Tibbiyot kasbiga kirish


Bemor, qarindoshlari va tibbiyot hodimi orasidagi bir-birini



Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet428/485
Sana03.09.2021
Hajmi4,42 Mb.
#163615
1   ...   424   425   426   427   428   429   430   431   ...   485
Bog'liq
Китоб ТКК (4)

 

Bemor, qarindoshlari va tibbiyot hodimi orasidagi bir-birini 

tushunish va o’zaro ishonch 

Vrach  bilan  bemor  o’rtasidagi  o’zaro  tushunishni  asosiy 

tamoyili  –  qo’llab-quvvatlashni  his  etish.  Agar  bemor  vrach 

yordam berayotganini sezib tushunsa, davolash jarayonida aktiv 

ishtirok 

etishga 


boshlaydi. 

Vrach 


bemorni 

tushunsa, 

shikoyatlariga  befarq  bo’lmasa  bemor  o’ylanadi.  Bu  his  vrach 

quyidagilarni  gapirganda  mustahkamlanadi:  “Men  Sizni 

eshitaman  va  tushunaman”  yoki  buni  ko’z  qiri,  bosh  silkishi 

bilan  maqullasa.  Hurmat  insonni  shaxs  sifatida  qabul  qilishga 

olib  keladi.  Asosan  bu  anamnez  yig’ishda,  bemor  hayoti  bilan 

vrach  qiziqqanda  yuzaga  keladi.  Hamdardlik  –  bemor  bilan 

muloqot  kalitidir.  Vrach  bemorni  o’rniga  o’zini  qo’yib  ko’rishi 

va atrof-muhitga uni ko’zi bilan qarashi lozim. Bemorning ichki 

dunyosini  tushunish  va  hisobga  olish,  bemor  nimani  his 

qilayotganini  bilish,  mahalliy  va  umumiy  sezgilarni  bilish, 

bemorni  kasalligi  to’g’risida  tushunchaga  ega  bo’lishi, 

sabablarini bilishi katta ahamaiyat kasb etadi.  

Bemor  bilan  suhbatni  qat’iy  qoidalari  yo’q,  ammo  butun 

dunyo vrachlari umumiy deontologiya (grekcha deon – kerakli i 

logos – ta’limot) – tibbiyot xodimlarining kasbiy etikasiga amal 

qilishadi.  Bemorni  qalbini,  ichki  hissiyotlarini  tinchlantirish  – 

deontologiyaning  va  uning  effektivligini  ko’rsatuvchi  asosiy 

omillaridir.  Gippokrat  qasami  juda  qadim  zamonlarga  borib 




503 

 

taqaladi. Keyinchalik u hujjat sifatida qabul qilinib, vrachga bir 



qancha majburiyatlar yuklaydi, masalan:  

  vrachlik sirini saqlash; 

  bemorga  yoki  uning  qarindoshlariga  ma’nan  zarar 

yetkazadigan harakatlardan saqlanish; 

  kasbga sodiqlik. 

Vrach amaliyotining asosiy qoidalaridan biri bu – bemorga 

yomonlik  keltiruvchi  haraklarni  qilmaslik  yoki  “yomonlik 

qilma”.  Tibbiyot  etikasining  asosiy  tamoyillaridan  biri 

lotinchasiga  shunday  nomlanadi:  primum  non  nosere  (“eng 

avvalo – yomonlik qilma”). Har bir vrach ye. Lambert fikrni tan 

oladi,  ya’ni  “yordam  berib  bo’lmaydigan  bemorlar  bor,  lekin 

yomonlik  qilib  bo’ladigan  bemorlar  yo’q”.  Ma’lumki,  ba’zan 

davolash  kasallikdan  og’irroq  bo’ladi.  Bu  yerda  gap  dorilarni 

nojo’ya ta’siri, bir necha xil dorini birdan qabul qilganda negativ 

holatlarni  yuzaga  chiqishi,  tibbiyot  aralashuvidan  samara  va 

og’irlashish riskini bir-biriga mos kelmasligi to’g’risidadir.  

Yaxshi  vrach  –  bu  nafaqat  professionalizm,  ensiklopedik 

bilim,  kerakli  qarorlarni  qabul  qilish,  tibbiy  manipulyatsiya 

texnikasini  egallash,  balki  bemor  bilan  to’g’ri  suhbatlashishni 

bilish  hamdir.  “Vrach”  so’zi  “vrat’”  so’zidan  kelib  chiqqan 

bo’lib, qadimda “gapirish” ma’nosini bildiradi. Kuzatuvlar shuni 

ko’rsatadiki, malakali vrachlar bemor bilan muloqotga, anamnez 

yig’ishga,  fizikal  ko’rsatkichlariga  ko’proq  e’tibor  berishadi, 

instrumental  va  labarator  ko’rsatkichlarni  ikkinchi  darajaga 

qo’yishadi.  Isbotlanishicha,  to’g’ri  tashhis  anamnez  so’roviga 

ko’ra  45-50%  holatlarda,  so’rov  va  fizikal  tekshiruvlarga  ko’ra 

80-85% holatlarda qo’yiladi.  Faqat 15-20% bemorlarda tashhis 

qo’yishda  chuqur  labarator  va  instrumental  tekshiruvlar  kerak 

bo’ladi.  

Bemor  bilan  suhbatlashishi  san’ati,  dialog  qilish  nafaqat 

vrachning  hoxishi,  balki  talantiga  ham  bog’liq.  Vrach  bemorni 

eshitishi va tinglay olishi lozim.  




Download 4,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   424   425   426   427   428   429   430   431   ...   485




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish