Chaqaloqlarni operatsiyaga tayyorlash.
Chaqaloqlar xirurgiyasi bo’limiga xar xil tug’ma kasallikli
bolalarni (hazm qilish trakti, diafragma, o’pkalar, qorin oldingi
devori va boshqalar) va yiringli kasalliklar yotqiziladi.
Operatsiyaga bola ma’lum operatsiya oldi tayyorgarligidan
keyin olinadi. Bunda tayyorgarlik hajmi o’tkaziladigan
operatsiya turi va og’irligiga bog’liq bo’ladi. Shuni unutmaslik
kerakki, chaqaloqlar termoregulyatsiyasi to’liq shakllanmagan.
Chaqaloqlar tez sovuq qotadi va sovuqni yomon qabul qiladi.
Shuning uchun ham operatsiya xonasida maxsus isitkichli
operatsiya stoli bo’lmasa isitkich olib kelib operatsiya davomida
bolaga qo’yib qo’yiladi. Issiqlikni saqlash va sovuq qotishni
oldini olish maqsadida bola oyoqlari paxta qo’yib bintlanadi.
Yana ma’lumki, yuqori haroratda bola operatsiyani yomon
o’tkazadi. SHu sababli operatsiyadan oldin bola tana haroratini
o’lchash va vrachga aytish lozim. Tana harorati 38°Sdan yuqori
bo’lsa vrach haroratni tushiruvchi dorilar buyuradi.
Bolalarni shoshilinch operatsiyaga tayyorlash. Umumiy
qoidalar. Bemorlarni shoshilinch operatsiyaga tayyorlaganda
quyidagilarni inobatga olish kerak. CHo’zilgan har bir soat bola
ahvolini og’irlashtiradi va hayotga xavf soluvchi asoratlar
rivojlanishiga olib keladi. SHu sababli ham operatsiya oldi
tayyorgarligi minimum darajada qisqartiriladi. Qisqa vaqt ichida
operatsiya muvaffaqiyatli o’tishiga kerakli hamma narsa
tayyorlanadi.
Shoshilinch operatsiya o’tkazilishiga olib kelingan
bemorlar oshqozini ko’pincha to’la bo’ladi. Bemorni operatsiya
xonasiga olib kirishdan oldin oshqqozonga zond qo’yiladi va
oshqozon bo’shatiladi. Bu asosan ovqatlangandan keyin kam
vaqt o’tgan bo’lsa juda zarur hisoblanadi. Ushbu qoidani buzish
operatsiya stolida bemorni ovqat massaliri bilan aspiratsiya
bo’lishiga va xavfli asoratlarni yuzaga kelishiga olib keladi.
501
Ko’pincha bolalarda shoshilinch operatsiya yiringli
xirurgik infeksiya (appenditsit, peritonit, osteomiyelit, destruktiv
pnevmoniya va h.o), har xil turdagi ichak tutilishlari (tug’ma,
chandiqli, invaginatsiya), travmatik shikastlanishlar (bosh miya
shikastlanishi, qorin bo’shlig’i yopiq jarohati), qon ketish
sababli o’tkaziladi.
Og’ir ahvolda kelgan bemorga operatsiya oldi tayyorgarligi
qabul bo’limidan boshlanadi. Bunda quyidagi tekshiruvlar
amalga oshiriladi: tana harorati, pul’s, arterial qon bosimini
o’lchash, qon guruhi, rezus-faktor, gemoglobin, gematokritni
aniqlash. Qon ketish, ichak tutilishi, travmatik shikastlanishlarda
shoshilinch operatsiyaga kam vaqt qolgan bo’lsa maxsus
tekshiruvlar o’tkazmasdan Ringer, glyukoza, plazma preparatlari
v\i yuboriladi. Bu dezintoksikatsiya va buzilgan gidroion
holatini tiklashga yordam beradi.
Klinikaga tashqi qon ketish bilan tushgan bemorlar alohida
ahamiyatga ega. Qabul bo’limidayoq qon ketishini to’xtatishga
qaratilgan muolajalar o’tkazilishi lozim (jgut yoki steril bosib
turuvchi bog’lam qo’yish). SHu yerda qon bosim o’lchanadi,
gemoglobin, gemotokrit aniqlanadi, ko’p qon yo’qotishda tezda
qon o’rnini bosuvchi preparatlar quyiladi. Bolani tezda
operatsiya xonasiga olib kiriladi.
Ichki qon ketishda, bemor qon aralash qusgan paytda
oshqozon sohaga va ko’krak qafasiga muzli xalta qo’yiladi.
SHundan
keyingina
bemor
endoskopik
tekshiruvga
tayyorlanadi.
Og’ir xirurgik infeksiya bilan bemorlar uzoq operatsiya
oldi tayyorgarligiga muhtoj. Operatsiyagacha bemorni og’ir
holatdan chiqarish lozim, aks holda u operatsiyani ko’tara
olmasligi mumkin. Bola peritonit, suvsizlanish, intoksikatsiya
alomatlari bo’lsa, yurak-qon tomir sistemasi zararlansa 2-3 soat
buzilgan
funksiyalarni
tiklashga
va
dezintoksikatsiyaga
qaratilgan tayyorgarlik o’tkaziladi. Tomchi holda suyuqlik
quyish boshlanadi va operatsiya xonasida davom ettiriladi.
502
SHunday qilib, operatsiya oldi tayyorgarligi bolalarni
xirurgik davolashda katta o’rin tutadi. U bola holatiga va
yoshiga, operatsiya turiga va vaqtiga bohliq bo’ladi. Kichik
operatsiyalardan oldin klinik tekshiruvlar bilan cheklaniladi.
Katta va travmatik operatsiyalardan oldin nafas olishni,
gemodinamikani, suv-tuz almashinuvi balansini va boshqa
xayotiy a’zolar funksiyasini korreksiyalashga qaratilgan
tayyorgarlik o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |