15.11. Kasalxonada o’lgan shaxslar murdasini sud tibbiyoti
tekshiruvning o’ziga xos xususiyatlari
Murdani to’g’ridan to’g’ri tekshirishga kirishishdan oldin ekspert
marxumning tibbiy hujjatlari, shuningdek tez yordam mashinasining kuzatuvchi
qog’ozi (taloni), kasallik tarixi va unga ilova bilan to’lig’icha tanishmog’i zarur.
Kuzatish qog’ozida odatda tez yordamni chaqirilgan vaqti, bemorni qaerdan
olinganligi, qachon va qanday voqea sodir bo’lganligi, taxminiy tashxis hamda
qachon, qaerga olib borilganligi ko’rsatiladi.
Ekspertga taqdim qilinuvchi kasallik tarixi to’lig’icha to’lg’azilgan, etarlicha
ma’lumotga ega epikriz va tugallangan oxirgi klinik tashxis bo’lishi kerak.
Bunday barcha hujjatlardan ekspert xulosasi (akti) ning bayon qismida
kasalxonaga keltirilayotganda bemorning holati, unda topilgan jarohatlanishlar,
o’tkazilgan operatsiyalar (vaqti, soati, nima topilgan, nima qilinganligi-
kesilganligi), olib tashlanganligi, tikilganligi va boshqa davolash muolajalari,
quyilgan qon (uning guruhi, miqdori, bemorning qon guruhi) va qonni o’rnini
bosuvchi suyuqliklar, kasallikni o’tishi haqidagi, asoratlari, reanimatsion
muolajalar, o’limning sodir bo’lish vaqti to’g’risidagi ma’lumotlar ko’chiriladi.
Oxirgi tashxis kasallik tarixida yozilgan tartibda to’lig’icha shakllantiriladi.
Murdani kesib ko’rishda agar u tergovchining qaroriga binoan o’tkaziladigan
bo’lsa, tergovchining ruxsati bilan davolovchi vrachlar taklif qilinadi. Bunda ular
499
ekspertga bemorda kuzatilgan belgilar, unda topilgan jarohatlanishlarning
xususiyatlari, o’tkazilgan operatsiyalar va boshqalar haqida juda muhim aniqliklar
kiritishda ko’maklashadi. Bundan tashqari, murdani tekshirishda davolovchi
vrachni qatnashuvi ularni jarohatlanishlar morfologiyasi va boshqa patologik
jarayonlarga nisbatan bilimini oshirishga imkon yaratadi. Shuningdek ularga
kasallik tarixi va boshqa tibbiyot hujjatlarining sud tibbiyoti uchun axamiyati
to’g’risida aniq ma’lumotlar beradi.
Murdani tashqi va ichki tekshirishda barcha jarohatlanishlar yoki ularning
izlari topilishi va yozilishi, ularning xususiyatlari ko’rsatilishi (rangi, qon
quyilishlar, granulyatsiyaning xarakteri, yiring ajralishi, chandiqning rangi,
qattiqligi va boshqalar) talab qilinadi. Shuningdek barcha tibbiy muolajalarining
izlari aniqlaniladi va yoziladi. Agar yaralar yoki operatsion kesilmalar tikilgan
bo’lsa, ayniqsa ichki organlarda iplarning holati, tomirlardagi ligaturaning
mustahkamligi, anastomozlarning o’tkazuvchanligi tekshirib ko’riladi. Tikilgan
jarohatlanish chetlarini xarakteri, o’lchamlari va shakllarini aniqlashda ulardagi
iplar o’tkir uchli qaychi bilan sekingina kesiladi.
Suyaklar singanda ayniqsa sinchiklab tekshirilishi zarur, chunki yumshoq
to’qimalarni jarohatlanishiga qaraganda suyaklar tiklanish jarayonida kamroq
o’zgarishga uchraydi va asorati ham ozroq bo’ladi.
Murdadan laboratoriya tekshirish uchun (gistologik, sud kimyoviy va
boshqalar) material olish umumiy qoidalarga asoslanadi. Marhumda yuqumli
asoratlar (sepsis, gazli infektsiya va boshqalar) borligiga shubha tug’ilganda,
albatta, material bakteriologik tekshirish uchun olinadi.
Ba’zan kasalxonada bir necha vaqt davomida jabrlanuvchining kesilgan
oyoq-qo’llari, ayrim organlari yoki yaralarning kesib olingan chetlari saqlanadi.
Bunday hollarda ularni talab qilish, ko’zdan kechirish va kerakli paytda
laboratoriya tekshiruvi uchun olish ko’zda tutilgan. Agar xirurgik operatsiya
paytida jabrlanuvchi tanasidan yot jismlar (o’q, sochma va boshqalar) topilganda
ularni tergovchiga topshirilmasdan ko’zdan kechirilishi va tergovchiga uni olish
zarurligi haqida hamda maxsus tekshirish uchun jo’natish haqida maslahat beradi.
500
Murdani kesib ko’rishda topilgan bunday yot jismlar ko’zdan kechirilgan va
yozilgandan keyin tergovchiga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |