Anesteziyaning asosiy turlari.
Umumiy og’riqsizlantirish (anesteziya) – sun’iy tarzda
markaziy asab tizimining faoliyatini susaytirish bo’lib, bunda
bemor chuqur uyqu holatida bo’ladi va bu jarayon qayta orqaga
qaytarilishi mumkin. Narkozda kishi hech narsani sezmaydi,
ixtiyoriy harakat qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki qisman
yo’qoladi, reflekslarning ayrim turlari ham yo’qoladi.
Mahalliy og’riqsizlantirish – inson organizmining ma’lum
bir qismini, kishi ongi yoki es-hushini saqlab qolgan holda,
sun’iy ravishda og’riq sezuvchanligini yo’qotishdir.
Anesteziyaga tayyorgarlik.Bemor anestezilog ko’rikdan
o’tkazilib, quyidagilar aniqlanishi shart:
bemor umumiy ahvolini baholash;
anesteziya o’tkazilishiga nojuya ta’sir qiluvchi omillarni
bemor anamnezidan so’rab aniqlash;
klinik va laborator ma’lumotlarini baholash;
jarrohlik va anesteziya xavfini aniqlash;
anesteziya usulini tanlash;
premedikatsiya xarakterini aniqlash.
Premedikatsiya – narkozning kishi organizmiga operatsiya
paytida va operatsiyadan keyingi davrdagi asoratlarini
kamaytirish maqsadida dori preparatlarini kiritishdir.
Premedikatsiya vazifalari:
• bemor hissiy qo’zg’alishlarini pasaytirish;
• neyrovegetativ stabilizatsiya;
• bemor organizmining tashqi ta’sirotlarga reaksiyasini
kamaytirish;
• anestetiklarning ta’siri uchun qulay sharoit yaratish;
• narkozda ishlatiladigan dorilargp allergik reaksiyalarning
oldini olish;
527
• so’lak bezlari sekretsiyasini kamaytirish.
Anestetik moddalarni tanaga kiritish yo’li bo’yicha umumiy
og’riqsizlantirish turlari:
1. Nafas yo’llari orqali (ingalyatsion) (anestetik moddalar
bemorning nafas olish sistemasiga bug’ shaklida kiritiladi va
alveolalar orqali qonga tarqaladi):
a) maskali;
b) traxeya ichi.
2. Tomir orqali.
3. Kombinatsiyalashgan (odatda narkozning ilk bosqichlarida
anestetiklar tomir orqali tanaga kiritilsa, so’nggi bosqichlarida
esa nafas yo’llari orqali kiritiladi).
Umumiy og’riqsizlantirishning asoratlari:
• Laringit, traxeobronxit.
• Nafas yo’llari obsruksiyasi – tilni burish, tish yoki
protezlarning nafas olish yo’llariga kirishi).
• O’pka atelektazi.
• Zotiljam
• Yurak-qon tomir tizimi faoliyatida buzilishlar: kollaps,
taxikardiya, yurak ritmini buzilishi va hatto fibrilatsiyaga
yoki yurak faoliyatining to’xtashi.
• Intubatsiyadagi shikastlanishlar (halqum, hiqildoq va
traxeya shikastlanishlari).
• Oshqozon-ichak
traktining
motor
faoliyatidagi
buzilishlar: ko’ngil aynishi, qusish, regurgitatsiya,
aspiratsiya, ichak parezi.
• Siydikning tutilishi.
• Gipotermiya.
• Miya shishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |