Tibbiyot kasbiga kirish



Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet452/485
Sana03.09.2021
Hajmi4,42 Mb.
#163615
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   485
Bog'liq
Китоб ТКК (4)

 

Nazorat savollari: 

1. Narkoz deganda nimani tushunasiz? 

2. Anesteziologiya – bu…? 

3. Narkozning qaysi turlari tafovut qilinadi? 

4. Narkozga  ishlatiladigan  dorilar  tanaga  qaysi  yo’llar  bilan 

kiritiladi? 




532 

 

5. Narkozning asoratlarini sanab o’ting? 



6. Tana haroratini o’lchash texnikasini tartibini ayting? 

7. Pul’sni aniqlash va tekshirish tartibini ayting? 

8. Arterial bosimni tekshirish tartibini ayting? 

 

BEMORNI OPERATSIYA OLDI DAVRIDA SHIFOKOR 

TOMONIDAN OLIB BORILISHI LOZIM BO’LGAN 

MUOLAJALARNING AHAMIYATI. 

XANTAL, KOMPRESS VA ISITGICHLAR QO’YISH 

 

Bemor  kasalxonada  yotib  operatsiyaga  tayyorlanayotgan 

vaqti  operatsiya  oldi  davri  deyiladi.  Bemorni  operatsiyaga 

tayyorlayotganda  operatsiya  turi,  og’irlik  darajasi,  asosiy 

hayotiy  a’zolar  holati  (yurak,  o’pka,  jigar,  buyrak)  va 

og`riqsizlantirish turini inobatga olish kerak.  



Tibbiyot  hodimi  vazifasi  –  bemorni  tinchlantirishdir. 

Tibbiyot  hodimini  bemorga  yaxshi  va  o’z  vaqtida  to’gri 

muomalasi  bemor  bolani  tez  tuzalishini  garovidir.    Bolaga  toza 

havo  juda  zarur.  Qishda  bolani  issiq  kiyintirib  xonani 

shomollatib  turish  zarur.    Yozda  esa  derazalarni  doimo  ochiq 

holda,  iloji  boricha  setka  bilan  qo’yish  lozim.  Ko’rpa  va 

choyshablarni toza tutish, qoqib turish lozim, ularda yig’ilmalar 

hosil  bo’lishiga  yo’l  qo’ymaslik  lozim,  kamida  haftasiga  bir 

marta almashtirib turish zarur. Agar bolada siydik tuta olmaslik 

alomati  bo’lsa  to’shak  usti  kleyonka  bilan  qoplangan  bo’lishi, 

ustidan 

choyshab 

to’shalishi 

lozim,Bolani 

har 

kuni 


cho’miltirish,  har  ovqatdan  oldin  qo’lini  yuvish,  ko’p  terlasa 

terini toza, quruq sochiq bilan artib turish va kiyimlarini tez-tez 

almashtirib  turish  lozim.  Tana  harorati  ko’tarilib  turadigan 

bolalarda  doimo  quruq  lablar  bo’ladi.  Shu  sababli  kuniga  bir 

necha  bor  lablarni  tuzsiz  sariyog’  yoki  vazelin  bilan  namlab 

turish  kerak  bo’ladi.  Har  ichi  kelganda  albatta  bolani  oraliq 

sohasini yuvish kerak.  



533 

 

Bemor  bolalar  ko’pincha  injiq  va  ta’sirchan  bo’ladi. 



Gigienik  va  davo  muolajalari,  ovqatlantirishlar  ko’pincha  bola 

tomonidan  qarshilik  bilan  kutib  olinadi.  Shu  sababli  ham  vrach 

bolaga  kamroq  psixik  va  jismoniy  jarohat  yetkazmasdan 

muolajalarni  bajarishi,  sabrli  bo’lishi  lozim.  Bemor  bolalarga 

operatsiya  kerakligi  to’g’ri  tushuntirilishi,  operatsiya  natijasi 

yaxshi  chiqishiga  ishontirish  lozim.  Misol  tariqasida  shunga 

o’hshash  operatsiyadan  yaxshi  bo’lib  tuzalgan  bemorlarni 

keltirib o’tish kerak.   

Yuqoridagi  holatlarni  tushuntirishda  hamshira  ham  vrach 

bergan  ko’rsatmalarga  mos  holatda  tushuntirish  o’tkazishi 

lozim.  Moboda  vrach  va  hamshira  tushuntirishlarida  qarama-

qarshilikni  bemor  sezsa,  unda  tibbiyot  xodimiga  nisbatan 

ishonchsizlik  kuzatiladi.  Kasallik  tarixini  bemor  qo’liga 

tushishidan saqlash lozim. Aks holda maxsus tayyorgarlikka ega 

bo’lmagan  bemor  bola  kasallik  tarixidagi  ma’lumotlarni 

noto’g’ri tushunishi mumkin.  

      Teri  qoplamlarini  ko’zdan  kechirganda    yiringdonlar, 

yallig’lanish  infil’tratlari  borligiga  ahamiyat  qilish  lozim. 

Operatsiyadan oldin teridagi hamma yallig’lanish o’chog’larnini 

davolash  zarur,  bo’lmasa  operatsiyadan  keyingi  davrda  bu 

yiringdonlar  endogen  infeksiya  o’chog’i  bo’lishi  va  og’ir 

asortalarga olib kelishi mumkin, hattoki yiringli jarayonni butun 

organizmga tarqalishigacha. Operatsiyadan bir kun oldin bemor 

bola  vanna  qabul  qilishi  zarur.  Operatsiya  maydonidagi 

sochlarni  operatsiya  kuni  tozalanadi.  Sanitar  tozalash  ishlari 

issiq  dush  xonasida  o’tkaziladi.  Agar  vanna  tavsiya  etilgan 

bo’lsa  suv  harorati  36-37°Cdan  oshmasligi  kerak.  Organizm 

himoya  funksiyasi  pasaymasligi  uchun  bolani  sovuq  qotishdan 

asrash lozim. 

        Kuniga  ikki  marta  bemor  tana  haroratini  o’lchash  lozim. 

Haroratni o’lchash vaqti asosan ertalab uyqudan uyg’ongach va 

kechqurun  kunduzgi  uyqudan  keyin  soat  16-17  larda.  Mabodo  

tana  haroratini  tez-tez  o’lchash  kerak  bo’lsa  vrach  ko’rsatma 



534 

 

beradi.  Xonada  tinch  holat  hosil  qilish  lozim.  Bolada  kunduzi 



ham,  kechasi  ham  tinch  uyqu  bo’lishi  lozim.  Hamma  kuzatuv 

natijalarini hamshira yozib borishi shart. Ushbu yozuvlar uchun 

bemorga alohida hamshira varag’i ochiladi. Unda tana haroratini 

belgilash,  ishtahasi,  ichi  kelishi,  siyishi,  qusish  va  h.o.lar 

to’g’risida ma’lumotlar bo’ladi.  

Bemor  bolada  operatsiya  o’tkazish  uchun  albatta  ota-

onasidan  yoki  vasiylaridan  yozma  rozilik  olinishi  shart.  Ularga 

operatsiya  mohiyati,  og’irlik  darajasi,  kuzatilishi  mumkin 

bo’lgan asoratlar to’g’risida tushuntirish o’tkazish lozim. Ushbu 

qoidaga faqat shoshilinch operatsiyaga muhtojlik bo’lgan va Shu 

paytda  ota-ona  kelmagan  holat  bo’lsa  amal  qilinmaydi.  Bunday 

paytda  operatsiyaga  ko’rsatma  kamida  ikkita  vrach  konsiliumi 

asosida qabul qilinadi.  Bo’lim boshlig’i va bosh shifokor qabul 

qilingan qaror to’g’risida ogohlantiriladilar. 

Operatsiyani o’tkazish muddati kasallik xarakteriga bog’liq 

bo’ladi. Operatsiya bolani turli  yoshida, hattoki  yangi tug’ilgan 

paytida ham o’tkaziladi. 

Operatsiyaga  tayyorlash  kasallik  xarakteriga,  bemor 

yoshiga  va  umumiy  holatiga  bog’liq  bo’ladi.  Og’ir 

operatsiyalardan  oldin  funksional  diagnostika  usullaridan 

foydalanib  to’liq  tekshiruvlar  o’tkazilishi  shart.  Bemorni 

operatsiyaga  tayyorlashda  psixologik  faktor  katta  rol  o’ynaydi. 

Bunda  ota-ona,  tarbiyachi  va  bolaning  do’stlari  yordami  zarur 

bo’ladi.  

Ko’krak  yoshidagi  bolalar  bir  kun  oldin  soat  22:00  gacha 

ovqatlantiriladilar. Kattaroq yoshli bolalarga yengil kechki ovqat 

beriladi.      Operatsiyagacha  3  soat  qolganda  bolaga  shirin  choy 

berish  mumkin.  U  2  soatdan  keyin  so’riladi  va  qusish 

chaqirmaydi.  Operatsiya  bo’ladigan  bemorlarga  surgi  dori 

berilmaydi.  Bir  kun  oldin  kechqurun  va  operatsiya  kuni  ertalab 

huqna qilinadi.  

Bemorni  shoshilinch  operatsiyaga  tayyorlash.  Qisqacha 

anamnez yig’iladi, umumiy ko’rik: perkussiya, auskultatsiya va 




535 

 

paypaslash  o’tkaziladi.  Umumiy  qon,  siydik  tahlili, 



rentgenoskopiya  yoki  rentgenografiya,  maxsus  ko’rsatmalar 

bo’yicha  boshqa  tekshiruvlar  qilinadi.  Qabul  bo’limida  bemor 

ahvoliga  qarab  chala  yoki  to’liq  sanitar  tozalash  o’tkaziladi.  

Shoshilinch holatlarda bemor  kiyimi yechiladi, nam gubka bilan 

tana  artiladi,  sochli  qismi  olinadi.  Oshqozon  to’la  bo’lsa  zond 

yordamida bo’shatiladi. Huqna qilinmaydi. Siyishda qiyinchilik 

bo’lsa siydik qopiga kateter qo’yiladi.  


Download 4,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   485




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish