Muolaja. Qovuqni mustaqil ravishda kateterlash
1. Butun algoritmni (harakatlarning ketma-ketligini) diqqat bilan o’qib chiqing.
2. Suvni qaynating, tana haroratigacha sovuting.
3. Sterillangan kateter va muolaja uchun zarur bo’lgan barcha jihozlarni tayyorlang.
4. Sovun bilan qo’lingizni va chot sohasini yaxshilab yuving.
5. Son va qorinni ikki tomonidan dazmollangan toza mato bilan yoping.
6. Qo’lingizni aroq yoki spirt bilan tozalang.
7. Sterillangan kateterni oling.
8. Kateter uchini sterillangan vazelin bilan arting.
9. Siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini aniqlab, kateterni kiriting (muolaja vaqtida keyinchalik o’tib ketadigan noxush hislar paydo bo’lishi mumkin).
10. Siydikni chiqaring, zarur hollarda qovuqni yuving.
11. Muolaja tugagandan so’ng chot sohasini, kateterni tozalab, qo’lingizni yuving.
Do'stlaringiz bilan baham: |