Tibbiyot instituti talabalari uchun


Transportdan jarohatlanish sud tibbiyoti ekspertizasi va voqea sodir



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

7.7. Transportdan jarohatlanish sud tibbiyoti ekspertizasi va voqea sodir 
bo’lgan joyni kuzatishning o’ziga xos xususiyatlari
Voqea sodir bo’lgan joyni kuzatish xususiyatlari
Avtomobil yoki temir yo’l transportidan jarohatlanishda sud tibbiyoti eksperti 
ishtirokida voqea sodir bo’lgan joyni kuzatishni o’z vaqtida va sifatli o’tkazish 
ko’pincha yo’l transport hodisalarini muvaffaqiyatli o’rganishga bog’liq. Bunda 
murdadan tashqari, transport vositalari, u bilan to’qnashgan predmetlar va voqea 
sodir bo’lgan yo’l qismi (temir yo’l polotnosi) majburan ko’zdan kechiriladi. 
Ammo kuzatish qatnashchilari kelguniga qadar voqea sodir bo’lgan joyda murda 
va transport vositasi har doim ham bo’lmasligi mumkin. Shaharlarda murda tezlik 
bilan olinadi, avtomashina (ko’pincha shahardan tashqaridagi magistrallarda) 
yashirilishi, poezd esa, odatdagidek, grafik bo’yicha o’z yo’lini davom ettirishi 
mumkin. Bu, o’z navbatida, ko’zdan kechirishni qiyinlashtiradi, ammo bunda 
bunday hollardan voz kechish yaramaydi.
Murdani ko’zdan kechirishda uning transport vositasiga nisbatan holati, 
132


uning izlari, rels tarmoqlari; murdaning vaziyati; kiyimlarida transport izlari 
(g’ildirak protektori tamg’asi izlari va boshqalar), bo’yoqlar, shisha bo’lakchalari, 
yog’lovchi moddalar, yo’ldagi ifloslanish qavati zarrachalari borligiga alohida 
ahamiyat beriladi. Ayniqsa, kiyimidagi g’ildirak protektori tamg’asini to’lig’icha 
yozish va suratga olish, undagi ifloslanish-changlanish qavatlarini ko’rsatish 
muhim ahamiyatga egadir, chunki ular murdani tashish paytida yo’qolib ketishi 
mumkin. Bundan tashqari, murda dog’larining o’zgarish darajasi, tashqi 
jarohatlanishlarning xarakteri va joylashgan joyi o’rganiladi. Temir yo’l transporti 
hodisalarida bo’laklarga bo’lingan odam tanasi qismlarini temir yo’l polotnosining 
ancha uzoq masofasida (ba’zan bir necha o’nlab kilometr masofada) topish 
mumkin.
Transportni (avtomashinalar, poezd, mototsikl) ko’zdan kechirish, albatta, 
sud tibbiyoti eksperti ishtirokida amalga oshirilishi zarur. Bunda avtomashinada 
uning odam tanasiga urilish izlari: tirnalishlar, kuzovning deformatsiyasi va 
jarohatlanishi, bo’yoqlarining ko’chib ketishi, ifloslanish yoki chang qavatining 
ko’chishi, fara va fara tagi, kabinalar shishalarining sinishi ko’zga tashlanadi. 
Bunday izlarni jabrlanuvchi tanasidagi izlar bilan solishtirish keyinchalik 
transportning qaysi qismi bilan urilganligi to’g’risidagi savolni echishda yordam 
beradi. Ayniqsa, ekspertning o’rni kam ko’zga tashlanuvchi ashyoviy dalillar: 
qonning izi, soch, bosh miya bo’lakchalari, teri tagi kletchatkasi, kiyimlarni 
uzilgan bo’lakchalarini topishda kattadir. Bular avtomashina va poezdning har xil 
joylarida topilishi mumkin. Qishda bu zarrachalar transportning metalldan 
yasalgan qismlariga yopishib muzlab qoladilar va uzoq muddatda saqlanadilar.
Yo’lda (temir yo’l polotnosi) transport vositasining izlari, uning harakat 
yo’nalishi, tormozlanish va to’xtash izlari, shuningdek, har xil qismlari va 
detallari: (urilish paytida ajralgan) shisha bo’lakchalari, bo’yoq zarrachalari, 
gaykalari, ag’darilgan yuk va boshqalar ko’zga tashlanadi. Bundan tashqari, yo’lda 
jabrlanuvchi tanasidagi kiyim bo’laklari va oyoq kiyimlari, qon izlari, organ va 
to’qima bo’lakchalari, sudralish izlari kuzatilib, bular transportni odam tanasi bilan 
to’qnashgan joyi va transportning harakat yunalishini aniklashda yordamlashadi. 
133


Voqea sodir bo’lgan paytda topilgan yuqorida keltirilgan ma’lumotlar murdada 
topilgan jarohatlanishlarning sodir bo’lish mexanizmi to’g’risidagi savolni 
echishda ko’maklashadi. Voqea sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish jarayoni 
suratga olinadi va uning reja-sxemasi tuziladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish