Muolaja. Qovuqni yuvish
Ko’rsatmalar: qovuq funksiyasi buzilishi, dori preparatlarni kiritish.
Tayyorgarlik: muolaja ancha ruhiy qiyinchiliklar tug’dirishi sababli muolajaning mohiyatini tushuntiring.
Jihozlar: kateterlash uchun zarur bo’lgan jihozlar singari, qo’shimcha Jane shpritsi, 37°C gacha isitilgan antiseptik eritma (0,02 foizli furasilin eritmasi). Bajarilishi:
1. Qovuqni kateterlash yo’li bilan bo’shating.
2. Jane shpritsi yordamida qovuqqa kateter orqali antiseptik eritmani (150—200 ml) kiriting.
3. Kateterdan shpritsni ajratib oling, qovuqqa kiritilgan suyuqlik to’kiladi.
4. Muolajani toza suyuklik chiqquncha bir necha marta takrorlang.
5. Kateterni chiqarib tashlang, qo’lqopni yeching, qo’lingizni yuvib, kateterni sterillang.
Yordamchi bo’lmaganda kateterlash va qovuqni yuvishni mustaqil bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |