xos xususiyatlaridan biri bu ko’p miqdordagi kapillyalardan iborat qon tomirlar hisoblanadi, u teriga dastlab yorqin, song och-pushti rang beradi. Yog bezlari homila ichi davrida o'z funksiyasini boshlaydi va hayotining birinchi yilida teri yuzasiga ko'p miqdorda yog' ajratadi. Tuhilgandan so'ng bola tanasi tvorogsimon qoplam bilan qoplanadi. Teri bezlari rivojlangan bo´ladi, lekin soqlom bolalarda ter ajralishi 3-4 oyligidan boshlanadi, bu termoregulyasiya markazining yetilmaganligi bilan bog'liq. Bola hayotining birinchi 2 oyligida ko'p ter ajralishining kuchayishi organizm ichki muhiti buzilishining muhim belgisi hisoblanadi. homiladorlik davrining 20-haftasidan boshlab teri mayin tukchalar bilan qoplanadi. Ular butun tanani o'rab olishadi. Homiladorlikning 33-haftasiga kelib, bu tukchalar asta-sekin yuzdan, keyin tana va oyog qo'llardan keta boshlaydi. 40-haftasiga kelib faqat kuraklarida qoladi. Tuqilishi bilan butunlay yogolib ketadi. Ko'krak sorg'ichlari va oreolalar 34-haftasiga kelib teridan kotarilib chiqadi. 36-xaftasiga kelib bez to'qimalari tugunchasi 1-2 mmga, 4-xaftasiga kelib esa 7-10 mmgacha yetadi. Bez to'qima bola hayotining 3-haftasiga kelib bemalol palpatsiya qilinadi. Chaqaloqlar boshidagi sochlarning o'zagi bolmaydi va bir yoshga kelib ular o'zgaradi. Bola hayo'tining birinchi yilida shox qavat va terining asosi -biriktiruvchi to'qima rivojlanadi. Kapillyarlar ko'p vaqtgacha kengayganligicha qoladi va teriga nozik pushti rang berib turadi. Boshqa bolalik davrlarini oladigan bolsak, jinsiy yetilish davrida og'il bolalarning yuzida, qo'ltiq osti, qovuq usti sohalarida tukchalar rivojlanadi, terining ta'sirlanishi ortadi. Teri bezlari faoliyati kuchayadi va keyinchalik ularning yallig'lanishi va yiringlash holatlari kuzatiladi. Teri osti klechatkasi homila ichi rivojlanishining 5-oyidan boshlab shakllanadi, lekin 8-9 oylarda maksimal rivojlanadi. Erta yoshdagi bolalarda tana masssasining 12%ini, kattalarda 8%ini tashkil etadi. Ko'krak yoshidagi bolalarda yog' kislotalarining tarkibi ko'krak suti tarkibiga yaqin bo´ladi. U qattiq palmitin va stearin kislota va kam miqdorda olein kislotani saqlaydi. Bu esa ona sutidagi yoglarni bevosita o'zlashtirish imkonini beradi. Bola hayotining birinchi yilida mahalliy qattiqlashish xamda teri va teri osti yog' qavati shishiga moyillik bo´ladi. Bolada to'qimalarning zichligi ancha yuqori bo´ladi. Bolalarda oziga xoslik bolib, yog' to'qimasining ko'krak qafasida, ko'ks oralig'ida, yirik tomirlar atrofida va ichki organlarda joylashganligi hisoblanadi. U chaqaloqlarda issiqlik ishlab chiqarishning yuqori darajasini ta'minlaydi.O'sishda teri osti yog' qavatining yo'g'olishi o'ziga xos tartibda kechadi: oldin qorin va ko'krakda, keyin tana oxirlarida va yuzda.
Teri funksiyalari turlicha bo'lib, lekin ulardan asosiysi dag'al mexanik, kimyoviy ta'sirlardan himoyadir. Bola hayotining 1-yilida bu funksiya juda yupqa bolgan epidermis va boy qon bilan ta'minlash hisobiga yetarli bo'lmaydi.
Boshqa funksiyalar yetarlicha yaxshi namoyon bo'ladi:
1. Nafas olishda ishtirok etish
2. Ayirish
3. Vitamin D hosil qilish
4. Sezish
5. Haroratni sezish
6. Yuzaki og'riqni sezish
Bolalarda terini o'ziga xos fiziologik xususiyatlari yangi tug'ilgan chaqaloqlar va yoshidagi bolalar terisining o'ziga xos xususiyatlari bilan tushuntiriladi:
1. Chaqaloqlarning fiziologik giperemiyasi yoki eritemasi.
2. Fiziologik qipiqlanish - muguzlangan xujayralarning ko'chishi.
3. Mayda sariq rangdagi tugunchalar (milia) - bular chaqaloqlarning yuz terisida uchraydi.
4. Chaqaloqlarda teri infitsirlanganda pufakcha yuzaga kelishi mumkin. Bu epidermis bilan dermani yetarli bo'lmagan bog’liqligidan yuzaga keladi.
5. Chaqaloqlar va ko'krak yoshidagi bolalarda yozning issiq oylarida isib ketganida ko'plab polimorf xarakterdagi, to'q pushti rangli, kattaligi tonog'ich boshi kattaligidagi element bilan qoplanadi.
6. Gigienaga rioya hilmaslik natijasida bo'yin, chov sohasi, quloq orqasida bicqilish yuzaga keladi.
Termoregulyasion va ayirish funksiyasi rivojlanishi, asab markazlari rivojlanishi bilan birga boradi. Kattalarda nafas funksiyasi juda bilinmaydi, o'pkaga nisbatan teri 100 marta kam nurlanadi. Ko'krak yoshidagi bolalarda terining nafas olish funksiyasi kattalarga qaraganda, katta axamiyatga ega, shox qavati yupqaligi va uning qon bilan ta'minlanishi yuqoriligi hisobiga. Ultrafialet nurlanish ta'sirida teri
pigmenti vit D3 hosil bo'lishida faol qatnashadi. Sezish harorat, yuzaki og´riq sezgisi, eksteroreseptorlar keng maydonini ta'minlaydi. Terining haddan tashqari
qo'zgalishi bolani bezovtalanishiga sabab bo´ladi, uyqu buzilishi, asab-trofik funksiyasi buzilishi va distrofiya rivojlanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |