oshirishi uchun jihozlangan bo’lishi kerak. Standart taxlangan narsalar bo’lmagani
uchun quyidagicha mulk nabori taklif qilinadi.
Medikamentlar: atropin va pilokarpinning 1-foizli eritmasi (murda ko’zining
oldingi kamerasiga tomizish uchun),
ammiakning suvli eritmasi, valeriana,
korvalol, kamfora, kofein, adrenalin, perekis vodorodi, yodning spirtli eritmasi,
spirt va boshqalar.
Doimiy foydalanish uchun kerakli narsalar: xalat, qalpoq, sochiq, 2 ta
skalpel, 2 ta pintset, qaychi, nevrologik bolg’acha, fonendoskop, lineyka, ruletka,
elektr yoritgichi, murda dinamometri shkalasi -30
0
S dan +50
0
S gacha bo’lgan
termometr, lupa, sekundomer,
shprits ignasi bilan, murda mushakini elektr
o’tkazuvchanligini tekshirish uchun elektrostimulyator va boshqalar.
Sarflanuvchi mulklar: bintlar, paxta, yopishqoq plastir, rezinali qo’lqop,
sovun, qalamlar nabori,
shishaga yozadigan qalam, gugurt, yozadigan qog’oz,
konvertlar, bloknot, surguch, probirkalar, predmet shishasi, flakonlar,
har xil
qoplamalarni tushurish uchun daktiloskopik plyonkalar, bir marta foydalaniladigan
shpritslar, blankalar, sxemalar, biologik materiallarni olish uchun polietilenli
paketlar bo’lishi zarur.
Yuqorida ko’rsatilgan naborlar alohida chiqarilmaydi, ammo ularni yig’ish
qiyin emas.
Vrach o’zining tibbiyot bilimi darajasiga qarab, voqea sodir bo’lgan joyda
quyidagi vazifalarni bajaradi: o’limning sodir bo’lganligini
aniqlaydi; murdani
ko’zdan kechirishda tergovchiga ko’maklashadi va bu kuzatish natijalarini yozadi;
bu holat uchun barcha muhim o’ziga xos ma’lumotlarga tergovchining e’tiborini
jalb qiladi va o’zi tomonidan bajarilayotgan muolajalar, masalan, ko’ziga
pilokarpin tomizishdan maqsad, dog’da qon borligini
aniqlash uchun taxminiy
reaktsiyalar va boshqalar haqida ma’lumot beradi; tergovchiga ashyoviy dalillarni
topish, qotirish, olish, yaxshilab o’rash hamda sud tibbiyoti va sud kimyoviy
tekshiruvi (qon, sperma dog’i, soch, zaharlar, medikamentlar va boshqalar) uchun
jo’natishga tayyorlashda ko’maklashadi. Bundan tashqari, u tergovchiga murdani
ko’zdan kechirishda o’limning sodir bo’lgan vaqti, topilgan jarohatlanishning
448
xarakteri, ularning qaysi predmet
tomonidan etkazilganligi, murdaning holati
o’zgarilganligi va boshqa masalalarni aniqlashda ham maslahatlar beradi. Bunda
vrachning barcha javoblari taxminiy xarakterga ega bo’lib, voqea sodir bo’lgan
joyda faqat og’zaki shaklda beriladi.
Voqea sodir bo’lgan joydan murdani kesib ko’rish uchun o’likxonaga
jo’natiladi. Murda bilan birgalikda sud tibbiyoti tekshiruvi uchun murdani
kuzatuvchi hujjat yoki ekspertiza o’tkazish uchun tergovchining qarori va
shuningdek voqea sodir bo’lgan joyni kuzatish
bayonining ikkinchi nusxasi
jo’natiladi. Ashyoviy dalillar uchun olingan materiallarni kuzatuvchi hujjat bilan
tergovchi kerakli laboratoriyaga jo’natadi.
Ayrim hollarda ekspert va tergov ishlarida voqea sodir bo’lgan joyni
qo’shimcha yoki qayta ko’zdan kechirish mustaqil va majburan o’tkazilishi
mumkin. Bunday holat murda tekshirilgach birdaniga ekspert va tergovchi
tomonidan bajarilishi taklif qilinadi. Qayta ko’zdan kechirish ayniqsa odam
o’ldirilgan paytda, ayrim ishlab chiqarish va transport jarohatlanishlari, shuningdek
jarohatlanish mexanizmini aniqlash murakkab bo’lgan hollarda amalga oshiriladi.
Voqea sodir bo’lgan joyni qo’shimcha ko’zdan kechirishda murdada barcha
topilgan jarohatlarni jarohatlovchi predmetlar bilan
solishtirish imkoniyati
tug’iladi. Jabrlanuvchi va hujum qiluvchining bir biriga nisbati to’g’risidagi
savolga javobning ob’ektivlik darajasi ortadi. Murdaxonada jarohatlanish
tekshirilgach, voqea sodir bo’lgan joyda yana qanday muhim belgilar va qanaqa
biologik ashyoviy dalillar topilishi mumkinligi to’g’risida asosli taxminlar paydo
bo’ladi. Murdada topilgan jarohatlanishlar bilan birlamchi va qo’shimcha ko’zdan
kechirish natijalarini solishtirishda sud tibbiyoti ekspertida ancha to’liq va aniq
tergovchining savollariga javob berish imkoniyati to’g’iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: