Tibbiyot instituti talabalari uchun


Murdalarni hashoratlar, hayvonlar, qushlar va o’simliklar tomonidan



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet383/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

15.3. Murdalarni hashoratlar, hayvonlar, qushlar va o’simliklar tomonidan 
emirilishi
Ochik maydonda, o’rmonda bo’lgan murdalar har xil hayvonlar, 
kemiruvchilar yoki yirtqichlar ta’siriga uchrashi mumkin. Ular murda tanasining 
ochiq joylaridagi yumshoq to’qimalarni va ba’zan murdani to’lig’icha eb 
qo’yishlari ham mumkin.
435


Agar murdalar yaxshi saqlanmaganda kalamushlar murda yuzidagi yumshoq 
to’qimalarni eb qo’yishi kuzatiladi. Ko’pchilik hollarda murdalarni qushlar 
(qarg’alar, quzg’unlar va boshqalar) jarohatlashi mumkin. Qushlar tomonidan 
etkazilgan jarohatlanishlar ham xuddi hayvonlardagi kabi har xil asboblardan 
etkazilgan jarohatlanishlarga o’xshab ketadi. Masalan, quzg’unning tumshug’i 
bilan etkazilgan yara sanchilib-kesilgan yarani eslatadi. Kemiruvchilar va 
yirtqichlar etkazgan murdadagi jarohatlar xarakterli tishsimon qirrali yaraning 
bo’lishi, shuningdek hayvonlar tishining izlari suyakda bo’lishi bilan osongina 
aniqlaniladi.
Murdalar hashoratlar va ularning lichinkalari yordamida anchagina 
emirilishi mumkin. Yilning issiq faslida o’lgandan keyin birdaniga ko’zi, og’zi va 
burun bo’shliqlari atrofida, yaralarda ko’p miqdordagi chivin (pashsha) 
tuxumlarini ko’rish mumkin. Tuxumdan 10-30 soat o’tgach qurtcha hosil bo’lib, 
o’zidan proteolitik fermentlar ajratib yumshoq to’qimalarni emira boshlaydi. Bir 
haftadan keyin qurtchadan qo’g’irchoqcha paydo bo’lib, bu 2 haftadan keyin 
chivinga (pashshaga) aylanadi. Shunday qilib, 15-20
0
S li haroratda chivin 
(pashsha) ning rivojlanish jarayoni taxminan 3 hafta ichida ko’zga tashlanadi. 
Ancha katta haroratda esa chivin (pashsha) ni ko’payishi tezlashadi. Chivin 
(pashsha) ni rivojlanish davrini aniqlash o’limning sodir bo’lish muddatini 
aniqlashda yordamlashishi mumkin.
Chirigan hidli joyda chivin (pashsha) larni yig’ilib qolishini kriminalistik 
maqsadlarda foydalanish mumkin. Ularning yig’ilishiga qarab, ba’zan o’ldirilgan 
odam murdasi ko’milgan joyi aniqlaniladi.
Chivin (pashsha) lichinkalari yangi tug’ilgan chaqaloq yumshoq to’qimasini 
10-12 kun ichida to’lig’icha yo’qotishi, katta odamlarnikini esa 3-4 haftada 
batamom tugatishi mumkin. Chumolilar 4-8 hafta ichida murda tanasini yumshoq 
to’qimalardan yalang’ochlab qo’yishi kuzatiladi.
Murdada topilgan tuxum, lichinkalar va qo’g’irchoq hamda katta o’ziga xos 
hashoratlarni entomologik tekshiruv o’lim sodir bo’lgan vaqtini aniqlashda 
qo’llanilishi taklif qilingan.
436


M.I.Marchenkoning fikricha (1972-1973 yillar) agar murda hashoratning 
kirishi uchun qulay sharoitda bo’lsa, murdaning emirilishi 4 davrga bo’linadi va bu 
o’z navbatida 8 davrchalarga bo’linadi.
Birinchi davr – mikrobning parchalanishi – o’lgan vaqtdan to chirish 
emfizemasi paydo bo’lgangachadagi davr bo’lib, bu tashqi muhit haroratiga 
bog’liq holda 1-2 sutkadan to 1,5 haftagacha davom etadi. Bu davr 4 davrchaga 
bo’linadi:
1) «toza» o’lik – dastlabki murda o’zgarishlari rivojlanguncha bo’lgan davr;
2) dastlabki murda o’zgarishlari 2-3 sutkagacha bo’lgan davr;
3) dastlabki chirish o’zgarishlari – murdaning ko’karishi va chirik vena 
to’rlari paydo bo’lishi;
4) chirigan murdani shishib ketishi.
Birinchi davrda birinchi 2 kunda murdani hasharatlar, ayniqsa chivin 
(pashsha) lar bosib ketib, ular ko’p miqdorda tuxum qo’yadi va murdani eyuvchi 
qo’ng’izlar paydo bo’ladi va natijada chivin (pashsha) larni ommaviy tuxum 
qo’yishi to’xtaydi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish