Boshqa izoserologik sistemalar.
Rezus-faktorining ochilishi qayta qon
quyilishda, shuningdek ayollarda homiladorlik paytida paydo bo’ladigan antitela
kuchli tekshirishning sababchisi bo’ldi. Bunday yo’l bilan Laseren, Lyuis, Kell,
Daffi, Kidd, Diego izoserologik sistemalari ochildi. Bu sistemalar antigenga
nisbatan antitelani birinchi marta topgan kishilarning familiyasi bilan atalgan.
Bular orasida sud tibbiyoti uchun eng muhimi Lyuis sistemasi hisoblanadi. Bunda
qon dog’ida aniqlanishi mumkin bo’lgan absorbtsiya-elyutsiya va absorbtsiyaning
miqdoriy reaktsiyalari orqali antigenlar topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |