Nazorat savollari:
1. Narkoz deganda nimani tushunasiz?
2. Anesteziologiya – bu…?
3. Narkozning qaysi turlari tafovut qilinadi?
4. Narkozga ishlatiladigan dorilar tanaga qaysi yo’llar bilan
kiritiladi?
532
5. Narkozning asoratlarini sanab o’ting?
6. Tana haroratini o’lchash texnikasini tartibini ayting?
7. Pul’sni aniqlash va tekshirish tartibini ayting?
8. Arterial bosimni tekshirish tartibini ayting?
BEMORNI OPERATSIYA OLDI DAVRIDA SHIFOKOR
TOMONIDAN OLIB BORILISHI LOZIM BO’LGAN
MUOLAJALARNING AHAMIYATI.
XANTAL, KOMPRESS VA ISITGICHLAR QO’YISH
Bemor kasalxonada yotib operatsiyaga tayyorlanayotgan
vaqti operatsiya oldi davri deyiladi. Bemorni operatsiyaga
tayyorlayotganda operatsiya turi, og’irlik darajasi, asosiy
hayotiy a’zolar holati (yurak, o’pka, jigar, buyrak) va
og`riqsizlantirish turini inobatga olish kerak.
Tibbiyot hodimi vazifasi – bemorni tinchlantirishdir.
Tibbiyot hodimini bemorga yaxshi va o’z vaqtida to’gri
muomalasi bemor bolani tez tuzalishini garovidir. Bolaga toza
havo juda zarur. Qishda bolani issiq kiyintirib xonani
shomollatib turish zarur. Yozda esa derazalarni doimo ochiq
holda, iloji boricha setka bilan qo’yish lozim. Ko’rpa va
choyshablarni toza tutish, qoqib turish lozim, ularda yig’ilmalar
hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim, kamida haftasiga bir
marta almashtirib turish zarur. Agar bolada siydik tuta olmaslik
alomati bo’lsa to’shak usti kleyonka bilan qoplangan bo’lishi,
ustidan
choyshab
to’shalishi
lozim,Bolani
har
kuni
cho’miltirish, har ovqatdan oldin qo’lini yuvish, ko’p terlasa
terini toza, quruq sochiq bilan artib turish va kiyimlarini tez-tez
almashtirib turish lozim. Tana harorati ko’tarilib turadigan
bolalarda doimo quruq lablar bo’ladi. Shu sababli kuniga bir
necha bor lablarni tuzsiz sariyog’ yoki vazelin bilan namlab
turish kerak bo’ladi. Har ichi kelganda albatta bolani oraliq
sohasini yuvish kerak.
533
Bemor bolalar ko’pincha injiq va ta’sirchan bo’ladi.
Gigienik va davo muolajalari, ovqatlantirishlar ko’pincha bola
tomonidan qarshilik bilan kutib olinadi. Shu sababli ham vrach
bolaga kamroq psixik va jismoniy jarohat yetkazmasdan
muolajalarni bajarishi, sabrli bo’lishi lozim. Bemor bolalarga
operatsiya kerakligi to’g’ri tushuntirilishi, operatsiya natijasi
yaxshi chiqishiga ishontirish lozim. Misol tariqasida shunga
o’hshash operatsiyadan yaxshi bo’lib tuzalgan bemorlarni
keltirib o’tish kerak.
Yuqoridagi holatlarni tushuntirishda hamshira ham vrach
bergan ko’rsatmalarga mos holatda tushuntirish o’tkazishi
lozim. Moboda vrach va hamshira tushuntirishlarida qarama-
qarshilikni bemor sezsa, unda tibbiyot xodimiga nisbatan
ishonchsizlik kuzatiladi. Kasallik tarixini bemor qo’liga
tushishidan saqlash lozim. Aks holda maxsus tayyorgarlikka ega
bo’lmagan bemor bola kasallik tarixidagi ma’lumotlarni
noto’g’ri tushunishi mumkin.
Teri qoplamlarini ko’zdan kechirganda yiringdonlar,
yallig’lanish infil’tratlari borligiga ahamiyat qilish lozim.
Operatsiyadan oldin teridagi hamma yallig’lanish o’chog’larnini
davolash zarur, bo’lmasa operatsiyadan keyingi davrda bu
yiringdonlar endogen infeksiya o’chog’i bo’lishi va og’ir
asortalarga olib kelishi mumkin, hattoki yiringli jarayonni butun
organizmga tarqalishigacha. Operatsiyadan bir kun oldin bemor
bola vanna qabul qilishi zarur. Operatsiya maydonidagi
sochlarni operatsiya kuni tozalanadi. Sanitar tozalash ishlari
issiq dush xonasida o’tkaziladi. Agar vanna tavsiya etilgan
bo’lsa suv harorati 36-37°Cdan oshmasligi kerak. Organizm
himoya funksiyasi pasaymasligi uchun bolani sovuq qotishdan
asrash lozim.
Kuniga ikki marta bemor tana haroratini o’lchash lozim.
Haroratni o’lchash vaqti asosan ertalab uyqudan uyg’ongach va
kechqurun kunduzgi uyqudan keyin soat 16-17 larda. Mabodo
tana haroratini tez-tez o’lchash kerak bo’lsa vrach ko’rsatma
534
beradi. Xonada tinch holat hosil qilish lozim. Bolada kunduzi
ham, kechasi ham tinch uyqu bo’lishi lozim. Hamma kuzatuv
natijalarini hamshira yozib borishi shart. Ushbu yozuvlar uchun
bemorga alohida hamshira varag’i ochiladi. Unda tana haroratini
belgilash, ishtahasi, ichi kelishi, siyishi, qusish va h.o.lar
to’g’risida ma’lumotlar bo’ladi.
Bemor bolada operatsiya o’tkazish uchun albatta ota-
onasidan yoki vasiylaridan yozma rozilik olinishi shart. Ularga
operatsiya mohiyati, og’irlik darajasi, kuzatilishi mumkin
bo’lgan asoratlar to’g’risida tushuntirish o’tkazish lozim. Ushbu
qoidaga faqat shoshilinch operatsiyaga muhtojlik bo’lgan va Shu
paytda ota-ona kelmagan holat bo’lsa amal qilinmaydi. Bunday
paytda operatsiyaga ko’rsatma kamida ikkita vrach konsiliumi
asosida qabul qilinadi. Bo’lim boshlig’i va bosh shifokor qabul
qilingan qaror to’g’risida ogohlantiriladilar.
Operatsiyani o’tkazish muddati kasallik xarakteriga bog’liq
bo’ladi. Operatsiya bolani turli yoshida, hattoki yangi tug’ilgan
paytida ham o’tkaziladi.
Operatsiyaga tayyorlash kasallik xarakteriga, bemor
yoshiga va umumiy holatiga bog’liq bo’ladi. Og’ir
operatsiyalardan oldin funksional diagnostika usullaridan
foydalanib to’liq tekshiruvlar o’tkazilishi shart. Bemorni
operatsiyaga tayyorlashda psixologik faktor katta rol o’ynaydi.
Bunda ota-ona, tarbiyachi va bolaning do’stlari yordami zarur
bo’ladi.
Ko’krak yoshidagi bolalar bir kun oldin soat 22:00 gacha
ovqatlantiriladilar. Kattaroq yoshli bolalarga yengil kechki ovqat
beriladi. Operatsiyagacha 3 soat qolganda bolaga shirin choy
berish mumkin. U 2 soatdan keyin so’riladi va qusish
chaqirmaydi. Operatsiya bo’ladigan bemorlarga surgi dori
berilmaydi. Bir kun oldin kechqurun va operatsiya kuni ertalab
huqna qilinadi.
Bemorni shoshilinch operatsiyaga tayyorlash. Qisqacha
anamnez yig’iladi, umumiy ko’rik: perkussiya, auskultatsiya va
535
paypaslash o’tkaziladi. Umumiy qon, siydik tahlili,
rentgenoskopiya yoki rentgenografiya, maxsus ko’rsatmalar
bo’yicha boshqa tekshiruvlar qilinadi. Qabul bo’limida bemor
ahvoliga qarab chala yoki to’liq sanitar tozalash o’tkaziladi.
Shoshilinch holatlarda bemor kiyimi yechiladi, nam gubka bilan
tana artiladi, sochli qismi olinadi. Oshqozon to’la bo’lsa zond
yordamida bo’shatiladi. Huqna qilinmaydi. Siyishda qiyinchilik
bo’lsa siydik qopiga kateter qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |