dixloretan va boshqalar).
2. Uchuvchi xossaga ega bo’lmagan, narkotik
va uyqu chaqiruvchi
moddalar.
3. Gangituvchi ta’sir ko’rsatuvchi alkaloidlar (morfin va boshqalar).
Etil spirti
(etanol) o’ziga xos hidli, rangsiz, kuydiruvchi ta’sir ko’rsatuvchi
tiniq suyuqlik bo’lib, sanoatda, tibbiyot amaliyotida va turmushda keng ishlatilib,
barcha tarqibida spirti bo’lgan ichimliklar tarkibiga kiradi.
Etil spirti odam organizmiga kuchli ta’sir ko’rsatuvchi, hujayra
tsitoplazmasida o’zgarishlarni chaqiruvchi zaharli modda hisoblanadi. Organizmga
narkotik ta’sir qiladi. Ozgina miqdorda qabul qilinganda ham markaziy nerv
sistemasi, avvalo bosh miya po’stlog’i faoliyatini buzadi. Unga tormozlovchi va
susaytiruvchi ta’sir ko’rsatishidan tormozlanish, po’stloq
osti markazlarida esa
qo’zg’alish kuzatiladi. Bundan tashqari, alkogoldan zaharlanishda vegetativ nerv
sistemasi va ichki organlar funktsiyasining buzilishi ko’zga tashlanadi.
Organizmda etil spirti alkogol degidrogenaza fermenti ta’sirida yuqori
zaharli metabolit atsetaldegid hosil bo’ladi va bu o’z navbatida aldegid
degidrogenaza ta’sirida sirka kislotasi va suvga parchalanadi. Alkogol qabul
qilingandan keyin atsetilaldegid uzoq vaqt davomida yoqimsiz sezgilar kompleksi
va
nafas olish, qon aylanishi va markaziy nerv sistemasida buzilish belgilarini
chaqiradi.
O’tkir alkogol bilan zaharlanishda etanolning to’g’ridan to’g’ri ta’sir qilishi
natijasida nafas olish markazining falajlanishidan o’lim sodir bo’ladi. Ko’pincha
alkogol bilan zaharlanishda qusish kuzatilib, u davrda qusuq massalari nafas olish
yo’llarini bekitib nafas olish bug’ilishi mumkin. Bunday hollarda odatda
murdaning qonidan etanolning toksik kontsentratsiyasi topilganda yurak va ichki
organlarda patologik o’zgarishlar topilmagan taqdirda ham o’limning sababini
aniqlashda hech bir qiyinchilik tug’ilmaydi. Murdani kesib ko’rishda
murda
bo’shliqlari va ichki organlaridan etanolning hidi sezilib turadi. Bosh miya
moddasi va uning pardalari odatda shishganligi, kuchli to’laqonliligi ko’rinadi.
Kekirdak va bronxlarda ko’p miqdorda shilimshiq modda,
qusuq massalari
318
yutilganida esa oshqozondagi bor narsalar topiladi. Vistseral plevra va epikardda
mayda qon quyilishlar kuzatiladi. O’pkasida to’laqonlik, shishish, alohida yoki
ko’plab qon quyilish o’choqlari aniqlaniladi. Jigar, buyrak, taloqda kuchli
to’laqonlilik bo’ladi. Siydik pufagi ko’pincha tiniq siydik bilan to’lganligi
ko’rinadi. Mikroskop tagida tekshirilganda ichki organlar
qon tomirlari devori
o’tkazuvchanligining oshib ketish belgilari (qon tomiri devorining siyraklashuvi,
shishishi, plazmatik shimilishi, endoteliya hujayralarining ko’chib tushishi,
perivaskulyar bo’shliqning shishishi, tarqalgan diapedez qon quyilishlar) topiladi.
Alkogol qabul qilgandan keyin zaharlanish avj olgan davrda emas,
balki
ancha keyinroq, ba’zan 1-2 sutka o’tgandan keyin qonda etanolning
kontsentratsiya past bo’lganda va hatto u qonda bo’lmaganda ham o’lim sodir
bo’lishi mumkin. Bunday hollarda surunkali alkogol iste’mol
qiluvchilarda
kardiomiopatiyadan yoki alkogol bilan zaharlanish asosida rivojlangan yurakning
ishemik kasalligidan o’tkir yurak etishmovchiligi natijasida o’lim sodir bo’lishligi
ko’zga tashlanadi.
Alkogolga sezuvchanlikning har xil bo’lganligi, shuningdek uni iste’mol
qilishning har xil sharoitlariga (ichimlikning o’tkirligi, organizmga kirish tezligi,
oshqozonni ovqatga to’laligi va boshqalar) ko’ra etil spirtining qandaydir bir xil
o’ldiruvchi dozasini aniqlash qiyin. Ichmaydigan odamlar uchun 100-150 g toza
etil spirti ham o’ldiruvchi doza hisoblansa, doimo ichib yuruvchilarda esa toza etil
spirtining 600-800 g. ham o’limga olib kelmasligi mumkin.
Etil spirtidan o’tkir zaharlanishning tashxisi sud-kimyoviy tekshiruvida
barcha ob’ektlar kompleksi: qon, siydik, orqa miya suyuqligi va oshqozonda
bo’lgan narsalarni tekshirish orqali qo’yiladi. Faqat bitta qonni tekshirish orqali
alkogol bilan zaharlanish davomliligi va uning davrlari haqida, ayniqsa qondagi
etanolning miqdori kam bo’lgan taqdirda qandaydir xulosaga kelish qiyin. Murda
qonidan 3,5-4 promile va undan yuqori etanol miqdorining ekspert tomonidan
topilishi, agar yurak-qon tomirlari kasalliklari topilmasa, odatda o’lim etanoldan
o’tkir zaharlanish tufayli sodir bo’lganligi haqidagi xulosaga kelishni taqozo qiladi.
Etanolni tezda oqsidlanish va organizmdan chiqib ketishini hisobga olganda sud-
319
kimyoviy tekshirish usuli faqat alkogol qabul qilgandan keyin bir sutka
ichida
natija musbat bo’lishi mumkin. Bunda etanol bilan birgalikda murda materialida
atsetaldegidni ham miqdoriy jihatdan aniqlashni tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: