Oligouriya (yunoncha olygos – kam, uron - siydik) sutkalik siydikni 500 ml va undan kam ajralishi. Bu quydagi xolatlar kuzatiladi:
Fiziologik – suyuqlik qabul qilish cheklanganda, ko’p terlashda, jismoniy zo’riqishlarda
O’tkir va surunkali nefritlarda
Yurak yetishmovchiligi
Kuyish kasalligi ( shok bosqichida )
Buyrak zaxarlanishlarida
Turli etiologiyali shoklarda
Qorin bo’shlig’I o’smalarida va kichik chanoq a’zolari o’smalarida
Anuriya (yunoncha an – yo’q, uron – siydik) siydik ajralishi to’xtashi hisobiga siydik pufagiga siydik tushmasligi ( 200 ml / sutka va undan kam ) . Anuriya buyrak yetishmovchiligida ( buyrakka aloqador ) arterial bosim tushib ketishi ( buyrakdan tashqari anuriya ), siydikning ajralishiga to’siq mavjud bo’lgan xollarda (masallan siydik ayiruv naylarining o’sma bilan bosib qo’yilishi xolatlarida) kuzatiladi.
Ishuriya ( yun. ischo-to`xtash, yoki to`sqinlik qilish, uron- siydik ). Bunda siydik pufagi to`lganda ham uni tashqariga chiqara olmaslik kuzatiladi. Ishuriya siydik pufagi atoniyasi yoki siydik yo’li torayishida kuzatiladi.
Ishuriya yuzaga kelganda kechiktirmagan xolda siydik pufagini bo`shatish lozim. Bunday xolatlarda bemorlarda mustaqil ravishda siydikni ajralishini kasalning atrofida xuddi jumrakdan suv oqib turganidek yoki choynakda suvni tomchilatilgandek shovqinnixosil qilib, yoki jinsiy a’zolarni issiq suvda yuvish orqali yoki qov usti sohasiga grelka quyishni qo`llash bilan yuzaga keltirish mumkin.
Agarda bularning xech qaysisi samara bermasa bemorga siydik chiqarish nayi (kateter) ulab qo’yiladi.
Nekturiya. Buyraklarning normal faoliyati uchun kunduzgi diurezning ustunligi xosdir (kunduzgi diurezning tungi diurezga nisbati taxminan 4:1). Nikturiya (yunoncha nyktos – tun, uron - siydik) - tungi diurez ortishi hisobiga ushbu nisbatning o’zgarishi (siydikning ko’p qismini kunduzi emas tunda ko’proq ajralishi). Nikturiya turli buyrak xastaliklarda, prostate bezi gipertrofiyasi va qandsiz diabetga chalingan bemorlarda kuzatiladi. Nikturiya buyrak kasalliklarining erta simptomlaridan biri bo’lib, ayniqsa keksalarda ko’p uchraydi.
Enurez. Asosan yoshi kattalar va qariyalarda nikturiya siydik tuta olmaslik - enurez (yunoncha enureo – xo’llash) bilan birga kechadi. Enurez yoshi katta kishilarda prostata bezi adenomasida kuzatiladi.
Pollakiuriya. Odatda sutkada normada 3-4 marta siydik ajraladi. Pollakiuriyada (yunoncha pollakis - ko’p marta, tez tez, uron - siydik) sutkalik siydik ajralishi 6-7 martadan yuqori boladi. Bu holat ko’p suv ichganda, siydik ajratish yo’llari yallig’lanishida ifodalangan prostate bezi adenomasida va poliuriya bilan kechuvchi kasalliklarda kuzatiladi.
Dizuriya (yunoncha dys - funksiyaning buzilishi, uron - siydik) - siydik qopidan siydik ajralishining tezlashishi va/yoki qiyinlashishi, og’riqli bo’lishi bilan harakterlanadigan siydik chiqarishni buzilishlarining umumiy nomi. Dizuriya simptomlari siydik ayiruv tizimining yallig’lanish kasalliklari (sistit, uretrit, piyelonefrit, buyrak tuberkulyozida va bosh.) va siydik yo’lida tosh mavjudligida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |