Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Yara kanali
to’g’ri yoki yoysimon shaklda bo’lishi mumkin. Yoysimon 
kanallar o’qni qattiq to’kimalarga urilishidan yoki jarohatlanish paytida odam 
alohida holatda bo’lganida yuzaga keladi. Agar o’q har xil organlar va to’qimalar 
orqali o’tishda yara kanali tekshirilganda uziluvchan holatda bo’ladi. Bunda 
179


organlar bir-biriga nisbatan siljib ketishi mumkin. Bu ko’pincha ichaklar 
jarohatlanganida ko’zga tashlanadi.
O’qning o’lchami, tezligi, harakat xarakteri va tana to’qimalarining 
xususiyatlariga qarab, yara kanalining ko’ndalang kesimi shakli va o’lchamlari 
ham har xil bo’ladi. Kanal bo’shlig’i odatda jarohatlangan to’qima bo’lakchalari va 
quyilgan qon bilan to’lgan bo’ladi. Uning devori notekis bo’lib, ko’p joyidan 
uzilgan va qon quyilganligi ko’rinadi. O’qning gidrodinamik ta’siri natijasida ichki 
organlarda keng yulduzsimon yara kuzatilishi mumkin.
O’q suyakda quyidagicha jarohatlanishlarni chaqirishi mumkin: yorilishlar, 
siqilish, ko’ndalang yoki qiyshiq sinish, bo’lakchali, bo’lakchali-tuynukli va 
tuynukli sinishlar ko’rinadi. Kallaning yassi suyagida ko’pincha tuynukli sinish 
kuzatiladi. Bunday suyakda yara kanali voronkasimon yoki kesik konus shaklida 
bo’lib bunga qarab yara kanalining yo’nalishini aniqlasa bo’ladi.
Agar o’q kalla suyagi yuzasiga perpendikulyar holda kirsa, uning tashqi 
suyak plastikansida yumaloq shakldagi defekt hosil qiladi. Bunda defektning 
diametri o’kning diametriga to’g’ri keladi. Suyakning ichki plastinkasi esa katta 
hajmda urib tushirilgani uchun hosil bo’lgan teshik voronkasimon shaklga kiradi. 
O’qni kalla suyagidan chiqish joyida ham hosil bo’lgan teshik voronkasimon 
xarakterga egaligi ko’rinadi. Kirish teshigidan farqi bunda bu teshikning keng 
asosi tashqariga qaraganligi ko’zga tashlanadi.
Suyakdagi teshikning diametriga qarab taxminan o’qning kalibrini aniqlash 
mumkin. Agar o’q suyakka yonbosh qismi bilan kirgan bo’lsa, teshikning shakli va 
o’lchamiga qarab bu o’qning turi haqidagi fikrga kelish mumkin.
Naysimon suyaklarning epifizida o’q ta’sirida ko’pincha tuynukli kanal hosil 
bo’ladi. Bunday suyaklarning diafizida bo’lakchali yoki bo’lakchali-tuynukli 
sinishlar ko’zga tashlanadi. Agar bunday suyaklardan bo’lakchalarni olib bir-biriga 
yopishtirsak, bunda o’qning kirish va chiqish joyini aniqlash mumkin. Odatda 
kirish tomonida noto’g’ri oval shakldagi defekt bo’lib, undan har tomonga qarab 
yoriqchalar tarqaladi. Yoriqchalarning bir qismi diafiz uzunligiga nisbatan qiyshiq 
yo’nalishda joylashib, uning yonbosh tomonidagi siniqlar uchburchak yoki 
180


trapetsiya shaklida bo’ladi. Bu siniqlar kapalak qanotini eslatadi. Shuning uchun 
ham naysimon suyaklaridagi bunday sinishlarga kapalaksimon sinishlar deyiladi. 
Bunda o’qning chiqish tomonidagi defekt kirish tomonidagi defektga qaraganda 
katta o’lchamli bo’lib bundan yoriqchalar tarqaladi va ularning ko’pchiligi 
uzunasiga joylashganligi ko’zga tashlanadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish