107
-arterial qon bosimi va puls nazorati
-harorat varaqasini to’ldirish
-bemorning shaxsiy gigeyanasiga rioya qilish
-sudna qo’yish
Maxsus tadbirlar - bu nafas organlari kasalligi
simptomlari (xansirash, yo’tal, qon qusish va og’riq) bilan
og’rigan bemorlarni kuzatish va parvarish qilish choralaridir.
NAFAS OLISH TIZIMI
Nafas olish — bu tashqi muhitdan kislorodning avval
o’pkaga, keyin qonga, so’ngra esa butun organizmning a’zo va
to’qimalariga kelishi va organizmdan karbonat angidrid
gazining chiqarilishi bilan bog’liq jarayon. Nafas olish a’zolari
nafas olish yo’llari (burun bo’shligi, kekirdak traxeya, bronxlar)
va gaz almashtirish a’zosi — o’pkalardan iborat. Nafas olish
harakatlari (nafas olish va nafas chiqarish)da ko’krak qafasi,
diafragma (ko’krak qafasi va qorin bo’shligi oralig’ida
joylashgan muskul), nafas olish yo’llari (ustki va pastki),
o’pkalar ishtirok etadi. Havo burun yoki og’iz orqali olinadi va
burun - halqum yoki og’iz-halqum bo’yicha hiqildoqga, so’ngra
traxeyaga tushadi. Traxeya o’ng va chap o’pkaga mos ravishda
2 bosh bronxga bo’linadi, har biri ko’krak qafasining tegishli
qismida joylashgan bo’ladi. Bronxlar daraxt shoxlari singari
mayda naylarga bo’linadi va havoni alveolalarga yetkazadi.
O’pkaga tushishdan avval olinayotgan havo burun bo’shlig’i va
nafas olish yo’llari tomonidan isitiladi, namlanadi va tozalanadi.
O’pka - juft a’zo. O’pka g’alvirga o’xshaydi va kapillyarlar
bilan o’ralgan million mayda qopchalar — alveolalardan tashkil
topgan. Karbonat angidrid bilan to’yingan qon oqib o’tuvchi
alveola va kapillyar devorlari orqali gaz almashinuvi amalga
oshiriladi. Har bitta o’pka yupqa parda — plevra bilan o’ralgan.
Plevraning asosiy vazifasi — o’pkalar bir maromda qisqarib,
to’g’irlanishidan iborat. Plevra kovaksimon bo’shliqni tashkil
qiladi, unda o’pkaning nafas olish harakatlarida ishqalanishni
kamaytiruvchi 1—2 ml suyuqlik mavjud; plevra bo’shlig’ida
108
nafas olishda so’rib oladigan harakatni amalga oshiruvchi
manfiy bosim bor. Plevra bo’shlig’ining yaxlitligi buzilganda
o’pkaning nafas olish funksiyasi keskin buziladi. Nafas olish
funksiyasi yuqumli kasalliklar, tamaki tutuni, ifloslangan muhit,
chiqindi gazlar bir necha bor ta’sir qilganda buzilishi mumkin.
Nafas olish ko’krak hajmi kattalashishi va o’pkalarning yozilishi
bilan bog’liq. Nafas olish vaqtida gumbazsimon diafragma yassi
bo’lib qoladi.
Bir vaqtning o’zida qovurg’alar orasidagi muskullar
qisqarib, ko’krak qafasini tepaga va yon atrofga cho’zadi. Bu
harakatlar ko’krak qafasi hajmini kattalashtiradi va shu bilan
havo so’rilishini ta’minlaydi. Nafas chiqarish vaqtida diafragma
va ko’krak muskullari bo’shashib, havo chiqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: