Bemor bolalarni operatsiyaga umumiy tayyorlash.
Ba’zi xirurgik kasalliklar: chov churrasi, moyak istisqosi,
kriptorxizm, kichkina o’smalar bemor gospitalizatsiya
qilingandan keyingi kuniyoq operatsiya qilinadi. Bunday
holatlarda
operatsiyadan
oldingi
laborator
tahlillar
gospitalizatsiyagacha poliklinikada tayyorlanib olib kelinadi.
Ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i, buyrak va siydik
chiqarish a’zolaridagi katta va travmatik operatsiyalardan oldin,
shuningdek ba’zi ortopedik operatsiyalardan oldin maxsus
tekshiruvlarga qo’shimcha ravishda bolaning hayotiy zarur
a’zolari holati tekshiriladi. Buyrak faoliyatini, umumiy qon
hajmini va qon tarkibini, plazma va eritrotsitlardagi asosiy
elektrolitlarni miqdorini, azot balansini, gormonal holatini
aniqlash katta ahamiyat kasb etadi. Ba’zi holatlarda qon ivish
faktorlarini va qon ivishiga qarshi faktorlarni bilish juda zarur.
Ushbu harakatlarga binoan xirurgik bo’lim profiliga ko’ra
bemorlarni operatsiyaga tayyorlash o’ziga xos xususiyatlarga
ega.
Operatsiyadan oldingi asosiy tekshiruvlarga kiradi: bola
bo’yi va tana vaznini o’lchash; arterial qon bosimini o’lchash;
qon va siydik tahlili; qon guruxi va rezus-faktorni aniqlash;
ko’krak qafasi a’zolari rentgenoskopiyasi. Qon bioximik
tahlillari natijalariga qarab quyidagicha kompleks davo
498
muolajalari buyuriladi: ratsional va to’g’ri ovqatlantirish, qon
va boshqa oziqlantiruvchi suyuqliklar, vitamin, aminokislota
quyish, davolovchi fizkul’tura va h.o. Tayyorlov ba’zan bir
necha haftagacha cho’zilishi mumkin. Tayyorlov bosqichini
samaradorligi bemor umumiy ahvolini, qon ko’rsatkichlarini
yaxshilanishi, tana vaznini ortishi bilan baholanadi. SHuning
uchun ham buyurilgan muolajalarni o’z vaqtida va to’g’ri
bajarilishini ta’minlash, davriy bemor tana vaznini o’lchash
zarur hisoblanadi. Ba’zi bemorlar bo’limga kasallik xarakteriga
bog’liq holda yoki organizmdagi ikkilamchi o’zgarishlar
natijasida o’rta og’ir yoki og’ir ahvolda yotqiziladi. Ikkilamchi
o’zgarishlar surunkali ochlik, intoksikatsiya, qaytalanuvchi qon
ketishlar va boshqa sabablarga ko’ra bo’ladi. Tashqaridan bu teri
rangparligi, bola aktivligini pasayishi va h.o. belgilardan
bilinadi.
Asosiy
kasallikni
bartaraf
etuvchi
operatsiya
muolajasidan
oldin
individual
qaratilgan
tayyorgarlik
o’tkaziladi, ya’ni bemor umumiy ahvoli yaxshilanpdi,
ikkilamchi o’zgarishlar korreksiya qilinadi.
Bolani operatsiya psixologik tayyorlash ham katta
ahamiyatga ega. Operatsiya uchun yotqizilgan bemor psixik
holati konservativ davo uchun yotqizilgan bemor psixik
holatidan katta farq qiladi, sababi operatsiya katta fizik va psixik
travma hisoblanadi. Bu davrda hamshira rolini baholash juda
qiyin.
His-hayajonga beriluvchi, operatsiyadan qo’rquvchi bolalar
ko’pincha
gapirishadi:
”Meni
operatsiya
qilishlarin
hohlamayman” yoki “Meni qachon operatsiya qilishadi?”,
“Menga og’riqli bo’ladimi?”. Bunday bolalar og’riqni juda qiyin
qabul qilishadi, og’riqqa sezgirligi yuqori bo’ladi, operatsiyadan
keyingi davrda o0riqni yengishga juda qiynalishadi. SHu sababli
ham ular operatsiyaga juda yaxshi tayyorlanishi, kerak bo’lsa
dorilar bilan tayyorlanishi, ota-onasi chaqirilishi lozim. Vrach
o’z vaqtida bemor negativ psixik holati to’g’risida
499
ogohlantirilishi, o’z navbatida bemorga operatsiya kerakligi,
zarurligi to’g’risida yumshoq darajada tushuntirishi lozim.
Ba’zan savol tug’iladi, ya’ni bolaga operatsiya bo’lishi
to’g’risida gapirish kerakmi? Bu savol bir tomonlama hal etilishi
kerak emas. Masalan, maktab o’quvchisi bo’lsa kerak. Katta
yoshli bolalar operatsiyaga tayyorgarlik bosqichi to’g’risida
bilishadi
(nonushtani
to’xtatish,
anesteziolog
ko’rigi,
premedikatsiya va h.o.), hattoki bo’ladigan soatigacha. SHuning
uchun ham ulardan yashirishni hojati yo’q. Maktabgacha
yoshdagi bolalar esa “operatsiya” so’zidan qo’rqishadi,
vaholanki uning ahamiyatini, mohiyatini tushunishmaydi. SHu
sababli ham ularga “Seni stolga yotqizamiz va qorningni chiroq
bilan isitamiz” yoki shunga o’xshash so’zlar bilan aldash lozim.
Bolaga baqirish, so’kish umuman mumkin emas. YUqori
sezgirlikka ega, allargik reaksiya va astma xurujiga moyilligi
bor bolalarga tinchlantiruvchi – “kichik trankvilizatorlar”
beriladi.
Bolalarni rejali operatsiyaga tayyorlash ko’p hollarda
xirurgik kasallik turi va bola yoshiga bog’liq bo’ladi.
Operatsiyadan bir kun oldin vrach infeksiya xavfini
kamaytiruvchi muolajalar o’tkazadi: ichki kiyim va yotoq
choyshablarini almashtirib gigiyenik vanna qabul qilish, katta
bolalarda operatsiya maydoni sochlarini olish. Operatsiyadan bir
kun oldin kechqurun va ertalab tozalovchi ho’qna qilinadi.
Asosan ho’qna oraliq va orqa teshikda o’tkaziladigan
operatsiyalarda juda muhim hisoblanadi. Bunday holalatlarda
operatsiyadan oldin to toza suv chiqquncha 2-3 martalab
tozalovchi ho’qna qilinadi. Ertalab bolaga hech nima berilmaydi
va ichirilmaydi.
Umumiy va maxsus operatsiya oldi tayyorgarligida
hamshira asosiy o’rinni egallaydi. Bu vaqtda u hamma “mayda-
chuydalarga” e’tibor qaratishi lozim. Masalan, balog’at
yoshidagi qizda operatsiyadan bir kun oldin hayz sikli boshlansa
hamshira bu haqda vrachga aytishi kerak, sababi hayz davrida
500
rejali operatsiya o’tkazilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |