537
Ta’sir mehanizmi: silliq mushaklarni reflektor bo’shashishini
chaqiradi, ichki a’zolarga qon kelishini kuchaytiradi, og’riq
qoldiruvchi va bo’shashtiruvchi ta’sir qiladi.
Ko’rsatma:
• Umumiy yoki mahalliy isitish.
• Qorin bo’shlig’i a’zolarini surunkali kasalliklari (gastrit,
kolit, asoratlanmagan oshqozon va 12 barmoq ichak
yarasi).
• Gipertonik kriz.
• Yallig’lanish infiltratlari.
Qarshi ko’rsatma:
• Qorin bo’shlig’i a’zolari o’tkir yallig’lanish kasalliklari
(appenditsit, xoletsistit, pankreatit, peritonit).
• O’smalar, qon ketish holatlari, birinchi soatlardagi lat
yeyishlar va jarohatdan keyingi birinchi kunlar.
• Infitsirlangan yaralar.
Kerakli anjomlar:
• Rezina isitkich.
• 70 °C haroratli suv.
• Sochiq yoki kichik choyshab.
• Vazelin.
• 1% xloramin eritmasi.
Bajarish ketma-ketligi:
1. Isitkichning 2/3 qismi suv bilan to’ldiriladi (rasm.2).
2. Isitkichni siqib og’zigacha suv keltiriladi va havosi
chiqariladi.
3. Isitkich og’zidagi probkani yaxshilab buraymiz.
4. Isitkich og’zi pastka qaratiladi va germetikligi tekshiriladi.
5. Isitkich quruq qilib artiladi.
6. Isitkich kichik choyshabga o’raladi.
7. Bemorga isitkich beriladi (terida pigmentatsiya bo’lmasligi
uchun teriga vazelin moyi surtiladi).
8. 5 daqiqadan keyin teri qizib ketgan yoki ketmaganligi
tekshiriladi (yaqqol giperemiya).
538
9. Isitkich sovugandan so’ng olinadi.
10.
Istikich ishlatib bo’lingandan so’ng dezinfeksiya
qilinadi.
Asorati:
• Kuyish.
• Teri pigmentatsiyasi.
Izoh: terida shishi bor va terisi sezuvchanligi past, Shuningdek
bolalarga juda issiq bo’lmagan isitkich ehtiyotlik bilan
qo’yiladi.
Kompress
Kompress (lat. compression – bosmoq, siqmoq) – doka
yoki boshqa mato bilan qo’yilgan ko’p qavatli davolovchi
bog’lam, asosan paxta, yog’li qog’oz yoki suv o’tkazmaydigan
plyonka bilan birga ishlatiladi.
Ko’rsatma: lat yeyish va jarohatdan keyingi birinchi
soatlar, burun va gemorraidal qon ketishlar, lixoradkani ikkinchi
davri.
Qarshi ko’rsatma: qorindagi spastik og’riqlar, kollaps,
shok.
Kerakli anjomlar: muz bilan sovuq suv, bir necha qavat
qilingan doka.
Muolajani bajarish bosqichlari:
1. Tayyorlangan doka sovuq suvga botiriladi va ozgina
siqiladi.
2. Kompress tanani kerakli joyiga qo’yiladi.
3. Doka har 2-3 daqiqada almashtiriladi (qizib ketishiga
qarab).
Do'stlaringiz bilan baham: