Mavzu: PASKAL QONUNI VA UNING QO‘LLANILISH Mavzu: PASKAL QONUNI VA UNING QO‘LLANILISH - a) Ta’limiy: O’quvchilarga PASKAL QONUNI VA UNING QO‘LLANILISHI haqida tushuncha berish.
- b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
- c) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
- Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
- Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash, Express test.
- Darsning jihozi: Darslik, kompyuter, videoproyektor, tarqatma materiallar.
1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
15 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Uyga vazifa
|
3 daqiqa
| Tashkiliy qism Tashkiliy qism - O’quvchilar bilan salomlashish
- Davomatni aniqlash
- Darsga tayyorgarlik ko`rish
O’TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH O’TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH 1. Bosim deb nimaga aytiladi? Bosim deb, sirtning birlik yuzasiga ... A) tik ravishda ta’sir qiluvchi kuchga ... B) ta’sir qiluvchi kuchning sirt yuziga nisbatiga ... C) ta’sir qiluvchi kuch bilan sirt yuzi ko'paytmasiga ... D) ta’sir qiluvchi kuchga ... 2. bosimning birligi nima? a) Nyuton b) paskal c) km d) Joul 3. Bosimning formulasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang? a) P=FS b) P=F+S c) P= d) P= 4. Bosimni kamaytirish uchun nima qilish kerak. a) Yuzani kattalashtirish kerak b) yuzani kamaytirish kerak c) kuchni oshirish kerak d) kuchni kamaytirish kerak 5. G‘isht stol ustiga rasmda tasvirlangandek, 3 xil holatda qo'yilgan. G'ishtning qaysi holatida uning stolga bosimi eng katta? 1 2 3 A) 3 В) 2 С) 1 D) hamma holatlarda bosim bir xil
Quyidagi tajribani o‘tkazib ko‘ring. Iste’ molda bo‘lgan bir marta ishla tiladigan shprits va bolalar puflaydigan sharni oling. Shprits ignasini sharchaga bir necha marta sanchib oling. Sharcha ichiga suv quyib, og‘zini ignasi olingan shpritsga kiydiring. Shprits porshenini asta-sekin bosing. Bunda shar ichidagi bosim ortadi. Sharcha teshikchalarining barchasidan suv otilib chiqa boshlaydi (28-rasm).
Yangi mavzu
Demak, porshen orqali berilgan bosim suyuqlik yoki gazda faqat porshen yo‘nalishida emas, balki hamma tomon ga uzatilar ekan. Bu qonuniyatni 1653-yilda fran suz olimi Blez Paskal o‘rgangan. Qonun quyidagicha ta’riflanadi.
Suyuqlik va gaz o‘ziga berilgan tashqi bosimni hamma tomonga o‘zgarishsiz uzatadi.
Suyuqlik yoki gaz o‘ziga berilgan tashqi bosimni uni tashkil qilgan zarralari orqali uzatadi. Zarralar bosimni uzatishi uchun ular harakatda bo‘lishi kerak. Haqiqatan ham, ko‘pgina hodisalar (havoda hidning tarqalishi, suvda siyohning erishi) suyuqlik va gaz zarralarining harakatda ekanligini tasdiqlaydi.
Og‘irlik kuchini hisobga olmaganda, suyuqlik yoki gaz zarralarining idish devorlariga bergan bosimi hamma yo‘nalishda bir xil bo‘ladi.
Paskal qonunidan texnikada keng foydalaniladi. Barcha avtomobillarda, poyezdlarda qo‘llaniladigan tormozlash sistemasi, yer qazuvchi, yuk ortuvchi traktorlarda gidrav lik press deb ataluvchi qurilma ana shu qonun asosida ishlaydi.
Mustahkamlash Mustahkamlash 1. Paskalning qonuni qanday? a) Suyuqlik yoki gazga berilgan tashqi bosim hamma tomonga o’zgarishsiz uzatiladi. b) gazga berilgan tashqi bosim hamma tomonga o’zgarishsiz uzatiladi. c) Suyuqlikka berilgan tashqi bosim hamma tomonga o’zgarishsiz uzatiladi. 2. Gidravlik press asosiy formulasi to’g’ri ko’rsatilgna javobni belgilang? a) b) c) d) 3. Porshen orqali berilgan bosim suyuqlik yoki gazda faqat porshen yo‘nalishida emas, balki hamma tomonga uzatilar ekan. Bu qonuniyatni nechinchi yilda fransuz olimi Blez Paskal o‘rgangan a) 1650-yilda b) 1653-yilda c) 1652-yilda d) 1655-yilda 4. Gidravlik press nimaning hisobiga kuchdan yutuq beradi? a) Yuzadan b) Posim c) uzunlik d) vaqt 5. 15 kPa necha Paskalga teng? A) 150 Pa B) 1500 Pa C) 15 Pa D15000 Pa Uyga vazifa Uyga vazifa 1. Darslikda berilgan mavzuni o’qib kelish. 2. Savollarga javob yozib kelish. 3. Mavzuga doir savollar tuzib kelish. 1. Paskal qonuni qo‘llaniladigan yana qanday qurilmalarni bilasiz? 1. Paskal qonuni qo‘llaniladigan yana qanday qurilmalarni bilasiz? 2. Gidravlik pressda suyuqlik o‘rniga havo ishlatilsa bo‘ladimi? 3. Amaliy topshiriq Paskal qonunini sellofan xaltaga suv solib, tajribada tekshirib ko‘ring.
Savollarga javob yozib keling.
Do'stlaringiz bilan baham: |