109
Nafas olish tavsiflari
Nafas olish ritmi, turi, tezligi va chuqurligi yetarli gaz
almashinuvini ta’minlaydi va o’zaro uzviy bog’liq. Tez-tez,
yuzaki nafas olishda gaz almashinuvi kamayadi, siyrak lekin
chuqur nafas harakatlarida giperventilyatsiya kelib chiqishi
mumkin. Nafas olish markaziy asab tizimi tomonidan tartibga
solinadi. Bosh miya funksiyasi buzilganda nafas to’xtab qolishi
mumkin, natijada shoshilinch yordam zarur bo’ladi.
Me’yoriy nafas olish bir maromda kechadi. Nafas olish
harakatlarining ritmi, tezligi vа chuqurligining buzilishi nafas
qisishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: