Muolaja. Burunga kukun tortish
Maqsad: bemorning burniga qurituvchi moddalarni kiritish.
Tayyorgarlik: muolaja mohiyatini bemorga tushuntiring.
Bemorning holati: o’tirib.
Bajarilishi:
1. Kukunning nomini o’qing.
2. Kukun o’ralgan qog’ozni oching.
3. Bemordan burunning o’ng qanotini yopishni iltimos qiling.
4. Kukunni qog’oz ustida burunning chap teshigiga yaqinlashtiring.
5. Bemordan og’izni yopib, chuqur bo’lmagan nafas olishni va kukunning bir qismini burunga tortishini iltimos qiling.
6. Ushbu muolajani kukunni burunning o’ng yo’liga kiritishda takrorlang.
7. Burundan kukunning qoldiqlarini salfetka bilan olib tashlang, bemordan ahvolini so’rang, qo’lingizni yuving.
Do'stlaringiz bilan baham: |