Tibbiyot instituti talabalari uchun


 Temir yo’l halokatida vagon ichida jarohatlanish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

5. Temir yo’l halokatida vagon ichida jarohatlanish.
Kam tekshirilgan 
temir yo’l jarohatlanishi hisoblanadi. Bunda jarohatlanish o’rindiq suyanchig’iga 
urilish, yuqori polkadan yiqilish, tananing vagoni pachoqlangan qismlari bilan 
siqilishi va boshqa hollarda ko’zga tashlanadi. Ko’pincha oynaning singan 
parchalari bilan kesilgan yaralar yuzaga keladi.
128


7.6. Suv transportidan jarohatlanish
Dengiz va daryo kemalaridan foydalanish jarayonida odamni halokatga olib 
keluvchi jarohatlanishlar baxtsiz hodisalar tufayli sodir bo’lishi mumkin. Bunda 
odatda ekipaj a’zolari (dengizchilar, baliqchilar) jarohat olishi mumkin, ba’zan 
yo’lovchilarning jarohatlanish sababchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, 
harakatlanuvchi suv transporti qismlari ta’sirida kemadan tashqarida suvda bo’lgan 
kishilar ham jarohatlanishi mumkin.
Ekipaj a’zolari ko’pchilik hollarda yuklash va yukni tushirish paytida, 
kemani bog’lab qo’yish paytida, ob-havo shtormasida jarohatlanishlar sodir 
bo’lishi mumkin. Kemada jarohatlanishlarning ko’pchilik turlari balandlikdan 
tushib ketganda moryaklar hamda yo’lovchilarda kuzatilishi mumkin. Mexanik 
jarohatlanishlardan tashqari, kemada elektr tokidan jarohatlanish, kuyish, 
gazlarning umumiy va partsial bosimining keskin o’zgarishi, shuningdek cho’kish 
tufayli jarohatlanishlar ham yuzaga keladi.
Yuklash va yuk tushirish paytida jarohatlanish tushirilayotgan yukning 
urilishi yoki siljishi tufayli siqilishdan yuzaga keladi. Kemalar yirik gabaridli 
massiv yuklarni tashish paytida ularning ta’sirida bir vaqtning o’zida odam 
tanasining bir necha qismida (boshi, tanasi, oyoq-qo’llari) og’ir bir-biriga 
qo’shilgan jarohatlar sodir bo’lishi mumkin. Tananing siqilishidan boshi, ko’kragi 
deformatsiyalanishi, chanog’i yorilishi, ichki organlarning uzilishi va bir 
bo’shliqdan ikkinchi bo’shliqqa almashinishi mumkin. Bundan tashqari, tana 
skeleti suyaklarining ko’p joyidan sinishi va hatto tananing majaqlanishigacha 
bo’lgan holatlar ko’zga tashlanadi. Har bir aniq holda sodir bo’ladigan 
jarohatlanishning joylashuvi va o’ziga xos xususiyatlari yuk yuzasining xarakteri 
va yukning og’irligiga bog’liq bo’ladi.
Kemani shvartovka bilan bog’lashda, ayniqsa, shtormali ob-havoda odam 
tanasining shtormga uchragan kema borti orasida yoki kema borti va arqon orasida 
siqilishdan tananing bir-biri bilan qo’shilgan og’ir o’tmas jarohatlanishi, 
sirg’anishdan-keng hoshiyalanish, shilib olingan yaralar, suyak tagidagida 
129


joylashgan yumshoq to’qimalarning shtormga uchragan kemalarning bortida 
qo’shilib ketishi natijasida ham jarohatlanish olishi mumkin (Volkov V.V., 1973).
Kemani shvartovka jarayonida yoki kema arqonini bo’shatish paytida 
trosning uzilishi yoki troslarning buralib ketishidan xosil bo’lgan xalqa sirtmog’ida 
o’ralishi tufayli odam tanasi jarohatlanishi mumkin (Lukash A.A., 1961; Budrin 
Yu.P., 1969; Volkov V.V., 1969). Ba’zan tros uzilib ketgach, uning erkin tomoni 
gavronsimon harakatlanib, katta kuch bilan urilishi mumkin. Bunda odatda kuchli 
mexanik jarohatlanishlar ko’zga tashlanib, bu chegaralangan urilish yuzasiga ega 
o’tmas vositalar bilan kuchli urilish uchun xarakterlidir.
Balandlikdan yiqilishdan jarohatlanish, elektr tokidan jarohatlanish, kuyish, 
gazlarning umumiy va partsial bosimining keskin o’zgarishi yuqoridagi 
jarohatlanishlardan keskin farqlanmaydi. Bunday jarohatlanishlarning o’ziga xos 
xususiyatlari boshqa boblarda keltirilgan.
Dengizda cho’kish bir kemadan ikkinchi kemaga o’tishda, qayiqqa o’tish 
paytida, kemadan suvga tushib ketganda va boshqa hollarda ko’zga tashlanadi. 
Dengiz kuchli to’lqini jabrlanuvchida og’ir mexanik jarohatlanishning sababchisi 
bo’ladi. Masalan, to’lqin shtormasi odamni oyog’idan urib, uni ko’tarib, katta kuch 
bilan kema palubasiga, ustki qavatiga, yuklarga uradi. Odatda bunday hollarda 
o’limning sababi kalla-miya jarohatlanishi bo’lib, bu kalla suyaklarining sinishi va 
bosh miyaning lat eyishi bilan xarakterlanadi.
Kemadan tashqaridagi odam odatda vint qirralari va suv tagidagi kema 
qanotlari yordamida jarohatlanadi. Kemaning suv tagidagi qanotlari ta’siridan 
jarohatlanish juda xarakterlidir. Kemaning burun qanoti oldingi o’tkir qirrasi bilan 
urilganda, masalan, «Raketa» yoki «Meteor» tipidagi kemalar juda katta tezlik 
bilan urilganda odam tanasini bo’laklarga bo’lib yuborishi mumkin. Boshi 
tanasidan ajralishi, boshining bo’linishi, tanasi, oyoq-qo’llarining bo’linishi 
kuzatiladi. Bo’linish odatda bir xil yo’nalishda bo’lib, jarohatlanish chetlari tekis 
yoki mayda tishchali holda ko’rinadi, ammo hoshiyalanish va qon quyilish 
kuzatilmaydi.
Yassi yuzali bo’linish, ayniqsa, g’ovak suyaklarda yuzaga keladi. Umuman 
130


aytganda kemaning suv tagi qanotidan jarohatlanish chopilgan yaraga juda ham 
o’xshaydi (Ushakov V.V., 1966; Kupriyanov B.N., 1975).
Vint qirralari ta’siridan yuzaga keluvchi jarohatlanishlarning o’ziga xos 
xususiyatlari ko’pgina faktorlarga bog’liq: vintning soniga, har bir vintdagi 
parraklar soniga, ularning buralish tezligiga, jarohatlanish paytida jabrlanuvchi 
tanasining holatiga. Shuning uchun ham dengiz kemalari vintlarining qirralari katta 
o’lchamli va og’irlikda bo’lib, ular lat ediruvchi – parchalovchi – yorib yuboruvchi 
ta’sir ko’rsatib, odamning boshi, umurtqa pog’onasida qo’pol mexanik 
jarohatlanishlar hamda oyoq-qo’llarining ajralishini yuzaga keltiradi. Dengiz 
kemasi vintlari qirralari bilan etkazilgan jarohatlanishlar uncha katta bo’lmaydi. 
Odatda chopilgan yoki yirtilib lat egan yaralarni eslatuvchi yaralar paydo bo’ladi. 
Yaralar soni vintning buralish tezligi va parraklari soniga bog’liq bo’ladi. Odatda 
ikki-uchta yaralar hosil bo’lib, tananing bir qismida bir-biriga yaqin joylashadi. 
Ba’zan ular shilib olingan, ajralgan va yumshoq to’qimalardan hosil bo’lgan loskut 
bir tomonga qaragan bo’ladi. Kalla suyagining jarohatlanishi ochiq chiziqli silliq-
yorilgan shaklda bo’ladi.
Kemaning suv tagi qanoti yoki vint qirralaridan jarohatlanish tufayli o’lgan 
odam murdalarini sud tibbiyoti usulida tekshirishda doimo jarohatlanishning 
tiriklik belgilari haqidagi savolga javob berishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda 
savol ancha murakkab bo’lib, murda tanasi va qismlarining suvda bo’linishi tufayli 
jarohatlanish chetlaridagi quyilgan qon yuvilib ketadi. Bu savolni hal qilish uchun 
kerakli kompleks qo’shimcha tekshiruv usullaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, 
ayrim hollarda, murdani tekshirayotganda cho’qishning ko’zga tashlanuvchi 
belgilari topiladi. Bu o’z navbatida kemaning suv tagidagi qanoti yoki vint 
qirralariga tirik odam emas, balki murda tushganligi to’g’risidagi ma’lumotni 
aniqlashda ko’maklashadi.
Umuman aytganda suv transportidan jarohatlanish masalasi sud tibbiyoti 
ekspertizasida etarlicha o’rganilmagan. Ko’pincha ekspertda jarohatlanishning 
sodir bo’lish holati, voqea sodir bo’lgan joyni kuzatish imkoniyati yo’qligi va 
kerakli ashyoviy dalillarni olish iloji bo’lmaganligi ekspertiza o’tkazishda 
131


anchagina qiyinchiliklar tug’diradi. Murdani muzlagan holda murdaxonaga 
keltirishda; kavsharlangan holda tobutda; kuchli chirigan holatda; suvda uzoq 
muddatda bo’lganda; chet el portlarida murda birlamchi tekshirilishi tufayli uning 
ichki organlari bo’lmaganda yoki ular har xil qotiruvchi suyuqliklarni bilan 
qotirilganda anchagina texnik qiyinchiliklar tug’iladi (Bedrin Yu.P., 1973).
Kema portiga qaytib kelgandan keyin voqea sodir bo’lgan joyni kech 
ko’zdan kechirish ham ekspert savollariga javob berishda foydali bo’lishi mumkin. 
Bunday ko’zdan kechirish hatto murdasiz va erta o’zgargan sharoitda ham 
ko’pincha voqeaning mohiyatini bilish va ashyoviy dalillarni olish ham 
keyinchalik maxsus tekshiruv ishlari o’tkazish imkoniyatini beradi. Bularning 
hammasi ekspertga jarohatlovchi predmetni va uning ta’sir qilish mexanizmini 
aniqlashda etarlicha yordam beradi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish