O’qdan lat egan jarohatlanish.
Tezligini yo’qotgan o’q tanaga urilganda
uncha katta bo’lmagan yuzaki yara paydo bo’lib, bu lat egan yaradan deyarli
farqlanmaydi. Ba’zan bunday o’q tanada faqatgina shilinish va qontalashlar
qoldirish mumkin. Agar o’q katta tezlik bilan kelib tanadagi qoplangan qandaydir
to’siqqa, masalan, bronejilet, zarbadan saqlovchi kiyimga tekkanda suyaklar va
ichki organlarda yopiq jarohatlanishlar kuzatilishi mumkin.
10.3. Otish masofasini aniqlash
Sud tibbiyoti va kriminalistikada 3 xil masofa farqlanadi:
1) tirab otish;
2) yaqin masofadan otish;
3) yaqin bo’lmagan (uzoq) masofadan otish.
Do'stlaringiz bilan baham: |