Rangi
|
Dori vositasi
|
Qizil
|
Aminofenazon
|
Pushti
|
Asetilsalisilat kislota
|
To’q jigarrang
|
Fenilsalisilat
|
Ko’kimtir-yashil
|
Metilen ko’ki
|
Zarg’aldoq tusli
|
Rifampisin
|
Hidi. Normada siydik o’tkir bo’lmagan, o’ziga xos hidga ega. Ammiak hidli siydik- siydik yo’llarida yoki havoda peshobga bakterialar tushishida kuzatiladi (o’tkir sistit, o’smaning parchalanishida ). Diabetik komada mevali hid ( olmali ) keton tanachalari hisobiga; sarimsoq qabul qilganda esa siydik darhol o’tkir, yoqimsiz hidli bo’lib qoladi.
Tiniqligi. Normada siydik tiniq, shaffof bo’ladi. Xiralashishi siydikda ko’p miqdorda tuzlarning, yog’ tomchilari, shilliq, bakteriya, hujayra elementlarining mavjudligini bildiradi. Siydik tiniqligi 4 xil bo’ladi: to’liq, noto’liq, qisman xiralashgan, xira. Xiralashgan siydik piyelonefritda, pastki siydik yo’llari infeksiyalarida tuz ajralishida kuzatiladi. Biroz xiralashgan siydik norma ham bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |